Chiziqli-funksional tarkibda asosiy boshqaruv chiziqli boshqaruv hisoblanadi. Hamma boshqaruv bosqichlari va uchastkalarni mustaqil boshqarishda chiziqli rahbarlar tayinlanadi. Ularga ishlab chiqarish xo'jalik faoliyatini yakkaboshchilik tamoyillariga ko'ra boshqarish huquqi berilgan bo'lib, ular olingan natijalarga to'liq javob beradilar.
Boshqaruvnig chiziqli-funksional tarkib sharoitida ishlaydigan rahbarlarga malakali yordam ko'rsatish uchun funksional va idoraviy tashkilotlar tashkil etiladi. Bu tashkilotlarning vazifasi boshqaruv qarorlarini tayyorlash hamda rahbarlarga malakali yordam berishdan iborat bo'ladi.
Mazkur tarkibning kamchiliklari:
- chiziqli va fiinksional xodimlar o'rtasida kelishmovchiliklar paydo
bo'ladi;
- tadbirkorga fiinksional xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish
qiyinroqkechadi.
Dasturli-maqsadli tuzilma. Hozirgi zamon korxonalari faoliyatidagi ko'pgina muammolarni hal etish gorizontal bo'yicha kelishib olish va muvofiqlashtirishni talab etadi. Masalan, korxona yangi xil mahsulot ishlab chiqarishgako'chadiganbo'lsa:
materiallarini sarflashning yangi me’yorini ishlab chiqish;
mehnat me’yorlarini qayta ko'rib chiqish;
turli kasbdagi ishchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
yangi materiallargaehtiyojnianiqlash;
yetkazib beruvchilar bilan aloqa o'rnatish;
yangi texnologiyalarni joriy etish va hokazolar talab qilinadi. Yuqoridagi vazifalarni turli xizmat bo'linmalari bajaradi, ular
bajaradigan ishlarning mazmuni va muddatlarini kelishib olishi, ishlab chiqarishning ko'pgina elementlarini tutashtirishi lozim. Goho funksional xizmatlar o'rtasidagi aloqalarda buzilish vujudga keladi, xizmatlar esa bahs va munozaralar bilan amalga oshiriladi. Chiziqli-tarkib rahbari esa ko'p sonli bo'linmalar ishini muvofiqlashtirishga juda qiynaladi.
Bu muomalalarini yangi tashkiliy boshqaruv tarkiblarini tuzish yo'li bilan, aniqrog'i, chiziqli-funksional boshqaruv tarkiblariga tuzatishlar kiritish yo'li bilan hal etiladi. Bunday tarkib dasturli-ma qsadli tarkib deb ataladi. Boshqaruvning dasturli-maqsadli tarkibi quyidagi ikki ko'rinishda bo'ladi: loyiha bo'yicha va mahsulotga ko'ra boshqaruv.
Do'stlaringiz bilan baham: |