Mavzu: Keraksiz va ko`p ma`lumotlarning inson ruhiyatiga ta`siri


Download 56.5 Kb.
Sana17.11.2019
Hajmi56.5 Kb.

Mustaqil ish

Mavzu: Keraksiz va ko`p ma`lumotlarning inson ruhiyatiga ta`siri


Tayyorladi: Boltaboyeva Saida

Reja:


  1. Hozirgi kunda olinayotgan ma`lumot manbaalari

  2. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati

  3. Keraksiz ma`lumotlarning inson ruhiyatiga ta`siri

Internet va uning ijtimoiy tarmoqlar tizimi bugun hayotimizning bir qismi, fikrlarimiz minbariga aylanib ulgurdi. Hech kimga sir emaski bugungi kunda internet har bir xonadonga kirib kelgan – foydalanuvchilari ko‘p. Hattoki maktab o‘quvchisi ham nainki mamlakatimizda balki butun dunyoda bo‘layotgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy o‘zgarishlarga o‘z pozitsiyasini bildirib, fikr qoldirishi mumkin. Mutahassislar tomonidan kishilar nima uchun internet ijtimoiy tarmoqlarida aloqa qilishlarining turli sasablari ko‘rsatib o‘tiladi. Ba’zilar o‘zini qiziqtirayotgan savollarga javob topish istagida bo‘lsa, boshqasi jamoaviy suhbatlarda qatnashishni yoqtirishi mumkin. Uchinchi turdagi foydalanuvchi yuqori intelektual salohiyatli suhbatdosh ahtarishi, to‘rtinchisi zerikkanidan, beshinchisi ma’lum bir ish faoliyati yuzasidan maqtanish uchun, oltinchisi, yettinchisi….Foydalanuvchilarning maqsadlari turli bo‘lganlari kabi ularning o‘zlari ham turli xarakterdagi insonlardir. Natijada turli temperamentlar, xarakterlar hamda dunyoqarashlar, madaniyatlarning bir joyda “aralashuvi” kelib chiqadi. Bunday o‘tkir “qorishma” esa istagan tizimga ham ta’sir etishi mumkinligi shubhasizdir. Ushbu xolatning oldini olish maqsadida internet bilan bir vaqtda undan foydalanish madaniyati hamda qonuniyatlari ham shakllanib borgan. Internetdagi mavjud ijtimoiy tarmoqlardagi muloqotlarga foydalanuvchilar asosan taxallus (“nik”) orqali kiradilar. Internet foydalanuvchilari qanday tahallus bilan ijtimoiy tarmoqqa ulanmasinlar barchasi bir hildagi haq-huquqlarga eka ekanligini unutmaslik darkor. Yozishmalarda “Siz” so‘zini katta harf bilan yozish suhbatdoshingizga nisbatan ko‘rsatilayotgan chuqur hurmat belgisidir. Ammo boshqa so‘zlarni katta harflar bilan yozish esa unga hurmatsizlik siz tomondan do‘q urilayotgan yoki unga baqirayotganingizdek tuyulishi mumkin. O‘zgalar bilan ularning shahsiy kamchiliklari yoki didi, xarakteri, u yoki bu narsani ma’qul ko‘rishi borasidagi fikrlar yuzasidan bahs munozaraga kirishishni ijtimoiy tarmoqdan foydalanish madaniyati yoqlamaydi. Misol tariqasida keltirsak: sovuq yaxshimi yoki issiq, oq yaxshimi yoki qora, avtomobil yaxshimi yoki mototsikl shu kabi baxsli qarashlar yuzasidan tortishish mantiqsiz bo‘lib, manbalarda ular “fleym” (ingliz tilidan olingan bo‘lib “olov”) deb ataladi. Bu kabi baxslarga aralashib qolsangiz bir marotaba o‘z fikringizni bayon etib qo‘yishingiz kifoya. Chunki barchaning didi turlicha bo‘lib, bu baxs yakunsiz va faqatgina vaqtni bevoyda ketkazishdir.

Ma’lum bir mavzu muhokamasidan birdaniga boshqa mavzuga o‘tib ketish, ya’ni unga yakun yasamaslik ham ijtimoiy tarmoqdan foydalanish madaniyatiga to‘g‘ri kelmaydi va bu “offotopik” (ingliz tilidan olingan bo‘lib “mavzudan chetda”) deb ataladi. Birovni haqorat qilish, shaxsiyatga tegishli so‘zlar ishlatish, birovning kamchiliklari ustidan kulish, mas’hara qilish, atay yelg‘on ma’lumotlar tarqatish, aldash va shu kabilar ijtimoiy tarmoqdan foydalanish madaniyati qoidalarini buzish sanaladi.

Vaqtni tejash maqsadida ba’zi so‘zlarni qisqartirish mumkin hisoblanadi, lekin, shuning bilan birga bu so‘zlar barchaga tushunarli bo‘lishi darkorligini ham unutmasligimiz lozim. Ijtimoiy tarmoqdagi mavjud guruhlarda ma’lum muammoni o‘rtaga tashlashdan oldin, internet sahifalarida u haqida ma’lumot bor yeki yo‘qligini tekshirib ko‘rish maqsadga muvofiqdir. Postlarga fikr (komment) qoldirishdan oldin berilayotgan fikr naqadar muhimligi va oldin berib o‘tilmaganligiga e’tibor berish lozim. Ma’nosiz va ahamiyatsiz kommentlar qoldirish vaqtni bekorga ketkazish hisoblanadi. Qoldirayotgan fikringiz to‘g‘riligiga va manbasining aniqligiga e’tibor berish juda muhim! Foydalanuvchi o‘z shaxsiga e’tibor qaratish maqsadidagina turli fikrlarni qoldiraverish ham notug‘ri. Qoldirilayotgan fikrlar haqiqatda ham foydali va mantiqli bo‘lishi kerak. Yozilayotgan fikrlar xatosiz, qisqa, lo‘nda, aniq, mantiqiy va albatta to‘g‘ri bo‘lishi shart. Yozishmalarda mavjud animatsiya, giflarni juda ko‘p ishlatish ham chiroyli ko‘rinmaydi. Ular asosan kayfiyat ulashish yoki suhbatni yumshatish maqsadida qo‘llaniladi. Kasbdoshlar orsida yoki ish bo‘yicha yozishmalarda ulardan foydalanish mutlaqo noto‘g‘ri.

Yuqorida sanab o‘tilgan fikrlar internet jamiyatida anchadan beri netiket (ingl.net — tarmoq i etiquette — madaniyati) nomi ostida qo‘llanilib kelinmoqda. Umuman internet tarmoqlaridan foydalanish madaniyatini ishlab chiqish fikri XX asrning 80-yillari o‘rtalaridan boshlangan. Bu haqida ilk bor 1994 yil AQSH ning Verginiya shtatida “Netiquette” kitobi chop etilgan. Ushbu kitob “Ma’naviyatning oltin qoidalari”: Siz bilan qanday muomalada bo‘lishligini istasangiz, Siz ham shunday muomala ko‘rsating” shiori ostida chop etilgan. Va quyidagi asosiy qoidalar belgilangan:

Yuqorida keltirib o‘tilgan qoidalar qat’iy qonuniy belgilangan qoidalar sarasiga kirmaydi. Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda dastlab aholining ziyoli qatlami foydalanishni boshlaganlarlari uchun ham yuqoridagi qoidalar tabiiy qabul qilingan. Bugungi kunga kelib tarmoqdan foydalanuvchilar soni keskin oshmoqda. Ular orasida o‘rnatilayotgan postlar, ularga qoldirilayotgan “komment” (fikr)lar shu darajada tezkor va xilma-xilki, ba’zida ularning nechog‘liq muhim va ahamiyatliligi, sarflanayotgan vaqt va mablag‘ga arzirli yoki arzimasligini ham anglolmay qolasiz. Hattoki ma’lum shaxsning faqatgina o‘ziga oid bo‘lgan, unga o‘z pozitsiyasidan qolaversa o‘z oilaviy sharoitidan kelib chiqib ish tutishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar ham keskin muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Internet (ijtimoiy tarmoqlar)da ham boshqa sohalardagi kabi o‘z me’yoriy madaniyat qoidalariga amal qilinishi juda muhim hisoblanib, bugungi kunda dolzarb masalalardan biriga aylanib urgurdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Jadal ravishda rivojlanayotgan globallashuv darida barcha sohadagi faoliyatimizda internet tom ma’noda yordamchimizga aylanib borayotgan ekan, yoshlarga, o‘sib kelayotgan avlod — internetning bo‘lajak foydalanuvchilariga ijtimoiy tarmoq madaniyati – netiket haqida ma’lumotlar berish juda o‘rinlidir.



Bugungi kunda axborot olamida Internet davri kelgani, internet-televideniye, internet-radio, elektron pochta, onlayn-video kabi ko’plab yangi axborot tarqatish texnologiyalari qanday tez sur’atlar bilan rivojlanib, ularning auditoriyasi va ta’sir doirasi tobora kengayib borayotgani haqida ortiqcha gapirishga zarurat yo’q, deb o’ylayman. Bunday axborot vositalariga asosan yoshlarning juda katta qiziqish bilan qarashi va ulardan keng foydalanishini hisobga oladigan bo’lsak, haqiqatan ham, bu masalaning naqadar ulkan ahamiyatga ega ekanini anglash qiyin emas. (Prezidentimiz Islom Karimovning 2011-yili Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yo’llagan tabrigidan) Axborot mavzusi insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida muhim ahamiyat kasb etib, bugungi serqirra va intensiv hayotimiz, globallashuv jarayonlarida esa axborot yanada dolzarb masala bo’lib, endilikda axborotga egalik, zamonaviy tizimlarining shakllanganligi mamlakatning demokratik rivojini sifatlovchi omilga aylandi. Yurtboshimiz rahnamoligida o’tkazilgan tizimli islohotlar, yaratilgan mukammal qonunchilik baza, aloqa va telekommunikatsiya sohasida olib borilgan texnologik modernizatsiya ishlari tufayli mamlakatimizda zamonaviy axborot sohasi barpo etildi.

O’tgan yillar davomida o’sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy yuksalishi, axborotga bo’lgan huquqlarini ro’yobga chiqarish, axborot erkinligini ta’minlash maqsadida zarur texnologik sharoitlar va huquqiy kafolatlar yaratildi. Har kimning fikrlash va so’z erkinligi, o’zi istagan axborotni izlashi, olishi, uni tarqatish borasidagi konstitutsiyaviy normalar milliy qonunlarimizda rivojlantirildi. Shuningdek, xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog`idan erkin foydalanish uchun sharoit yaratilishini e’tirof etuvchi normalar qonunlarimizda o’z aksini topdi. Xususan, bugungi kunda axborot sohasida ommaviy axborot vositalari, shundan televideniya, Internet-kafelar, Internet provayder, davlat axborot resurslari, "ZiyoNET" yoshlar axborot portali va axborot-kutubxona muassasalari faoliyat yuritmoqda. Internetdan foydalanuvchilarning soni esa to’qqiz milliondan ortiq ketdi. Bularning barchasi fuqarolarimiz, xususan, yoshlarimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqining ifodasidir. Global axborot makoniga real ko’z bilan qaraydigan bo’lsak, hozirda keng jamoatchilikni xavotir va tashvishga solib kelayotgan muammolardan biri, shubhasiz, axborot makonida nosog`lom manfaatlar, ziddiyat va qarama-qarshiliklar ta’siridagi agressiv axborotlarning (o’z joniga qasd qilishning oson yo’llarini targ`ib qiluvchi 9 ming, erotik mazmunga ega 4 mingdan ziyod saytlar, kompyuter o’yinlari zo’ravonlik va yovuzlik, o’ta jangari ruhdagi (beshafqat urushlar, o’ldirishlar, otishmalar, portlatishlar va hokazo) Internet saytlar mavjudligi), milliy axborot makonimizga kirib kelishidir. Axborotlar tezkor Internet orqali qabul qilinar ekan, uning aksariyat foydalanuvchilari yoshlar hisoblanadi. Ularning ko`pchiligi odnoklassniki.ru, facebook.com, mail.ru, twitter.com, Vkontakte.ru kabi ijtimoiy saytlarning doimiy foydalanuvchilari sanaladi. Tan olish kerakki, O’zbekistondagi jami saytlarda ro’yxatdan o’tganlar jamlansa ham yuqoridagi miqdorga yetmaydi. Ushbu raqamlar milliy saytlarimizni yoshlar uchun jozibador, mazmunli, saviyali, qiziqarli, o’ziga tortuvchi qilib yaratish masalasiga jiddiy e’tibor qilishga undaydi. Milliy saytlarimiz oldinda yurmasada, boshqa chet el saytlardagi kabi "o’ziga jalb qilish" doirasini kengaytirsa, yoshlarimiz milliy saytlarga birinchi bo’lib murojaat qilishi mumkin bo’ladi. Axborot sohasi liberallashayotgan bir paytda, uzoq-yaqin mamlakatlardagi turli xil siyosiy, mafkuraviy va boshqa kuchlar (120 ga yaqin davlat axborot xurujlarini uyushtirish ustida ish olib bormoqda) o’zlarining g`arazli manfaatlari yo’lida ommaviy kommunikatsiya vositalaridan foydalanib, axborot erkinligini suiiste’mol qilib, o’sib kelayotgan yosh avlodga axborot tahdidlarini ko’rsatish orqali, hali ongi va hayotiy qarashlari shakllanib ulgurmagan yoshlarni chalg`itish, ularning ongi va qalbini egallash yo’lidagi intilishlarini kuchaytirayotgani sir emas. Nosog`lom axborot oqimlaridan yoshlarni himoyalashga oid dunyoda qator huquqiy mexanizmlar yaratilgan. Jumladan, xalqaro amaliyotda "Kiber jinoyatlar to’g`risida" Konvensiya, "Voyaga yetmaganlar uchun xavfsiz Internet va onlayn resurslarni joriy qilish to’g`risida" Yevropa Ittifoqi Parlamenti Assambleyasining tavsiyalari, "Bola huquqlari to’g`risida" BMT Konvensiyasini, "Yoshlarni himoyalash to’g`risida" Germaniya, "Voyaga yetmaganlarni ommaviy axborotning salbiy ta’siridan himoyalash to’g`risida" gi, Litva "Bolalarni sog`ligi va rivojlanishiga ziyon yetkazuvchi axborotdan himoyalash to’g`risida" gi Rossiya qonunlarini tilga olishimiz mumkin.

Milliy qonunchiligimizda ham yoshlarni nosog`lom axborotlardan himoyalashning mexanizmlari mavjud. Xususan, "O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g`risida"gi Qonunda "O’zbekiston Respublikasida yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan, zo’ravonlikni, hayosizlikni va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlar man etilishi", "Bola huquqlarining kafolatlari to’g`risida"gi Qonunda "Pornografiya, shafqatsizlik va zo’ravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta’sir ko’rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo’luvchi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda filmlarni namoyish etish taqiqlanishi" belgilab berilgan.

Axborot asri davrida yoshlarga yopirilib kelayotgan axborotlardan foydalana olishlari, xususan, nosog`lom axborotlardan himoyalana olishlari, kommunikatsiya vositalaridan to’g`ri foydalana bilishlari uchun bilim va tajriba kerak bo’ladi. Aynan mana shu borada ular kattalar, ayniqsa, ota-onalar va pedagoglarning ma’naviy-ruhiy ko’magiga muhtoj. Biz o’sib kelayotgan yosh avlodning media savodxonligi va Internetdan foydalanish madaniyatini yuksaltirishimiz lozim.

Axborot makonining globallashuvi jarayonida yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yanada takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, buni amalga oshirishda jamiyatimizning keng qatlamlari: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, jamoat tashkilotlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, ota-onalar va pedagoglarni keng jalb qilish maqsadga muvofiq.



Darhaqiqat, axborot makonida tahdidlar bor ekan, Milliy axborot makonimizga chegara qo’yib bo’lmaydi. Shunday ekan, yoshlarga sog`lom axborot muhitini yaratib, ular ma’naviy olamining daxlsizligini asrash asosiy vazifalarimizdan biridir. Zero, yoshlar ma’naviyatiga daxldor yumushlarda beparvolikka yo’l qo’yib bo’lmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Davtyan A. “Zamonaviy qurilma” 2004 yil

  2. Ziyonet.uz

  3. Lex.uz

  4. Yandex.ru ma`lumotlari

Download 56.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling