Mavzu: Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari. Mundarija: Kirish. Kimyo haqida tushuncha I. Bob


I.BOB. 1.2. Atom va molekulalar


Download 202.5 Kb.
bet4/11
Sana13.01.2023
Hajmi202.5 Kb.
#1091677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari.

I.BOB.
1.2. Atom va molekulalar
Atom-molekulyar ta’limotning asosiy qoidalari XVII asrning o’rtalariga kelib M.V.Lomonosov tomonidan ishlab chiqildi va ingliz kimyogari J.Daltonning XIX asrning o’rtalarida fanga elementlarning atom massalari haqidagi tushunchanik kiritgandan keyingina umum tomonidan e’tirof etildi.
Moddalar bilan bo’ladigan fizik hodisalarni molekulyar nazariya tushuntirib beradi. Kimyoviy hodisalarni tushuntirishda molekulyar nazariyaga atomlar haqidagi ta’limot yordam beradi. Bu nazariyalarning ikkalasi – molekulyar nazariya bilan atomlar haqidagi nazariya birlashib, atom-molekulyar nazariya bilan atomlar haqidagi nazariya birlashib, atom-molekulyar ta’minotni hosil qiladi. Bu ta’limotning mohiyatini quyidagi bir encha qoidalar tarzida ta’riflash mumkin:

  1. Molekulalar to’xtovsiz harakatda bo’ladi. Molekulalarning harakatlanish tezligi temperaturaga bog’liq. Temperatura ko’tarilishi bilan molekulalarning harakatlanish tezligi ortadi.

  2. Molekulalar atomlardan tarkib topadi, atomlar ham molekulalar kabi to’xtovsiz harakatda bo’ladi.

  3. Bir turdagi atomlar boshqa turdagi atomlardan massasi va xossalari bilan farq qiladi.

  4. Molekulalar orasida o’zaro tortilish va itarilish kuchlari ta’sir etadi. Bu kuchlar qattiq moddalarda eng ko’p, gazlarda esa kam namoyon bo’ladi.

  5. Molekulalar orasida oraliq masofa bo’lib, uning o’lchamlari moddaning agregat holatiga va temperaturaga bog’liq. Gazlarning molekulalari orasidagi masofa eng katta bo’ladi. Ularning oson siqiluvchanligiga sabab ana shudir. Suyuqliklarni siqish qiyin, chunki ularning molekulalari o’rtasidagi oraliq qncha kichik bo’ladi. Qattiq moddalarda molekulalar o’rtasidagi oraliq yanada kichik, shu sababli ular deyarli siqilmaydi.

  6. Molekular va nomolekular tuzilishli moddalar bor.

  7. Molekular va nomelekular tuzilishli moddalarda qattiq holatda kristall panjaraning tugunlarida molekulalar bo’ladi. Kristall panjaraning tugunlarida joylashgan molekulalar orasidagi bog’lanish zaif bo’ladi va qizdirilganda uziladi. Shu sababli molecular tuzilishli moddalarning suyuqlanish temperaturalari odatda, ancha past bo’ladi.


  8. Download 202.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling