Mavzu: Kimyo darslarida,,Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari va ularni tenglashtirish” mavzusini o‘qitishning zamonaviy usullari. Kirish


Download 46.98 Kb.
bet10/11
Sana30.01.2024
Hajmi46.98 Kb.
#1817029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining mohiyati. 2 Oksidlanish-fayllar.org

Ion-elektron metodi. Eritmada boradigan oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarining to‘liq molekulyar tenglamalarini tuzishda elektron-balans metodidan foydalanib oksidlanish darajasi tushunchasini ishlatish o‘zining fizik mahnosini yo‘qotadi. Chunki elektron balans metodida ishlatiladigan Cr6+, Mn7+, N5+ va boshqa kationlar eritmada umuman bulmaydi. Ular suvli eritmada suvning kislorodi bilan birikib, Cr0-4,Mn0-4, N0-3 ionlar xolida mavjud bo‘ladi.
Bundan tashkari, elektron–balans metodi oksidlanish-qaytarilish jarayonida gidroksid va vodorod ionlari hamda suv molekulalarining rolini ko‘rsatmaydi.
Shuning uchun ham suvli eritmalarda boradigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzishda ion-elektron metodidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bu metodda koeffitsientlar ion-elektron tenglama yordamida topiladi. Ion-elektron tenglamaning elektron –balans tenglamadan farqi shuki, unda elektrolitik dissotsilanish nazariyasiga binoan suvli eritmada xakikatdan mavjud bo‘lgan ionlar yoziladi.
Ion-elektron metodi yordamida eritmalarda boradigan oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarining to‘liq tenglamalarini tuzish uchun quyidagi tartibga rioya qilish kerak.
1 Reaksiya uchun olingan va reaksiya natijasida hosil bo‘ladigan mahsulotlarning tarkibini bilish, ya’ni reaksiyaning molekulyar tenglama yozish zarur.
2 Elektrolitik dissotsilanish nazariyasiga binoan reaksiyaning ion sxemasini yozish kerak.
3 Ayrim holda oksidlanish–qaytarilish jarayonlarini ion-elektron tenglamasini yozishda quyidagilarga asoslanadi.
a) Ayni element atomlarining soni tenglamaning ung va chap tomonlarida teng bo‘lish kerak.(«material balans»)
b) Reaksiya uchun olingan modda tarkibida kislorod kam bo‘lsa, kislotali muhitda (vodorod ioni bilan birikib) suv hosil qiladi. Neytral yoki ishqoriy muhitda esa ajralib chiqqan kislorod suv bilan birikib, gidroksid gruppani hosil qiladi.
v) Reaksiya uchun olingan modda tarkibida kislorod ko‘p bo‘lsa kislotali va neytral muhitda suv, ishqoriy muhitda gidroksid-ioni hosil bo‘ladi.
g) oksidlanish va qaytarilish jarayonlarining umumiy zaryadi tenglamaning chap va ung tomonlarida bir-biriga teng bo‘lishlari kerak («elektrik balans»).


Xulosa.
Har bir pedagok bor ekanki uning bir maqsadi bo`ladi. U ham bo`lsa ta`lim berish. Lekin barcha pedagok larning maqsadi bir bo`lgani bilan ularning ta`lim tarbiya berish usullari o`zgachadir. Biz bo`lajak pedagoklarning ham maqsadimiz ta`lim berish shiyorimiz esa faqat va faqat olg`a intilishdir. Buning uchun biz yosh pedagoklar har tamonlama mukammal va inavatsion texnalogiyalardan foydalana oladigan, o`z darsini sevadigan inson bo`lishimiz shartdir. Bunday inson bo`lishimiz uchun ustozlar bergan bilimlarni puxta va mustaxkam egallab dars jarayonida turli usullardan foydalanib darslarni yanada qiziqarli o`tishimiz lozimdir.
1-Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari mavzusini o`qitishda, oldingi mavzularni mustaxkam o`qitish va shu mavzularni tushuntirishda tizimlilikga yondoshish kerak.
2-Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari mavzusini turli xildagi o`qitish metodikalaridan foydalanish va inovatsion texnalogiyalarni to`g`ri tanlay bilish. O`quvchilarni fanga bo`lgan qiziqishlarini yanada oshiradi.
3-Mavzuni o`tishda quyda ko`rsatilgan dars ishlanma o`qituvchida darsni tizimli va samarali o`tishini ta`minlaydi, hamda avvaldan dars jarayonini ko`ra bilish jarayonini amalga oshiradi.


Download 46.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling