Mavzu: kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlar


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/17
Sana05.05.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1426721
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
4-mavzu yosh

Мулоқот 
Оғзаки 
Ўз фикрини 
баён этиш
Ички нутқ 
Нутқ 
Ташқи нутқ 
Ёзма
Оғзаки 
нутқни идрок 
этиш 
Ўзгалар 
нутқини идрок 
этиш 
 Ташқи ўқиш
Ёзма нутқни 
идрок этиш 
Ички ўқиш 


xil balandlikdagi idishlarga quyilib, sо‘ngra qaysi idishdagi suv miqdori 
kо‘pligini sо‘ralganida bolalar ingichka, lekin baland idishdagi suvning 
miqdori kо‘pligini aytishgan. Bolalar aynan о‘sha suv miqdorini yana bir-biri 
bilan teng bо‘lgan idishlarda kо‘rganlaridan sо‘nggina о‘z javoblari 
notо‘g‘riligini bilganlar. Aynan shunday tajriba bir xil kattalikdagi plastilin 
shakllari о‘zgartirilganida hamda teng miqdordagi tugmachalar orasi ochiqroq 
qilib qо‘yilgan qatordagi tugmachalar bilan solishtirilganida ham xuddi shunday 
javoblar bо‘lgan. 
Bu tajriba 6-7 Yoshli bolalar asosan kо‘rganlari bо‘yicha fikrlashlarini isbotlab 
beradi. Bolalarga beriladigan va asosan maktabda amalga oshiriladigan ta’lim bolalar 
tafakkurining о‘sishi uchun g‘oyat katta ahamiyatga egadir. Ta’lim va maktabda 
beriladigan bilimlarni о‘zlashtirish jarayonida, kuzatuvchanlik, xotira va hayol о‘sib 
borishi bilan kichik maktab Yoshidagi bolalar tafakkuriga material bо‘ladigan 
narsalar doirasi kengaya boradi, bolalarda mantiqiy tafakkur va tanqidiy fikrlash о‘sib 
boradi. Ta’lim jarayonida bolaning tafakkuri katta о‘sish yо‘lni — konkret 
tafakkurdan abstrakt - nazariy tafakkurga о‘sish yо‘lini bosib о‘tadi. 
Kichik maktab Yoshidagi bolalarning tafakkuri hali ham amaliy, qonkret tafakkur 
bо‘ladi, lekin ta’lim jarayonida bolalarning bunday qonkret tafakkuri, maktabgacha 
tarbiya Yoshidagi bolalarning qonkret tafakkuriga qaraganda, murakkabrok va 
mazmunliroq bо‘lib qoladi, ulardagi fikrlash jarayonlarining hammasi takomillasha 
boradi. Maktabda о‘quvchi bola tobora murakkabroq narsalarni va о‘zi idrok 
qilayotgan narsalarni hamda hodisalarnigina emas, balki shu bilan birga, tasavvur 
qilayotgan narsalar va hodisalarni ham bir-biriga takqoslashni, analiz va sintez qilishni 
о‘rganib oladi. 
Bolaning maktabdagi о‘qishi jarayonida unda abstraksiyalash qobiliyati о‘sa 
boshlaydi. Matematika darslarida amaliy qonkret sanashdan abstrakt hisoblashga 
о‘tilgan vaqtda, Shuningdek, ona tili darslari davomida bu qobiliyat ayniqsa sezilarli 
suratda о‘sadi. Boshqa fanlarni о‘qish jarayonida bu qobiliyat yanada о‘sadi. 
Bola analiz qilish, abstraksiyalash va taqqoslashni, mashq qilish yо‘li bilan 
narsalarning muhim belgilari bilan ahamiyatsiz belgilarini bir-biridan farq 
qilishni, predmet, voqea-hodisalarning muhim belgilariga qarab turib xulosalar 
chiqarishni о‘rganadi. Kichik maktab Yoshidagi о‘quvchilarning tafakkuri 
mantiqiy fikrlash, mulohaza yuritish, hukm va xulosa chiqarish, taqqoslash 
tahlil qilishning turli usullarini qо‘llashda о‘ziga xos xususiyatlari bilan 
maktabgacha Yoshdagi bolalar va о‘smirlardan farq qiladi. Ta’lim jarayonida 
tafakkur operatsiyalariga, mustaqil fikrlashga о‘rgatish kichik maktab Yoshdagi 
о‘quvchilarni barkamollikka erishtirishning garovidir. 6-11 Yoshli bola 
mantiqiy fikrlay oladi, lekin bu Yosh asosan kо‘rganlariga tayanib, ta’lim 
olishga senzitiv bо‘lgan davr hisoblanadi, 
Boshlang‘ich maktabning о‘zidayok bolalar birinchi sinfdan boshlab kо‘p 
miqdorda xilma-xil tushunchalarni — grammatikaga, arifmetikaga, tabiatga 
doir, Shuningdek, ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni о‘zlashtirib oladilar.
О‘quvchilar о‘zlashtirib oladigan tushunchalar doirasi, asosan, har qaysi sinf 
uchun turli fanlar yuzasidan tuzilgan о‘quv dasturi bilan belgilanadi. 
Muayyan ilmiy mazmunga ega bо‘lgan tushunchalar о‘quvchilarga mantiqiy 


ifodalangan shaklda bayon qilib beriladi. О‘quvchilar о‘zlarining ham 
tushunchalarini mazmunini ta’riflab, ularning jins va turlariga doir 
belgilarini kо‘rsatib, aytib berishni о‘rganadilar. О‘quvchilar tushuncha va 
qoidalarni ta’riflab berolmay qolganlarida yoki ta’riflash mumkin 
bо‘lmagan paytlarda tasvirlab, taqqoslab, xarakterlab, misollar bilan 
kо‘rsatib beradilar. N.S.Leytes mulohazalariga kо‘ra, inson Yoshi ulg‘aygan 
sari aqliy rivojlanish darajasi birmuncha kо‘tariladi, uquvchanlik xususiyati esa 
birmuncha pasayadi. Kichik maktab Yoshidagi bolalarning uquvchanligi, albatta, 
о‘smir va о‘spirinlarga nisbatan yuqori, lekin о‘smir va о‘spirinlarning aqliy 
rivojlanganligi boshlang‘ich sinf о‘quvchilariga nisbatan yuqoridir. Bu holat kichik 
maktab Yoshidagi о‘quvchilarning etakchi faoliyati – о‘qish bо‘lishi bilan, lekin 
bilish jarayonlari hali hamma tomonlama rivojlanib bо‘lmaganligi bilan bog‘liq 
hisoblanadi. 
Kichik maktab davridagi bolalarning aqliy rivojlanishi ijtimoiy omillar bilan 
belgilanadi. Individ ijtimoiy munosabatlar ta’sirida о‘zgaradi. Bolaning maktabda 
muntazam ravishda о‘qishga о‘tishi uning barcha bilish jarayonlarini 
rivojlanishiga va о‘z-о‘zidan atrof-hayotdagi narsa-hodisalarga nisbatan fikrini, 
munosabatlarini о‘zgarishiga olib keladi. 


Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling