Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни
Ishlab chiqarishni tashkiliy-iqtisodiy tayyorlash
Download 0.97 Mb.
|
KOOC маъруза
4. Ishlab chiqarishni tashkiliy-iqtisodiy tayyorlash
Tashkiliy-iqtisodiy tayyorlash – bu, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, rejalashtirish va hamma zarur narsalar bilan ta’minlash bo‘yicha choralar yig‘indisidir. Mavjud bosqichda ishning hajmi va mazmuni ishlab chiqarish turi, mahsulot ishlab chiqarishning qiyinligi, uni tayyorlash vaqti bilan bog‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqarishni tashkiliy-iqtisodiy tayyorlashning asosiy vazifalari quyidagilar: 1. ishlab chiqarishni zarur asbob-uskunalar va anjomlar bilan ta’minlash; 2. asosiy va yordamchi ishlab chiqarishni, mehnatni va ish haqini tashkil etish; 3. sex va uchastkalarning ixtisoslash va kooperativlash shakllarini tanlash; 4. oqim-ishlab chiqarishni rejalashtirish uchun kalendar rejali me’yoriylar ishlab chiqish; 5. qayta konstruksiyalashning hajmi va mazmuni talab qilsa boshqaruv bo‘linmalarini qayta qurish va boshqalar. Ishlab chiqarishni tashkiliy-iqtisodiy tayyorlash ishlari ishlab chiqarishni konstruktorlik va texnologik tayyorlash ishlari bilan bir vaqtda va o‘zaro bog‘liq holda o‘tkaziladi. Bu bosqichda to‘plangan harajatlar smetasi yangi mahsulot turlarini tayyorlash, o‘rganish va ishlab chiqarish asosida hisoblanadi, chunonchi, yangi mahsulotni, uskuna, loyihalashtirish va konstruksiyalash, materiallarni sinash, asbob-uskunalarni qayta rejalashtirish va joyini o‘zgartirish, tajribadagi mahsulotni sinovdan o‘tkazish. Ishlab chiqarishni moddiy tayyorlashni tashkil etishda korxonaning hamma bo‘linmalari qatnashadi. Bosh konstruktor, bosh texnolog va boshqa tashkiliy bo‘limlarning ma’lumotlari ishlab chiqarish dasturini, kadrlarni yig‘ish va tayyorlashni, mahsulotning mehnat sig‘imini, jarayon me’yorlarini va me’yoriylarni aniqlashga asosi bo‘ladi. Sanoat korxonolarida ishlab chiqarishni tayyorlashni rejalashtirish uchun har xil usullar qo‘llaniladi. Ishlarning mazmunini, ularning bajarilish vaqtini belgilaydigan asosiy hujjatlar: siklogrammalar, chiziqli rejalar – ishlab chiqarishni tayyorlash grafiklari, setkali grafiklar hisoblanadi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling