Mavzu: Kirish. Integratsiya kursi va vazifalari (2 soat) Reja


Download 77.5 Kb.
bet3/7
Sana30.04.2023
Hajmi77.5 Kb.
#1408832
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu Integ

Integratsiya kursi - o'quv fanlaridan biri bo'lib, fanlar aro bilimlar (integrativ bilimlar)ni chuqurlashtirish va oshirish, ularni shakllantirish uchun o'rganiladi. U har xil turlar, usllar, uslublar, fanlar aro integratsiya obyektlari asosida tuzilgan. Integratsiya kurslarining sinflarga bo'linishini turli asoslarda tahlil qilish mumkin:
• maqsad va muammolar asosida;
• maktab tabiiy-ilmiy tizimidagi vazifaIari asosida;
• qo'shiluvchi fan tarmoqIari asosida;
• integratsiya usullari va yo'nalishlari asosida;
• o'quv rejasidagi yo`nalish sosida;
• kursni o'rganishga sarflangan vaqt asosida;
•o'quvchila r uchun qiyinlik darajasi asosida .
Innovatsiyaning maqsadi - sarflangan mablag‘ yoki kuchdan eng yuqori natija olishdan iborat. Boshqa turli-tuman o ‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan yangiliklardan farqli o ‘laroq, innovatsiya boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi o‘zgarishlar mexanizmini tashkil etadi. Ta’lim tizimidagi har qanday yangilik innovatsiya bo‘la olmaydi. Shu sababli «novatsiya» va «innovatsiya» tushunchalari o ‘rtasidagi asosiy farqlarni ko'rsatib o ‘tish zarur. Buning uchun islohot faoliyatining aniq shakli, mazmuni va ko‘lami asos bo‘lib xizmat qiladi. Agar faoliyat qisqa muddatli bo‘lsa va yaxlit tizim xususiyatiga ega bo`lmasa, o ‘z oldiga muayyan tizimdagi faqat ba’zi elementlarini o ‘zgartirishni vazifa qilib qo‘ygan bo‘lsa, u holda biz novatsiya bilan muloqot qilayotgan bo`lamiz. Agar faoliyat ma’lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilayotgan bo‘lsa va uning natijasi o‘sha tizim rivojlanishiga yoki uning prinsipial o‘zgarishiga olib kelsagina innovatsiya deya olamiz. Har ikkala tushuncha mezonlari quyidagicha:
novatsiya amaldagi nazariya doirasida amalga oshiriladi, ko‘lam va vaqt bo‘yicha chegaralanadi, metodlar yangilanadi va natijasi avvalgi tizimni takomillashtiradi.
Innovatsiya esa tizimli, yaxlit va davomli boladi, m a’lum amaliyotda yangi faoliyat tizimini loyihalaydi, amaliyot subyektlari pozitsiyalarini to ‘la yangilaydi. Bunda faoliyatning yangi y o ‘nalishlari ochiladi, yangi texnologiyalar yaratiladi, faoliyatning yangi sifat natijalariga erishiladi, natijada amaliyotning o‘zi ham yangilanadi. Innovatsiyaning amaliyotga kiritilishi innovatsion jarayonlarda amalga oshiriladi.
Innovatsion jarayon deb innovatsion o‘zgarishlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni amalga oshirish jarayoniga aytiladi. «Innovatsion faoliyat - bu yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy m e’yorlarning mos kelmasligi yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan m e’yorining mavjud m e’yor bilan to‘qnashuvi natijasida vujudga kelgan, majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyatdir», - deb ta’kidlaydi V.I.Slobadchikov.

Download 77.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling