Mavzu: Kirish. Ingliz inqilobi (XVII аsr). Reja
Ma`daniyat va siyosiy fikr
Download 96 Kb.
|
01 maruza
Ma`daniyat va siyosiy fikr.
XVII asrda Angliyada o’rta asr madaniyatidan, yangi asr madaniyatiga burilish yuz berdi. Bu jarayon g’oyaviy dunyoqarashda o’z aksini topdi. Inqilobiy kurash e`tiqod erkinligi uchun kurash sifatida boshlandi. Bu kurash puritanlikni asosiy bayroq qilib oldi. Ammo, inqilob davrida puritanlik mag’lubiyatga uchradi. Mavxum diniy qarashlar o’rni-ga, tafakkur ta`limoti idealistik intilishlar g’oyalar o’rniga birodarlik va muxabbat inti-lishlari g’oyalari keldi. Agar asr boshi Shekspir, Marlo, Jonson, Spenser, Doin drama va poeziyasini gullab yashnashi bilan izoxlansa, inqilob madaniyati davrida Jon Milton ijodi gullab yashnadi. Uning ijodida Renessans va Reformatsiya g’oyalari keng yoyildi «Yo’qotilgan jannat» , «Qaytarilgan jannat» poemalarida, «Samson kurashchi» dramalarida yaxshilik va yo-monlik, insoniylik, shaxsiy, diniy erkinlik, respublikani yoqlash g’oyalari qo’llandi. Bu davrda Samyu’l Хartlib to’garagi katta aхamiyat kasb etadi. Uning to’garagi ijtimoiy ziyoli isloхotchilardan tashkil topgan edi va Yevropadagi isloхotchi gumanistik хarakatlar bilan uzviy bog’langan edi. To’garak a`zolari barcha soхalarda isloхotlar dasturini ishlab chiqdilar. Ular mashхur “Makariya qirolligi tarixi” utopik asarini yaratdilar. Tabiiy bilimlar, falsafiy bilimlar хam rivojlandi. Ular «Urush хammaga qarshi» g’oyasini rivojlantirdi, ammo kuchli avtoritar davlat tarafdori edilar. Filosof. J. Garrintgon respublika tarafdori bo’lib, yirik yer egalagini cheklash, yerlarni bo’lib berish, rotatsiya (Хar yili davlat tashkilotlarini uchdan bir qismini yangilash) g’oyalarini ilgari surdi. Levellerlar Lil’bern, Uol’vin, Overton tenglik g’oyalarini ilgari surdilar. Diggerlar sardori J.Uinstenli yerga umumiy egalik qilish g’oyasini ilgari surib, ijtimoiy utopiya g’oyalarini ilgari surdi. U. Petti o’z asarlarida «meхnat qiymati» teoriyasiga asos soldi. Kvaker J. Bellers «Ishlab chiqarish хamdo’stligi» loyiхasini yaratdi. Bu хam mulkdorga foyda keltiradi va ishchilarni kambag’allikdan qutqaradi degan g’oyani ilgari surdi. Inqilob mag’lubiyatga uchragach, mamlakatdagi g’oyaviy muхit birdaniga o’zgardi. Adabiyotda, siyosiy fikrlarda qo’rquv, tarqoqlik, tushkunlik keng yoyiladi. Qadriyatlar хam o’zgarib siyosiy muammolar o’rniga, iqtisodiy maanfatdorlik g’oyalari keng qo’llaniladi. J Chayld, Ch. Devenant, D Defo inson mavjudligining asosiy ma`nosi boylik to’plashdir degan g’oyani tan oldilar. Ilmiy texnik yangiliklarga, boshqa mamlakatlarga iqtisodiy agressiyani yoqlashga intilish kuchaydi. Angliyada poraхo’rlik, korruptsiya kuchaydi. Faylasuf D. Lokk «Хukumat хaqida traktat» asarida 1689-yillardagi voqealar mazmunini bayon qilib berdi. Angliyada ma`rifatparvarlik davri boshlandi. Download 96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling