Mavzu. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Fanning so‘nggi yutuqlari, soha taraqqiyotiga oid ma’lumotlar, ustuvor yo‘nalishlar


Download 0.97 Mb.
Sana14.10.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1703054

  • MAVZU. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Fanning so‘nggi yutuqlari, soha taraqqiyotiga oid ma’lumotlar, ustuvor yo‘nalishlar.
  • Reja:
  • Loyihalash jarayonida informatsion texnologiyalarning o‘rni.
  • Loyihalash maqsadi.
  • Yangi sanoat buyumlariga bo‘lgan ehtiyoj katta hajmdagi loyiha ishlarini bajarish, bunda fan va texnika taraqqiyoti yutuqlaridan samarali foydalanish iqtisodiy masalalarni hal etishning muhim shartlaridan biri. Loyiha sifatiga, uning tezkor bajarilishiga bo‘lgan talablar loyiha ob’ektlarining murakkabligiga va ularning muhimligiga qarab yanada ortib boradi.
  • Ishchi va xizmatchilar sonini ortishi hisobiga bu talablarni qondirish muammoni hal etmaydi, chunki bu holda loyiha ishlarini parallel ravishda olib borish imkoniyati kam va muhandis kadrlar soni chegaralangandir. Muammoni loyiha jarayonlarini avtomatlashtirish va ishlab chiqarishga informatsion texnologiyalarni joriy etish orqali hal etish yaxshi samara beradi.
  • Informatsion texnologiya (IT)- hisoblash texnikasini qo‘llab ma’lumotlarni boshqarish va ularga ishlov berish texnologiyalaridir. IT deganda ko‘pincha kompyuter texnologiyalari tushuniladi. IT kompyuterlardan foydalanish, ma’lumotlarni programma vositalari orqali saqlash, o‘zgartirish, xilma xillash, ishlov berish, uzatish va qabul qilish imkonini beradi.
  • Hozirgi kunda charm sanoati korxonalari ishining samaradorligi ko‘p jihatdan ularning yuqori sifatli texnik va programma vositalari bilan tahminlanganligiga bog‘liq. Bu esa o‘z navbatida texnologik jarayonlarni o‘zaro moslashuvchanligi va ishlab chiqarish bo‘linmalari ishining avtomatlashtirilganligi hamda ularning o‘zaro birgalikda ishlay olish imkoniyati bilan belgilanadi.
  • Zamonaviy kompyuterlashtirilgan tizimlarga avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT yoki CAD), ishlab chiqarishni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari (ICHBAT), integrallashgan ALT va elektron hisoblash texnikasiga asoslangan zamonaviy texnologik uskunalar kiradi.
  • Bozor iqtisodiyoti sharoitida kiyim ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning modaga mos kiyim ishlab chiqarishida vaqt omili eng muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, yangi mahsulotni o‘z raqobatchilaridan ikki hafta avval ishlab chiqargan korxona bozorning 50% ulushiga ega bo‘ladi.
  • Zamonaviy oyoq kiyimlar ishlab chiqarish uchun ehtiyoj va talab o‘zgarishini tezkor ravishda hisobga olish, ilg‘or sanoat texnologiyalarini qo‘llash, ishlab chiqarishga yangi modellar joriy etishda mehnat va moddiy xarajatlarni kamaytirish va pirovard natijada buyum sifatini oshirish va uning ishlab chiqarishga joriy etish muddatlarini qisqartirish asosan charm jarayonlariga avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy qilish evaziga amalga oshiriladi.
  • Poyabzallarni loyihalash va tikish jarayonlari ichida konstruktorlik va texnologik xujjatlarni tayyorlash bosqichi CHarm buyumlari sanoatining boshlang‘ich etapi bo‘lib, unda kiyim yangi modellarining loyiha echimlari shakllanadi. Loyihalashning avtomatlashtirilgan zamonaviy tizimlari tarkibida “Konstruktor”, “Dizayner”, “Texnolog” kabi kichik tizimlar rivojlangan bo‘lib, ular yangi kiyim modellarini ishlab chiqarishga avtomatlashgan tarzda joriy qilish imkonini beradi. Ushbu kichik tizimlarni qo‘llash vaqt va mehnat sarfini kamaytirish, konstruksiyalash va texnologik bosqichlarda loyiha sifatini oshirishga olib keladi.
  • Kompyuter texnikasi va informatsion texnologiyalarni qo‘llashga asoslangan charm ishlab chiqarishini barpo etish ALT tipaviy to‘plami bilan ishlay oladigan va kasbiy yo‘naltirilgan ta’lim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlashni taqozo etadi. Chunki, korxona zamonaviy texnika bilan qanchalik jihozlanmasin programma vositalarining samaradorligi joylarda mutaxassis bilimiga bog‘liqdir. Hozirda charm korxonasi mutaxassisi, u konstruktor yoki texnolog bo‘lmasin, avtomatlashtirilgan tizimlarda ishlash ko‘nikmalarisiz yuqori ish haqiga loyiq ish topishi qiyin.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling