Mavzu: Kichik guruhda bolalarning jismoniy faolligini oshirish texnologiyalari Reja: Kirish
g) maktabgacha jismoniy tarbiya mutaxassislarini tayyorlashning tashkiliy-mazmuniy asoslari
Download 85.4 Kb.
|
Kichik guruhda bolalarning jismoniy faolligini oshirish texnologiyalari
g) maktabgacha jismoniy tarbiya mutaxassislarini tayyorlashning tashkiliy-mazmuniy asoslari.1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlarnitarbiyalash xususiyatlari.Bolaga tug’ilganidayoq, uning qoniga alohida rivojlanishning irsiy dasturlari tomonidan joylashtirilgan jismoniy imkoniyatlarning tegishli yig’indisi ato etilgan bo’ladi. Organlar, organizm tuzilmalarining biologik etilishi davomida shaxsiy imkoniyatlar rivojlanib, insonning har-xil jismoniy xususiyatlarini belgilaydi. E.A Pimonova (1990), L.V Karmanova va boshqalar (1992) bergan ma’lumotlarga ko’ra, so’nggi 20 yil mobaynida bolalarning jismoniy rivojlanishida qayd etilgan umumiy ijobiy yo’nalishlar (gavdaning barcha o’lchamlari kattalashuvi) fonida ularning harakat tayyorgarligida sezilarsiz o’sish kuzatiladi, bir qator ko’rsatkichlar esa (tezkorlik, tezlik-kuch, imkoniyatlari) ancha pasayadi. Shunga qaramay, mutaxassislar, jismoniy sifatlarni maqsadli tarbiyalash aynan maktabgacha davrda boshlanishi kerak, deb hisoblaydilar (Vavilova E.N., 1974,1980; Kistyakovskaya M.Yu., 1980; Volkov A.V., 1981; Vilchkovskiy E.S., 1983). Bolalar va o’smirlar harakat faolligi sifat jihatlarini rivojlantirishning fiziologik omillari mushaklar hamda vegetativ organlar faoliyatining boshqarilishini takomillashtirishda namoyon bo’ladi. Qisqa muddatli, tezkorlik va kuch harakatlarida asab-mushak tizimi faoliyati boshqaruvini yaxshilashga ko’proq ahamiyat beriladi. Birmuncha uzoq muddatli faoliyatda harakat funktsiyalarini takomillashtirish bilan birga vegetativ funktsiyalarni muvofiqlashtirish ham jiddiy ahamiyat kasb etadi. Biroq bolalar va o’smirlar organizmining kuch, tezlik va chidamlilik ko’rsatkichlari yaxshilanishini belgilaydigan funktsiyalarining fiziologik boshqarilishini yaxshilashda eng muhim o’rinni asab tizimi, ayniqsa, mushak zo’riqishlarida organizmning funktsiyalari yaxshilanishini ta’minlovchi aloqalarning shaklanishi egallaydi. Shunday qilib, bolalik davrida kuch, tezlik va chidamlilikning o’zaro aloqadorligiga oid turli-tuman shakllarni belgilovchi fiziologik mexanizmlar ham xilma-xildir. Shartli-reflektor omillar muhim ahamiyatga ega. Mashg’ulotlar davomida biror yo’nalishdagi kuch, tezlik yoki chidamlilikni rivojlantiruvchi harakatlar uchun markaziy asab tizimida mushaklar hamda vegetativ organlar ishini dasturlashtirishning ma’lum shakllari yuzaga keladi. Bolaning asosiy jismoniy sifatlarini rivojlantirishning yosh dinamikasi V.S.Farfel (1957, 1959), F.G.Kazaryan (1969), L.V.Karmanova (1971), N.A.Fomin, V.P.Filin (1980) va boshqalarning ishlarida ochib berilgan. Olimlar fikricha, bola hayotining oltinchi yili kuchni (G.M.Kasatkina, 1982; V.N.Novoxatko, 1982), jumladan, tezlik-kuch qobiliyatlari hamda harakatlar tezkorligini (N.A.Notkina, 1980; M.N.Koroleva, 1985) tarbiyalashning sensitiv davri hisoblanadi. Olti yoshda mazkur sifatlarni shiddat bilan rivojlantirish qobiliyati saqlanib qoladi va umumiy chidamlilikni tarbiyalash imkoniyatlari paydo bo’ladi (N.V.Zimkin, 1956; V.G.Frolov, 1977; G.P.Yurko, A.V.Yashchenko, V.V.Beloyartseva, 1976; N.A.Notkina, 1980 va b.). T.Yu.Logvinaning (1991) fikricha, 5-6 yoshli bolalarda kuch, chidamlilik, egiluvchanlik, makonda mo’ljal olish kabi sifatlar eng kuchli namoyon bo’ladi, asosan o’g’il bolalarda ushbu ko’rsatkichlar qizlarga nisbatan yuqoriroq. Etti yoshda muntazam mashg’ulotlarda harakatlar muvofiqligi etakchi sifat bo’lib qoladi (A.I.Kozlov, 1964; L.I.Penzullaeva, 1972; G.M.Kasatkina, 1982). Shuningdek, turli muvofiqlash (koordinatsiya) qobiliyatlarining eng jadal rivojlanish davri 4-5 yoshlar orasi ekanligi to’g’risida ma’lumotlar bor (T.I.Osokina, 1983; 1986; L.T.Mayorova, 1988; V.M.Zuev, 1982 va b.) Bunda harakatlarni takrorlash, tabaqalashtirish (differentsiatsiyalash) hamda ularning o’lchamalarini olish qobiliyatlarining ko’rsatkichlari bo’yicha o’g’il va qiz bolalar orasidagi jinsiy tafovutlar ahamiyatsiz, ya’ni jiddiy emas. Boshqa ko’rsatkichlar (vaqt tanqisligi sharoitida harakat faoliyatini tez o’zgartirish maqsadida mo’ljal olish qobiliyatlari) bo’yicha etti yoshli o’g’il bolalar shu yoshdagi qizlardan o’zib keta boshlaydi. Biroq harakatlarni muvofiqlash qobiliyatlarining ko’pgina ko’rsatkichlari bo’yicha o’g’il bolalarning yakqol ustunligi faqat 13-14 yoshlarga kelib ko’zga tashlanadi. V.M.Zuev (1992) tadqiqotlarida qo’lga kiritgan ma’lumotlar muallifga maktabgacha bo’lgan davr turli jinsli bolalarda asosiy o’lchamlari bo’yicha harakatlar aniqligining notekis va har xil muddatli rivojlanishi bilan tavsiflanishi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. Tajriba qizlarning besh va olti yoshlarda, o’g’il bolalarning esa etti yoshga kelib makoniy aniqlikqa oid topshiriqlarni bajarishda ustunroq ekanligini ko’rsatdi. Besh va olti yoshga o’tgan o’g’il bolalarda harakatning vaqt o’lchamini takrorlash aniqligi qiz bolalarnikiga nisbatan yuqoriroq, etti yoshli o’g’il bolalar esa tengdosh qizlarga nisbatan topshiriqni yomonroq uddaladilar. Qizlarning barcha yosh guruhlarida harakatning dinamik xususiyatini takrorlash aniqligi o’g’il bolalardagiga karaganda yuqoriroq. Maktabgacha bo’lgan davrda jismoniy sifatlarning rivojlanish dinamikasiga xos jinsiy tafovutlarni qayd etar ekanlar, olimlar mazkur tafovutlarning kattaliklari hamda ishonchliligi xususidagi savolga uzil-kesil javob bermaydilar. Ayrim tadqiqotchilar asosiy harakat sifatlarining rivojlanish darajasi bobida o’g’il bolalarning qizlarga nisbatan ustunligi haqida fikr yuritib, bolalarga jismoniy tarbiya jarayonida tabaqalashtirib yondashish zarurligini ta’kidlaydilar (Ts.V.Kakabadze, 1971; Z.I.Kuznetsova, va b., 1974; A.E.Lyubomirskiy, 1979) boshqalari etti yoshgacha o’g’il bolalar va qizlarning jismoniy sifatlari rivojlanish darajasidagi farq u qadar jiddiy emas, uni jismoniy tarbiya vositalarini tanlashda e’tiborga olish shart emas, deb hisoblaydilar va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasiga ularning jinsidan kelib chiqib turlicha yondashish maqsadga muvofiqligini ko’rsatadilar (M.N.Koroleva, 1985; E.S.Vilchkovskiy, 1989). Ko’pgina mualliflar maktabgacha yoshdagi bolalarda alohida harakat sifatlarining namoyon bo’lish darajasida muayyan ritm mavjudligini aniqlaganlar. Harakatlarning eng yuqori darajadagi muvofiqligi kunduz kuni kuzatilgan. Mushaklarning ishchanlik qobiliyati bahorda orta borib iyunda maksimal qiymatgacha etadi, ayni vaqtda jismoniy rivojlanish sur’atlari ham tezlashadi (K.V.Smirnov, 1980). Bunday qonuniyat Rossiyaning barcha iqlimiy mintaqalari uchun xosdir. Olimlar noqulay iqlim sharoitlari bolalarning jismoniy sifatlari rivojlanishiga salbiy tasir ko’rsatishini qayd etadilar (G.V.Sendek, 1972). Katta maktabgacha yoshdagi bolalarning alohida harakat qobiliyatlari rivojiga sensitiv davrlarni e’tiborga olgan holda aktsentli ta’sir ko’rsatishning ulkan imkoniyatlari tajriba yordamida tasdiqlangan (G.V.Shaligina, 1977; V.G.Frolov, 1977; G.M.Kasatkina, 1982; M.N.Koroleva, 1985; V.G.Bakashvili, 1986; L.T.Mayorova, 1988; V.M.Zuev, 1992 va b.). Bu qobiliyatlar shu yosh uchun etakchi jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, ular faqat darajani ko’tarishgagina imkon bermay, boshqalarining to’laqonli, har tomonlama shakllanishini ta’minlaydi (N.A.Notkina, 1980). Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda chidamlilikni tarbiyalashda jismoniy yuklamalarning tuzilishini tatbiq etar ekan, I.G.Maltseva (1988) olti yoshda bir tomondan chidamlilik bilan jismoniy ishchanlik qobiliyati orasida, ikkinchi tomondan tezkorlik, tezlik-kuch sifatlari va chaqqonlik orasida aloqadorlik hamda o’zaro bir-birini taqozo etish munosabatlari mavjud ekanligini, ular ko’p hollarda juda ahamiyatli ekanligini aniqladi. Buni, ehtimol, alohida harakat qobiliyatlarining rivojlanish jarayonidagi o’zaro aloqadorligi asosida yotuvchi turli mashqlar va harakatlarni bajarish vaqtida ro’y beradigan inson organizmidagi o’zgarishlar umumiyligi bilan tushuntirish mumkindir (V.S.Farfel, 1957; B.V.Sermeev, 1973; V.M.Zatsiorskiy, 1976; B.V.Sermeev, V.R.Nikolaev, 1979; V.S.Pereverzev, 1985 va h.k.). Etti yoshga kelib, jismoniy qobiliyatlarning rivojlanishida miqdorning va aloqadorlik darajasining kamayishiga moyillik kuzatiladi (I.G.Maltseva, 1988). V.K.Balsevich (1988), M.A.Godik (1988) kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlikni faol rivojlantirishni bu davrda jismoniy tarbiya jarayonidagi eng muhim maqsadlardan biri deb hisoblaydilar, chunki mazkur yosh davrida bolalar endi murakkab harakat faoliyatlarini bajara oladilar. Asosiy harakat turlari bo’yicha ko’nikmalarning shakllanish tezligi va mustahkamligi eng avvalo jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasiga bog’liqdir (A.I.Bikova, 1941; E.G.Levi-Garinevskaya, 1960; E.S.Vilchkovskiy, 1989; S.Ya.Layzene, 1987; I.I.Sergeenya, 1973; Yu.Yu.Rautskis, 1976 va b.). Shuningdek, jismoniy tarbiya bilan shug’ullanmaydigan maktabgacha yoshdagi bolalarda harakat sifatlari ko’rsatkichlariga irsiy ta’sirotlar o’lchami xuddi tananing barcha o’lchamlari kattaliklariga (uzunligi va og’irligi) bo’lgani kabi yuqori darajadadir. Muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanib turuvchi bolalar orasida o’sha dastur asosida o’tkazilgan tadqiqot harakat sifatlarining namoyon bo’lishiga irsiy ta’sirotlar darajasining pastligini ko’rsatdi. Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi bo’yicha turli adabiyotlarda bolalarning jismoniy va harakat tayyorgarligi jarayoni mazmuni bir xil talqin etilmaydi. Masalan, T.I.Osokinaning darsliklarida harakat faoliyatlarini shakllantirish bilan birga jismoniy sifatlar: chaqqonlik (shu jumladan, harakatlarni muvofiqlash qobiliyatlari), umumiy chidamlilik, tezlik-kuch sifatlari, shuningdek, muvozanat saqlash qobiliyatini rivojlantirish zaruriyati qayd etiladi. A.V.Keneman va D.B.Xuxlaevaning o’quv qo’llanmasida kuch, chidamlilik, egiluvchanlik, chaqqonlik, tezkorlik kabi jismoniy sifatlarni muvozanatni saqlash qobiliyatini alohida ajratgan holda rivojlantirish zarurati xususida so’z boradi. Shuni qayd qilish kerakki, amaliyotchi xodim uchun muayyan usuliy tavsiyalar, tadqiqotlarda o’rnatilgan maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy harakatlari shakllanishi hamda jismoniy sifatlarining rivojlanishiga oid yosh xususiyatlariga asoslangan etarli miqdordagi ilmiy-usuliy adabiyotlar va dasturlar mavjud emas. Shunga ko’ra, bizningcha, jismoniy tarbiyaning asosiy tamoyillaridan biri – jismoniy tarbiya yo’nalishlarining yoshga adekvatligi tamoyili – mazkur jarayonning ustuvor yo’nalishini uning turli bosqichlarida insonning yoshga muvofiq rivojlanish tendentsiyalariga mos ravishda o’zgartirishga majbur qiladigan tamoyil etarlicha amalga oshmaydi. A.N.Livitskiy, X.A.Meliev va boshqalar fikriga ko’ra, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi o’qitish va tarbiyaga oid mavjud dasturlar tahlili bolalar bilan kun tartibida o’tkaziladigan jismoniy tadbirlarning bosh vazifasi asosiy harakatlarning shakllanishi ekanligidan dalolat beradi. Mazkur maqsadni ro’yobga chiqarish uchun ularda, odatda, jismoniy mashqlar va harakatli o’yinlardan iborat bo’lgan keng qamrovli o’quv materiali taqdim etilgan. Ayni vaqtda maktabgacha ta’lim muassasasidagi jismoniy tarbiya vazifalarida kichik yoshlardan boshlab jismoniy sifatlarni maqsadli yo’naltirish zarurati to’g’risidagi mulohazalarning yo’qligi e’tiborni tortadi. Faqat tayyorlov guruhi uchun dasturda chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilik va kuchni takomillashtirishning maqsadga muvofiqligi haqidagi muayan eslatma paydo bo’ladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, maktabgacha yoshda saralashning prognostik shakli muayan murakkabliklarni yuzaga keltiradi. Besh-etti yoshli bolalarda harakat sifatlari darajasini bevosita testlash noaniq natija beradi, chunki bu natija mazkur sifatning mavjud imkoniyatlari bilan bog’liqmi, yoki uning yoshga bog’liq holda shakllanish sur’atlari – tezlashgan yohud sekinlashgan sur’atiga xos xususiyatlargami, aniq emas (Nikityuk B.A.va b., 1975). Adabiyotlarda maktabgacha yoshdagi bolalarda maktabgacha ta’lim muassasasi sharoitida harakat sifatlarini majmuali rivojlantirish bo’yicha etarli miqdordagi tadqiqotlar mavjud emas. Download 85.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling