Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни
Fanning ob’ekti va oldiga ko’yilgan vazifalar
Download 0.97 Mb.
|
коос маъруза 2017
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Fanning strukturasi va boshqa fanlar bilan uzviy bog’liqligi.
2.Fanning ob’ekti va oldiga ko’yilgan vazifalar.
Ishlab chiqarishni tashkil qilish fani turli vazifalarini o’z ichiga oladi. Bularning asosiylari quyidagilardan iboratdir: bozor iqtisodiyoti sharoitida kimyo va oziq-ovqatsanoati mulkchilik shakliga qarab korxonalarning bo’linishi; asosiy va yordamchi ishlab chiqarishni tashkil qilish; mahsulot va bajarilgan ish sifatini oshirishni tashkil qilish; mehnatni texnik normallashtirish; ishlab chiqarishni moddiy-texnika ta’minotini tashkil etish; mehnatni ilmiy asosida tashkil etish; ishlab chiqarishning eng ratsional usullarini tanlash; korxona ishlab chiqarishida ro’y berayotgan fan-texnika taraqqiyotining ahamiyati va mohiyatini ochib berish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati, raqobatbardoshligini ta’minlash, korxona foydasini maksimallashtirish san’atini egallash; sanitariya, mehnatni muxofaza qilish va texnika xavfsizligi talabalariga javob beruvchi sharoitlar yaratish kabilarni o’z ichiga oladi. Kurs ob’ekti- turli kimyo (oziq- ovqat) sanoati korxonalari bo’lib, ular murakkab ishlab chiqarish texnikaviy va sotsial-iqtisodiy jixatdan doimo taraqqiyotlashib takomillashayotgan tizimlar xisoblanadilar.Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona o’zining mustaqil taraqqiyot yo’lini, kapitalini joylashtirishda yangi usullar va ish yuritish bo’yicha yangi shakllarni izlab topishi shart. Bu shartlarni oshishi esa boshqaruvchilardan chuqur iqtisodiy bilimlarni, ishlab chiqarish omillaridan samarali oqilona foydalana olishlarini talab qiladi. 3. Fanning strukturasi va boshqa fanlar bilan uzviy bog’liqligi. KOOS korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil qilish birinchidan, korxona faoliyatidagi sir asrorlarini bilib olishga; ikkinchidan, bu bugin iqtisodiyotda qo’llaniladigan barcha iqtisodiy tushunchalarini tavsiflashga, ularni mazmunini bilib olishga yordam beradi; uchinchidan, ishlab chiqarishni tashkil etish san’atini egallash buyicha bilim va ko’nikma beradi. Bu fanning vazifalari KOOS korxonalarida amalga oshirilaetgan isloxatlarni mohiyati, ahamiyati va mazmuni bilan ham belgilanadi. Shu bilan birga bu fanning vazifasi korxonalarning xorijiy mamlakat korxonalari bilan o’zaro hamkorlik va iqtisodiy integratsiyasini ta’minlash vazifasini ham tushuntirib berishdan iborat. Kimyo va oziq-ovqatsanoati korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil qilishning nazariy asosi bo’lib «Iqtisodiy nazariya» va «Bozor iqtisodiyoti asoslari» fanlari xisoblanadi. Ushbu kursni o’rganishda kimyo va oziq-ovqat texnologiyalari, «Korxona iqtisodiyoti», «Iqtisodiy-matematik andozalash va EXM-da dasturlash», «Marketing asoslari», «Menejment», «Mehnat fiziologiyasi va psixologiyasi», «Iqtisodiy nazariya», «Makro va mikro iqtisodiyot», «Statistika», «Mexneat iqtisodiyoti», «Buxgalteriya xisobi va audit», «Moliya-kredit» kabi fanlarning ayamiyati kattadir. Kimyo sanoatining iqtisodiy hususiyatlari: 1.Ishlab chiqarishda kimyoviy uslublar xom ashyo va materiallarning tuzilishi (strukturasi) va kimyoviy tarkibini o’zgartiradi. Natijada yangi xossaga ega bo’lgan yangi birikmalar xosil bo’ladi. 2 .Hamma kimyoviy reaktsiyalar idishda yoki apparatlarda amalga oshadi. 3.Kimyo dastgoxlari bir maqsadlidir, ya’ni tor ixtisoslashgan. Bu esa ishlab chiqarishni bir joyga jamlashga (kotsentratsiyalash) chorlaydi. 4.Mehnat buyumlari texnik jarayonlarga nisbatan aktivroq o’rin tutadi. 5.Kimyo sanoatida ishchi jismoniy mehnat bilan mashg’ul bo’lmaydi, hamma jarayonlar apparatlarda amalga oshadi, inson esa shu jarayonlar borishini kuzatadi. 6.Kimyo sanoatida xom ashyodan kompleks foydalanish keng yo’lga quyilgan. 7.Kimyo jarayonlar ko’p variantli. 8.Kimyo sanoatida quvvat, material va kapital mablag sigimlari katta. Ishlab chiqarish jarayonlari mehnat buyumiga o’tkaziladigan ta’siri buyicha turli jarayonlarga, bosqichlarga bo’linib, xom ashyo va materiallardan mehnat vositalari yordamida tayyor mahsulotga aylantirishdan iborat. Ishlab chiqarishda asosiy, eng muhim o’rinni asosiy jarayonlar (asosiy ishlab chiqarish) egallaydi, chunki aynan shu jarayonlar natijasida dastlabki xom ashyo va materiallarga ishlov berilib, u tayyor mahsulotga aylanadi. Mahsulot ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etmay, ammo uni ta’minlash va xizmat ko’rsatish bilan bog’liq jarayonlar yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi jarayonlarni tashkil qiladi (yordamchi va xizmat kursatish xo’jalik, bo’limlar). Ular qatoriga turli xil quvvatlar (bug, gaz, bosim ostidagi xavo, elektr kuvvati)ni ishlab chiqarish va ta’mir ishlarini amalga oshirish, transport va ombor xo’jalik jarayonlar kiradi. Yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarish bo’ginlarining bir marom , uzluksiz va sifatli ishlashini ta’minlovchi sharoit yaratib beradi. Mehnatning ish qurollari bilan ta’minlanganligi va unda insonning ishtirok etishishiga qarab, u mexanizatsiyaiashmagan (tula yoki kisman) va avtomatlashgan jarayonlarnga bulinadi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling