Mavzu: Kirish. Elektr zanjir va uning elementlari Reja: Elektr zanjir deb nimaga aytiladi


Download 59.83 Kb.
bet2/2
Sana28.10.2023
Hajmi59.83 Kb.
#1729788
1   2
Bog'liq
1-Mavzu

Shoxobcha - elektr zanjirning bir xil qiymatli tok o'tuvchi qismi. Bunda elektr zanjirning elementlari ketma-ket ulangan qismi tushuniladi.
Tugun-elektr zanjirning uchtadan kam bo'lmagan shoxobchalari ulangan o'rni.

Kontur - elektr zanjirning shoxobchalaridan hosil bo'lgan berk yo'l.


O'zgarmas tok - I harfi bilan, qarshilik - R va o'tkazuvchanlik - G harflar bilan belgilanadi.
Elektr zanjir elementi qismalaridagi kuchlanishni undan o'tuvchi tokka bog'liqligi elementning voltamper xarakteristikasi (VAX) deb ataladi (1.9-rasm). Masalan, rezistordan o'tuvchi tok bilan shu rezistordagi kuchlanish orasidagi bog'lanish rezistorning VAX bo'ladi.
Amalda abssissa o'qiga kuchlanish qiymatini, ordinata o'qiga esa tok qiymatini tanlangan masshtabda belgilab elementning VAX quriladi. Agar rezistor VAX to'g'ri chiziq bo'lsa, u holda bunday rezistor chiziqli rezistor, chiziqli elementlardan tuzilgan zanjir esa chiziqli zanjir deb ataladi (1.9-rasm, a). Agar rezistorning VAX egri chiziq bo'lsa (1.9 - rasm, b), u holda bunday rezistor nochiziq rezistor, bunday rezistorlardan iborat elektr zanjir esa, nochiziq elektr zanjir deb ataladi.
C hiziqli passiv element- rezistor R qarshilikka ega. Undan o'tuvchi tok va rezistorning qismаlaridagi kuchlanish U ning o'zaro bog'lanishini Om qonuni ifodalaydi: I= U /R.
Qarshilikka teskari bo'lgan kattalik o'tkazuvchanlik deb ataladi. O'lchov birligi Simens [Sm].
Chiziqli aktiv element - elektromagnit energiya manbai bo'lib, shartli ravishda ikki turga bo'linadi: EYuK manbai va tok manbai. Bu manbalar amalda ideal va real manbalar ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Elektr Energiya holati ko‘rinishining bir turi elektr deyiladi. Energiya har xil ko'rinishda mavjud bo'lishi mumkin. Chunonchi, suv energiyasi, shamol energiyasi. Tabiatda ko'mir, neft, o'tin energiyasi ham bor. Bu energiya kimyoviy energiya deyiladi. Energiya bir turdan ikkinchi boshqa bir turga o'tishi mumkin. Misol uchun, bug‘ energiyasini mexanik energiya orqali elektr mashinasi yordamida elektr energiyasiga aylantirish yoki bo‘lmasa suvning harakatini elektr mashinasi yordamida elektr energiyasiga aylantirish mumkin. «Elektr» so'zi yunoncha «elektron» ma'nosini bildiradi. Bu yunon tilida yantar deb ataladi. Eramizdan oldingi VII asrda yunonlar musbat va manfiy jismlar bir-biriga tortilishi va bir xil zaryadlar bir-biridan qochishini aniqlaganlar. 1.1.1 —11.2-rasmlarda elektr zaryadlarining o'zaro ta'sir kuchlari ko'rsatilgan. Elektr miqdorining birligi kulon Km deyiladi, u 6,25T018 elektronlar miqdori zaryadiga ega. bu yerda: Fel — elektr zaryadi kuchi; Q — zaryad. 1.1 1-rasm Har xil zaryadlarning o‘zaro tortilishi. 1.1.2-rasm. Bir xil zaryadlaming bir biridan qochis
Download 59.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling