Mavzu: Kiberjinoyatchilik, kiberqonunlar va kiberetika
Download 28.89 Kb.
|
Mavzu Kiberjinoyatchilik, kiberqonunlar va kiberetika Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompyuterdan foydalanish etikasi.
- Axborotdan oqilona foydalinish kodeksi
Qimor o yinlari. Bu muammo ham etik masaladagi munozaralardan biri, uni kimlardir zarar deb hisoblasa, yana kimlardir ularga qonun aralashuvini yoqtirmaydilar. O‘z navbatida tomonlar orasida “Qaysi turdagi o‘yinlarga ruxsat berish kerak? Ular qayerda o‘tkazilishi kerak?” degan savollar keng munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Hozirda aksariyat davlatlarda bu turdagi o‘yinlarga qonuniy ruxsat berilgan bo‘lsa, qolganlarida qat’iy cheklovlar mavjud.
Kompyuterdan foydalanish etikasi. Kompyuterdan foydalanish etikasi instituti notijoriy tashkilot bo‘lib, vazifasi texnologiyani axloqiy nuqtai nazaridan targ‘ib qilish hisoblanadi. Ushbu tashkilot tomonidan quyidagi 10 ta etika qoidalari keltirib o‘tilgan: shaxsiy kompyuteringizdan boshqalarning zarariga foydalanmang; boshqa foydalanuvchilarning kompyuter ishlariga xalaqit bermang; boshqa foydalanuvchilarning kompyuter fayllariga qaramang; о‘g‘irlik maqsadida kompyuterdan foydalanmang; yomonlik maqsadida kompyuterdan foydalanmang; o‘z pulingizga sotib olmagan dasturdan foydalanmang va nusxa ko‘chirmang; birovning kompyuteridan ruxsatsiz foydalanmang; birovlarni intellektual mehnati samarasiga zarar yetkazmang; siz yaratgan dasturning ijtimoiy oqibati haqida o‘ylang; o‘z kompyuteringizdan boshqalarga nisbatan ongli va hurmat bilan foydalaning. Axborotdan oqilona foydalinish kodeksi. Axborotdan oqilona foydalanish kodeksi buxgalteriya tizimiga qo‘yiladigan talablarni ta’kidlaydigan beshta prinsipga asoslanadi. Ushbu talablar AQSh sog‘liqni saqlash va insonlarga xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan 1973 yilda kiritilgan: shaxsiy ma’lumotlarni to‘playdigan tizimlar bo‘lmasligi kerak; har bir kishi tizimda u to‘g‘risida qanday ma‘lumotlar saqlanishini va undan qanday foydalanilishini boshqarishi kerak; har bir kishi o‘zi to‘g‘risida to‘plangan ma’lumotlardan belgilangan maqsadda foydalanilishini nazoratlash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak; har kim o‘zi haqidagi ma’lumotlarni to‘g‘rilashi kerak; shaxsiy ma’lumotlar sirasiga kiruvchi ma’lumotlar to‘plamini yaratish, saqlash, ishlatish yoki tarqatish bilan shug‘ullanadigan har bir tashkilot ushbu ma’lumotlardan faqat belgilangan maqsadlar uchun foydalanilishni ta’minlash va boshqa maqsadlarda foydalanilishga qarshi choralar ko‘rishi kerak. Download 28.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling