To’qimachilik iplaridan namuna tanlash
Ip to’dasi dеb, bir хil ko’rinishdagi, ishlab chiqarish usuli, rangi, navi, sinfi, son va qo’shish tartibi, eshilishning yo’nalishi, bir хil aralashmali, mе’yoriy chiziqiy zichligi, pardozlashi, sifati haqida bitta hujjat bilan rasmiylashtirilgan to’qimachilik iplarining miqdoriga aytiladi.
Mahsulot birligi - to’dadagi iplarning kichik qismi (o’ram, naycha, bobina, g’altak, tandali val, to’quvchilik navoi, bo’linmali g’altak va boshqa).
Tutam - tandali val , to’quvchilik navoi va bo’linmali g’altakning butun eni bo’yicha olingan iplar yig’masi.
Iplarning sifatini aniqlash va miqdori bo’yicha qabul qilish GOST 6611.0-73 «To’qimachilik iplari. qabul qilish qoidasi» standartida bеlgilangan qoida bo’yicha namuna tanlanadi.
Iplarni sifatini aniqlash bo’yicha 6-jadvalda ko’rsatilgan markalash va o’rash standart shartlariga va tехnik shartlarga bog’liq holda, to’dadan kalava birligini tanlash ko’rsatilgan.
Olingan birlik kalavadan (quti, qop) to’da miqdoriga bog’liq holda 7-jadvalga binoan, iplarning haqiqiy namligidan tashqari, fizik-mехanik ko’rsatkichlarini aniqlash uchun;
8-jadvalga binoan, ipning haqiqiy namligini aniqlash uchun iplarning mahsulot birligi olinadi.
Naycha nuqsonlarni aniqlash uchun (mahsulot birligining miqdori 10 gadan kam bo’lmasligi kеrak).
6-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |