Mavzu: Kimyoning jamiyatdagi orni
Download 9.07 Kb.
|
Kimyoning jamiyatdagi orni
Mavzu: Kimyoning jamiyatdagi orni Reja :
2. O’zbekistonda kimyo sanoati. 3. O’zbek 11 ta kimyo sanoati mahsulotlariga bolgan talab va ehtiyojlarini organish. O’zbekistonda kimyo fanini rivojlantirishda oz hissasini qoshgan , oz maktabini yaratgan, dunyo tanigan olimlarimiz juda kop. Davlatimiz ilm fanining ochogI M Ulugbek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti kimyo fakulteti O’zbek kimyogar olimlarini etishtirgan ilm maskanidir. O’zbek kimyogar olimlaridan Sobir Yunusovich Yunusov - 1935 yilda Orta Osiyo Davlat universiteti kimyo maktabining asoschisi. 1955 yildan boshlab halqaro kongreslarda (Shvetsariya , Fransiya , Angliya , Hindiston va boshq) alkaloid va osimlik moddalari yuzasidan ilmiy dokladlari bilan qatnashashgan. Uning rahbarligida 4 mingdan ortiq osimlik tadqiq qilinib, 245 alkaloidlarning tuzilishi isbotlandi. Sitazin, galantamin , papaverin , protonin kabi dori moddalar tibbiyotda keng qollanilmoqda. Handam Usmonovich Usmonov - akademik , kimyo fanlari doktori , ilmiy ishlari selyuloza kimyosi va fizikasi , , pazta tolasi , linti , paxta qoldiqlari va ftor polimerlarga bagishlangan , u boshchiligidagi olib borilgan ishlar ishlab chiqarishga joriy etilgan . Shukur Tolipovich Tolipov - kimyo fanlari doktori , akademik . Ftor birikmalarining kimyoviy analizda qollanilishi boyicha ilmiy ishlar olib borilgan. Obid Sodiqovich Sodiqov - organic , bioorganic va tabiiy birikmalar sohasidagi olim , akademik , tabiiy birikmalar kimyosi sohasida oz maktabini yaratgan alloma. Respublikamizda qator viloyarlardagi xom ashyo imloniyatlari ( potensiallari) kimyo sanoatini rivojlantirish , xalq xojaligi , qishloq xojaligi va tibbiyot sohasida katta talabga va ehtiyojga ega bolgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga imkoniyat beradi . Qashqadaryo viloyatidagi Muborak gazni qayta ishlash zavodi , Shortan gaz “ Kimyo” majmui , Navoi – “ Azot” kombinati , Toshkent viloyatidagi Olmaliq “ Mineral ogitlar” kimyo zavodi , rudadan rangli metallar ajratb olish kimyo zavodlari , Chirchiq “Elektrokimyo” kopmbinati , Buxoro , Samarqand , fargona viloyatlardagi mavjud yirik kimyo komplekslari O’zbekiston iqtisodiyotida tola mustaqillikka erishish borasida bizning faxrimiz hisoblanadi. O’zbekiston kimyo sanoatini yanada rivojlantirish , chiqindisiz ishlaydigan , ekologik jihatdan xavfsiz ilgor chet el texnologiyalarni ozimizda yaratish , sanoat mahsulotlarining sifatini oshirish va ularni jahon bozoriga olib chiqish muammolari , albatta , kimyo fani erishayotgan ulkan muvaffaqiyatlar bilan bogliqdir. XXI asr bosagasida insoniyat oldida turgan eng muhim muammolardan biri – bu tabiatni asrash va ekologiya muammosi bolib qolyapti. O’zbekiston respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning “ O’zbekiston XXI asr bosagasida : xafsizlikka tahdid , barqarorlik va taraqiyot kafolatlari “ nomli asarida shunday deyilgan : “ Ekalogik muammo – Er yuzining hamma burchagida ham dolzarb. Faqat uning keskinlik darajasi dunyoning turli mamlakatlari va mintaqalarida turlichadir “ . Bugungi kunda 1 milliard atonnadan ortiq ishlab chiqarish va maishiy - xojalik chiqindilari yigilib qolgan . Masalan , faqat Olmaliq va Samarqanddagi kimyo zavodlari 60 million tonnadan ortiq “ fosforogips” chiqindisi yigilgan. Respublikamizda har yili 30 million tonna maiyshiy communal chiqindilari , chorvachilik kompleksida 20 million tonnage yaqin chiqindilar vujudga keladi. Ayni vaqtda turli chiqindilardan xalq xojaligi uchun foydali bolgan mahsulotlar ishlab chiqarish , chuqindilarni zararsizlantirish togrisida olimlarimiz tomonidan berilayotgan takliflar va konkret qadamlar juda kam. Download 9.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling