Mavzu: Kirish. Integratsiya kursi va vazifalari (2 soat) Reja


Download 77.5 Kb.
bet2/7
Sana30.04.2023
Hajmi77.5 Kb.
#1408832
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu Integ

Innovatsion faoliyat- bu ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba sinov ishlari olib borish yoki boshqa fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi texnologik jarayon yoki yangi takomillashtirilgan mahsulot yaratish bo‘lib, uning progmatik xususiyati shundaki, u g‘oyalar maydonida ham va alohida bir subyektning harakat maydonida ham amalga oshirilmaydi, balki bu faoliyatni amalga oshirish tajribasi kishilar hayotida hamma bop bo‘ladigan holdagina haqiqiy innovatsion hisoblanadi.
Innovatsion faoliyatning asl mazmuni amalda yangi Olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida o‘tgan asrning 80-yillari ikkinchi yarmida, pedagogik faoliyat bu - ijodiy jarayon va pedagogic innovatsiyalar birlashmasi, degan yangi ilmiy y o‘nalish tarkib topdi. Bu esa o ‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyatining shakllanishi va rivojlanish jarayonini tahlil qilish imkonini berdi.
Innovatsion faoliyatning umumiy va alohida jihatlarini K.Angelovskiy, G.I.Gorskaya, V.A.Kan-Kalik, S.L.Kuzmina, V.A.Slastenin, L.M .Fridman kabi olimlar o‘zlarining ilmiy tadqiqot ishlarida yoritib berdilar.
«Innovatsiya»-bu ta’lim. U ma’lum bosqichlar bo‘yicha rivojlanadigan jarayon. Ta’ lim sohasida innovatsion pedagogika shakllanib, rivojlanib bormoqda. Mazkur yangi fan haqida olimlar tomonidan jiddiy fikrlar bildirilmoqda. Bu fanning asosiy vazifasi hukmron bolib turgan butun o ‘quv-tarbiya tizimi nazariyasini innovatsiya asosida qayta tashkil etib o‘zlashtirishdir.
Mamlakatimizda pedagogik innovatsiyani rivojlantirish muammolari ustida pedagog olimlardan N.Azizxo‘jayeva, B.Farberman,R.Mavlonova, U.Nishonaliyev, N.Sayidahmedov, M .Ochilovlar ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Innovatsiyalar dolzarb muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlardir.
Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida tug‘ilib, ta’lim mazmunini rivojlantirish uchun istiqbolli bo‘ladi, shuningdek, umuman ta ’lim tizimi rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Innovatsiya - ma’lum bir faoliyat maydonidagi yoki ishlab chiqarishdagi texnologiya, shakl va metodlar, muammoni yechish uchun yangicha yondashuv yoki yangi texnologik jarayonni qo‘llash muvaffaqiyatga erishishga olib kelishi ma’lum bo‘lgan oxirgi natijadir.
2.Bugun ta’lim tizimidagi innovatsiyalarni quyidagicha tasniflash ma’qullanmoqda:
• Faoliyat yo‘nalishiga qarab (pedagogik jarayondagi, boshqaruvdagi). • Kiritilgan o ‘zgarishlarning tavsifiga ko‘ra (radikal, modifikatsiyalangan, kombinatsiyalangan).
• 0 ‘zgarishlar ko‘lamiga ko‘ra (lokal, modulli, tizimli).
• Kelib chiqish manbayiga ko‘ra (shu jam oa uchun ichki yoki tashqaridan olingan).

Download 77.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling