3. Og„zakilik- bu xalq ijodiyotining yashash va yaratilish tarzi. Chunki u hali yozuv kashf qilinmagan uzoq o„tmishdagi ajdodlarimizning turmush tarzi, dunyoqaradhi va e‟tiqodining, kurashi va mag„lubiyatlarining ifodachisi sifatida yuzaga kelgan. Zotan, folklor og„izdan-og„izga o„tib yashasa, adabiyot yozuv vositasida yashaydi. Folklor asarlari og„zaki aytiladi ( ertak, maqol, topishmoq, afsona, rivoyat, latifa kabilar), ijro etiladi ( doston, og„zaki drama), kuylanadi ( qo„shiqlar). Badiiy adabiyot asa faqat o„qiladi. 4. An‟anaviylik- folklorning o„ziga xos xususiyatlaridan bo„lib, uning g„oyaviy-estetik mohiyatini belgilaydi. An‟ana- kollektiv ijodkorligining mahsuli, shuningdek, folklor asarlarini kollektiv holada saqlab qolishning ham o„ziga xos shakli hisoblanadi. Ma‟lum bir asarning avloddan-avlodga o„tish jarayonida dastlabki ijrosiga xos xususiyatlarni, kuyi va shaklini, ifodaviy vositalari, qahramonlarning nisbatan o„zgarmagan holda saqlab qolganini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |