Mavzu: Kichik lirik janrlar badiiyati. Fard


Download 22.48 Kb.
bet2/2
Sana10.02.2023
Hajmi22.48 Kb.
#1188193
1   2
Bog'liq
9.Kichik lirik janrlar badiiyati.

Shoirlar majlisi - hislar to‘foni,
O‘tkir tuyg‘ularning tinmas bo‘roni,
Unda olam tirik, ona-Yer uyg‘oq,
Unga erisholmas dunyo sultoni.
(To‘lan Nizom. “Uch yuz uch ruboiy”.)
Ular (bahr va falsafiylik)ning birbutunligi, ayniqsa, Umar Xayyom ruboiylarida go‘zal ifodasini topgan. Xayyom mayni - Allohni ulug‘laydi, undan boshqa ishonchi ham, umidi ham, hamdami ham yo‘q. Uning faryodi ham, tug‘yoni ham, baxti ham, baxtsizligi ham-o‘zligining mohiyati falsafasiga aylanib, quyma satrlarda jilolanaveradi. Ha, “Xayyom ruboiylari foniy bandaning javobsiz faryodlaridir” (A.Muxtor).
Quloq tuting-a:
May ichsang, oqilu dono bilan ich,
Yoki bir gul yuzli zebo bilan ich.
Oz-oz ich, goh-goh ich, ham yashirin ich,
Ezma, rasvo bo‘lma, hayo bilan ich.
TUYUQ (ar. – tuslash, tuymoq) – turkiy xalqlar mumtoz sheʼriyatidagi lirikaning o‘ynoqi, shoirning so‘z san’atini yaqqol ko‘rsatuvchi janrdir. Tuyuq - lirik janr. Tuyuq 4 misrali sheʼr boʻlib, aruzning ramal bahrida yoziladi; aaba, baʼzan abvb tarzida va favqulodda xillarda - aaaa oʻlchovida qofiyalanadi. Tuyuq soʻz oʻyini asosida tajnis qofiyasida beriladi. Tajnissiz tuyuqlar ham bor. Tuyuqning dastlabki namunalari xalq ogʻzaki ijodida uchraydi. Bizgacha yetib kelgan tuyuqlar Burhoniddin Sivosiy (14-asr) qalamiga mansub.
"Qutadgʻu bilig" da ham tajnisli toʻrtliklar bor, biroq ular mutaqorib bahrida yozilgan. Alisher Navoiy "Mezon ulavzon" asarida tuyuqni birinchi marta janr sifatida belgilab oʻtgan va shakllantirgan. Bobur oʻzining "Aruz risolasi" asarida tuyuq ni turkiy sheʼriyat shakllaridan biri sifatida baholagan.
Uning tadqiqotchilaridan R.Orzibekovning ta’kidlashicha:
1) tuyuq “to‘rt misradan iborat mustaqil va to‘liq ma’noga ega bir butun asar ekanligi;
2) ko‘proq a,a,b,a ba’zan a, a, a, a shaklidagi qofiyalanish;
3) xuddi ruboiydagi singari tezis (1-misra), antitezis (2-misra), moddai tuyuq (3-misra) va sintez (4-misra) kompozitsiyasiga ega bo‘lishi;
4) murabba’ she’rlaridan farqli o‘laroq so‘nggi misralarda shoir taxallusining ko‘rsatilmasligi kabi xususiyatlari bilan ruboiylarga o‘xshasa ham, ammo o‘ziga xos yagona vazn-“ramali musaddasi maqsur” (foilotun foilotun foilun)da yozilishi va shu “vazn bilan o‘z badaniga noz libosini kiyishi” (A.Jomiy) aksar qofiyalarining tajnisli so‘zlardan iborat bo‘lishi bilan farq qiladi” (R.Orzibekov. O‘zbek she’riyati janrlari, Samarqand, 1999, 98-bet).

Tuyuq hozirgi sheʼriyatda birmuncha boshqacharoq nomlarda uchraydi. Xususan, ozarbayjonlarda bayot, turklarda maʼni, turkmanlarda laʼli. Mumtoz adabiyotda Lutfiy, Navoiy, Bobur, 20-asr shoirlaridan Gʻ.Gʻulom, Habibiy, Charxiy, Sobir Abdulla va boshqa ijodida tuyuq janrining yetuk namunalari mavjud.
Tuyuqlar tajnis san’atining ishtirok etishi yoki etmasligiga ko‘ra: 1) tajnisli va 2) tajnissiz tuyuqlarga bo‘linadilar. Garchi bitta vaznda yozilishi shartligi – uning imkoniyatlarini cheklasa-da, shoirning omonimlardan foydalanish mahoratini to‘liq namoyon etishi bilan ardoqlidir.
Download 22.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling