Mavzu: Kirish. Integratsiya kursi va vazifalari (2 soat) Reja


Innovatsion faoliyat amaliy nazariyaning muhim qismi bo‘lib, ijtimoiy-madaniy obyekt


Download 77.5 Kb.
bet4/7
Sana30.04.2023
Hajmi77.5 Kb.
#1408832
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu Integ

Innovatsion faoliyat amaliy nazariyaning muhim qismi bo‘lib, ijtimoiy-madaniy obyekt sifatlarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy subyektlarning harakat tizimidir, u ma’lum doiradagi muammolarni yechish qobiliyatigina emas, balki har qanday vaziyatdagi muammolarni yechish uchun motivatsion tayyorgarlikka ega bolishdir. 0‘qituvchi innovatsion faoliyatining markaziy masalasi o ‘quv jarayonini samarali tashkil etishdan iborat.
Innovatsion faoliyat-bu ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba sinov ishlari olib borish yoki boshqa fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi texnologik jarayon yoki yangi takomillashtirilgan mahsulot yaratish bo‘lib, uning progmatik xususiyati shundaki, u g‘oyalar maydonida ham va alohida bir subyektning harakat maydonida ham amalga oshirilmaydi, balki bu faoliyatni amalga oshirish tajribasi kishilar hayotida hamma bop bo‘ladigan holdagina haqiqiy innovatsion hisoblanadi. Innovatsion faoliyatning asl mazmuni amalda yangi texnologiyaning shakllanishi bo‘lib, uning natijasi innovatsiya sifatida yuzaga kelgan ixtironi loyihaga, loyihani texnologiyaga aylantirishga yo‘naltirilgan faoliyatdir.
0‘qituvchi innovatsion faoliyatni tashkil etib, uning shakllanish bosqichlarini quyidagicha belgilashi mumkin:
Birinchi bosqich - tayyor metodik tavsiyanomalar aniq qilib ko‘chiriladi. Ikkinchi bosqich - mavjud tizimga ayrim yangi moslama (modifikatsiya) lar, metodlar kiritiladi.
Uchinchi bosqich – yangi g‘oyani amalga oshirish mazmuni, metodlari va shakli to ‘la ishlab chiqiladi.
To‘rtinchi bosqich - o ‘qituvchi o ‘qitish va tarbiyalashning o ‘z konsepsiyasini va metodikasini ishlab chiqadi.
O‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlashda jamoadagi psixologik muhitni, jamoa a ’zolarining qanchalik darajada dunyo ta ’lim bozoridagi yangiliklardan xabardor ekanligini hisobga olish zarur. Pedagogika - ta’lim-tarbiya to'g ‘risidagi ilmiy bilimlar tizimi: obyektivlik, maqsadga muvofiqlik, mustahkamlik, bir-biriga zid bo`lmaslik uning asosiy xarakteristikalaridir.
Insonning shakllanganligi, rivojlanganligi va tarbiyasi haqidagi bilim, uning yuksak darajasi, talabga muvofiqligi obyektivlikning yagona talabidir. 0 ‘sib kelayotgan avlod tarbiyasi juda jiddiy jarayon bo‘lib, uni o‘tkinchi narsalarga bog'Iiq qilib qo'yish mumkin emas. Chunki uni tashkil etuvchi qoidalar inson tabiati va uning rivojlanishi haqidagi obyektiv ma’lumotlarga ziddir. Mustahkam, kuchli, ta’sirchan tarbiya tizimini faqatgina pedagogika fanida o'rnatilgan obyektiv asoslar va am aliyotda tasdiqlangan qoidalar yordamida rivojlantirish mumkin. Bu, albatta, innovatsion pedagogika hamda gumanistik (insonparvarlik) pedagogikalar bilan bog'liqdir.
Insonparvarlik lotincha «hunmanus» so'zidan olingan bo'lib, «insoniy» degan ma’noni anglatadi. Insonparvarlik - inson qadriyatlari, erkinliklari, baxtga bo'lgan huquqini, qobiliyatlarini rivojlanishi va namoyon bo‘lishini tan oladigan qarashlar tizimi.

Download 77.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling