Mavzu: Kirish. Fanning mazmuni, maqsadi va vazifalari. Parallel xisoblash tizimlari. Reja


Xotirani tashkillash bo’yicha klassifikatsiyasi


Download 0.52 Mb.
bet8/12
Sana01.11.2021
Hajmi0.52 Mb.
#170088
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Xotirani tashkillash bo’yicha klassifikatsiyasi

Parallel kompyuterlarni farqlab turuvchi asosiy vositalaridan biri bu xotira moduliga kirish imkoniyati uslublari xisoblanadi. Ya’ni, xar bir kompyuter lokal xotiraga egami, xotiraning boshqa bloklariga murojaat qiladimi, bog’lovchi tarmoqni qo’llagan xolda barcha protsessorlarni umumiy xotirada birlashtirish usullari mavjudligi e’tiborga olinadi. Xotiraga kirish imkoniyati uslubidan tashqari quyidagi parallel arxitektura turlari mavjud:



Taqsimlangan xotirali kompyuterlar (Distributed memory). Xar bir protsessor faqatgina xususiy lokal xotirasiga murojaat qilish imkoniyatiga ega. Protsessorlar tarmoqda birlashtirilgan. Ma’lum masofada joylashgan xotiraga murojaat qilish faqat xabar almashish tizimlari yordamida amalga oshiriladi.












3-rasm: Taqsimlanuvchi hotirali tizimlar

Umumiy (taqsimlanuvchi) xotirali kompyuterlar (True shared memory). Xar bir kompyuterning protsessori umumiy shina (yuqori tezlik asosida) ni ko’llagan xolda umumiy xotiraga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilish imkoniyatiga ega. Bunday kompyuterlarda protsessorlar sonini oshirish mumkin emas. CHunki bunda shinaga murojaatlarni amalga oshirishda konfliktlar miqdori birdan ortishi kuzatiladi.














4-rasm: Bo’linuvchi hotirali tizimlar.

Ayrim arxitekturalarda xar bir protsessor umumiy va xususiy lokal xotiraga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilish imkoniyatiga ega.














5-rasm: Bir hil bo’lmagan hotirali tizimlar

Xendler klassifikatsiyasi

1977 yilda V.Xendler tomonidan taklif tilgan bo’lib, klassifikatsiya tarkibi miqdoriy xarakteristikalar yordamida xisoblash tizimlarida ma’lumotlarni qayta ishlashning parallel va konveyerli imkoniyatlarining aniq xususiyatlarini qamrab olgan. Mazkur klassifikatsiya dastur bajarilish jarayonidagi ma’lumotlarni qayta ishlashning uchta darajasiga asoslanadi:

Dasturni bajarilish darajasi – buyruqlar schetchigi va boshqa registrlariga tayangan xolda boshqaruv qurilmasi tanlovni amalga oshiradi va dastur buyruqlarini deshifrlaydi;

Buyruqni bajarilish darajasi – kompyuterning arifmetik-mantiqiy qurilmasi boshqaruv qurilmasidan uzatilgan buyruqni bajaradi;

Bitli qayta ishlash darajasi – protsessorning barcha elementar mantiqiy sxemalari bitta ikkilik razryad ustida operatsiya bajarish uchun guruxlarga bo’linadi.


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling