Mavzu: Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari. Mundarija: Kirish. Kimyo haqida tushuncha I. Bob


Fizik hodisalarda molekulalar saqlanib qoladi, kimyoviy hodisalarda esa parchalanadi


Download 202.5 Kb.
bet5/11
Sana13.01.2023
Hajmi202.5 Kb.
#1091677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari.

Fizik hodisalarda molekulalar saqlanib qoladi, kimyoviy hodisalarda esa parchalanadi.

Bir xil moddalar tarkibi va xossalari jihatidan farq qiladigan boshqa moddalarga aylanadigan va bunda atomlar yadrolarining tarkibi o’zgaradigan hodisalar kimyoviy hodisalar deyiladi.
Havoda oksidlanish, yonish, rudalardan metallarning olinishi, temirning zanglanishi –bularning hammasi kimyoviy hodisalardir. Bu hodisalarni boshqacha qilib aytganda, kimyoviy o’zgarishlar, kimyoviy reaksiyalar yoki kimyoviy o’zaro ta;sirlar deyiladi.
Kimyoviy hodisalar bilan fizik hodisalarni bir-biridan farq qilish lozim.
Fizik hodisalarda moddalarning shakli yoki fizik holati o’zgaradi yoki atom yadrolarning tarkibi o’zgarishi hisobiga yangi moddalar hosil bo’ladi.
Masalan, gazsimon ammiak suyuq azot bilan o’zaro ta’sir attirilganda ammiak dastlab suyuq, so’ngra esa qattiq holatga o’tadi. Bu kimyoviy hodisa emas, bakli fizik hodisadir, chunki moddaning (azotning ham, ammiakning ham) tarkibi o’zgarmaydi. Yangi moddalar hosil bo’lishiga olib keladigan ba’zi hodisalar fizik hodisalar qatoriga kiradi. Masalan, bir xil elementlarning atomlaridan boshqa xil elementlarning atomlari hosil bo’ladigan yadro reaksiyalari fizik hodisalardir.
9. Nomelekular tuzilishi moddalarda kristall panjaralarning tugunlarida atomlar va boshqa zarrachalar bo’ladi. Ana shu zarrachalar orasida kuchli kimyoviy boglanish bo’lib, uni uzish uchun ko’p energiya talab qilinadi. Shu sababli nomolekular tuzilishli moddalarning suyuqlanish haroratlari ancha yuqori bo’ladi.
Fizik va kimyoviy hodisalar atom-molekular ta’limot asosida tushuntiriladi. Masalan, fizika kursidan ma’lum bo’lgan diffuziya hodisasi bir modda molekulalarning (atomlari, zarrachalarning) boshqa moddaning molekulalari (atomlari, zarrachalari) orasiga kirib bora olishi bilan tushuntiriladi. Bunga sabab shuki, molekulalar (atomlar, zarrachalar) doimo harakatda va ular orasida oraliqlar bo’ladi.
Kimyoviy reaksiyalarning mohiyati bir moddaning atomlari orasidagi kimyoviy bog’lanishning uzilishidan va atomlarning qayta gruppalanib boshqa moddalar hosil qilishidan iborat.



Download 202.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling