Mavzu: Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari. Mundarija: Kirish. Kimyo haqida tushuncha I. Bob
Download 202.5 Kb.
|
Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masala
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
R,2О, RО, R2О3 , RО2 , R2O5 , RO3 , R2О7 , RО4
bunda R - ayni gruppa elеmеntini bildiradi . Elеmеntlar gruppa nomеriga tеng oksidlanish darajasi namoyon qilmaydigan hollardagina bu formulalar to`g`ri kеlmaydi. IV gruppadan boshlab asosiy gruppacha elеmеntlari vodorodli gazsimon birikmalar hosil qiladi. Ular ham valеntligining kamayib borish tartibida umumiy formulalar bilan ifodalanadi. RH4 , RH3 , RH2 ,RH vodorodli birikmalarning formulalari asosiy gruppacha elеmеntlari tagiga yoziladi va faqat shu elеmеntlarga taalluqli bo`ladi. Gruppalarda elеmеntlarning xossalari ma'lum qonuniyat bilan o`zgarib boradi yuqoridan pastga tomon mеtallik xossalari kuchayib, mеtallmaslik xossalari susaya boradi. Masala: 1 gr elеmеntlaridan litiy va kaliyning qaysi birida mеtallik xossalari kuchli ekanligini atom tuzilishi asosida tushuntirib bеring. Еchish: Bu atomlarda elеktron qavatlarning taqsimlanishi Kaliy atomida tashqi elеktron litiy atomiga qaraganda yadrodan uzoqroq joylashgani uchun, kaliy elеktronini oson bеradi. Mеtallik xossalar atomning valеnt elеktronini qanday bеrishi bilan aniqlanadi. Dеmak mеtallik xossalari kaliydi kuchlirok. Masala: N2 uch valеntli mеtall oksidi tarkibida 47,1% kislorod bor. Bu qanday mеtall ekanini aniqlang. Еchish: Oksidning formulasi R2O3 Oksid tarkibida 100% - 47,1 = 52,9% mеtall bor Proportsiya tuzamiz 59,9 og`irlik R 47,1 og`irlik O2 bilan birikkan X og`irlik R 8 og`irlik O2 bilan birikkan 59,9 8 Х = = 9 оg`irlik Меtallning ekvivalenti = 9 47,1 Valentligi = 3 27 А = ЭВ 9 3 = _______Alyuminiy Xulosa Kimyoviy elementlarning davriy sistemasini tuzishda Mendeleev katta qiyinchiliklarga duch keldi. Masalan, o’sha vaqtda berilliyni uch valentli deb o’ylab, uning oksidini Ve2O3 formula bilan ifodalar edilar. Mendeleev berilliyning atom ogirligini 13.5 dan 9 ga o’zgartirib, uni litiy bilan bor orasiga joylashtiradi. 6.Elementlar davriy sistemasi Elementlar davriy sistemasi D.I.Mendeleev davriy qonunining grafik tasviridir. Bu sistema davr qator va gruppalarga bo’linadi. Davrlar ettita: uchta katta, uchta kichik va bitta tugallanmagan. 7 ta davr 10 ta qatordan iborat. Davr deb ishqoriy metall bilan boshlanib, inert gaz bilan tugallanadigan gorizontal qatorga aytiladi. Birinchi davrda 2 ta element mavjud, ikkinchi va uchunchi davrlarda 8 tadan, to’rtinchi, beshinchi va oltinchi davrlarda 18 va 32 tadan, ettinchi davr tugallanmagan davr deb ataladi. Oltinchi davrda lantan joylashgan katakqa 14 ta element (N: N: 58-71) lar joylashishi kerak edi, ularni alohida qatorga joylashtirilgan. Ettinchi davrda aktiniy qator elementlari (N: N: 90-103) joylanishi kerak edi bularni ham alohida qatorga joylashtiradi. Hamma davrlar birinchi davrdan tashqari aktiv metall bilan inert gaz bilan tugaydi. Har qaysi davrda atom massasining ortib borishi bilan elementlarning kimyoviy hossalari asta-sekin o’zgarib boradi: metallik hususiyati susayib metallmaslik hossasi kuchayadi. Davrda bir elementdan ikkinchi elementga o’tganda eng aktiv metalmas (ftor yoki kislorod) ga nisbatan maksimal valentlik bir birlikka ortadi. Ikkinchi va uchunchi davr elementlarida ham valentlik huddi shunday izchillikda o’zgaradi. Katta davrlarda qo’sh davriylik kuzatiladi bir davrdan ikkinchisiga o’tganda hossalarining ma'lum qonuniyat asosida o’zgarishidan tashqari, juft va toq qatorlardagi elementlarning hossalari ham davriy ravishda o’zgaradi. Davrning juft qatorida bir elementdan ikkinchi elementga o’tganda elementlarning metallik hossalari metaloidlik hossalariga keskin o’zgarmaydi. Juft qatordagi hamma elementlarning metallik hossasi kuchli. To’rtinchi davrning elementlari quyidagi hossalari bilan harakterlanadi. Juft qatorning dastlabki ikki elementi kaliy va kalsiy tipik metallaridir: ikkinchi va uchunchi davrdagi va natriy berilliy hamda magniy elementlari hossalariga o’hshaydi. Tok qatorining ohirgi beshta elementida metallik hossalari asta-sekin susayib, metalloidlik hossasi kuchayib boradi. Kichik davrlarda bu elementlarning o’hshashlari bor. Toq qator oldingi davrlar kabi, inert gaz bilan tugaydi. To’rtinchi davrdagi skandiydan ruhgacha bo’lgan elementlarning kichik davrlarda o’hshashlari yo’q. To’rtinchi davrlari bu elementlar kichik davrlardagi elementlarda hossalarining asta-sekin o’zgarib borishi tartibini buzadi va tipik metallardan metalloidlarga o’tadilar.Bu elementlar o’tuvchan elementlar deyiladi. Keyingi katta davrlarda elementlarning hossalari yuqoridagi davrlardagi kabi o’zgaradi. Davriy sistemada to’qqizta vertikal gruppa bor, ulardan bittasi nolinchi gruppa bo’lib, unda inert gazlar joylashgan. Gruppalar davriy sistemada vertikal joylashgan bo’lib ular 9 ta. Nolinchi gruppadan tashqari, har qaysi gruppa grupachalarga bo’lingan. Kichik davr elementlari tipik elementlar va bu elementlarni o’z ichiga oladigan gruppalar asosiy gruppachalar deyiladi. O’tuvchan elementlar joylashgan gruppachalar qo’shimcha gruppachalar deyiladi. Masalan, birinchi gruppaning asosiy gruppachasiga vodorod litiy, natriy, kaliy, rubidiy, tseziy va fransiylar kirib, qo’shimcha gruppachasiga mis, kumush, oltin kiradi. Davriy sistemada tipik metall va metalloidlar 1 va VP gruppaning asosiy gruppacha-larida joylashgan. Qolgan elementlar ular metallik yoki metalloidlik hossasining kuchliligiga qarab, shartli ravishda, metall yoki metalloidlar jumlasiga kiritiladi. Masalan, III-gruppada bor, 1V gruppada tipik elementlar uglerod va kremniy, V-gruppada vismut va surmadan tashqari elementlar kiradi. Elementlarning vodorod bo’yicha valentligi ham ma'lum qonuniyat asosida o’zgaradi. To’rtinchi gruppaning asosiy gruppachasidagi elementlarda eng katta qiymatga –to’rtga teng bo’lib, to’rtinchi gruppadan o’ngga va chapga siljigan sari valentlik bir birlikka kamayadi. Elementning kislorod bilan bergan valentligiga qarab vodorod bilan bergan valentligini aniqlash mumkin. Masalan, oltingugurtning kislorod bo’yicha eng yuqori valentligi oltiga teng, demak uning vodorod bo’yicha valentligi ikkiga teng bo’ladi. Elementlar atom massasining ortishi bilan ularning kimyoviy hossalarining emas, balki atomlarning radiusi, fizik hossalari ham davriy ravishda o’zgaradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati Download 202.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling