Turli xossali tuzlarning suvli eritmalarida elektroliz hodisalari
U – simon nay olib, unga CuCl eritmasidan quyamiz. Mis (II)- xlorid tuzi suvda eriganda mis va xlorid ionlariga ajraladi: CuCl Cu +2Cl -
U – simon nayga ikkita elektrod tushiramiz va ularni o`zgarmas tok manbaiga ulaymiz. Bunda elektrodlarning manfiy qutbi katod (K), musbat qutbi esa anod (A) vazifasini o`taydi. O`zgarmas tok manbai go`yoki «elektron nasos» vazifasini bajaradi (akkumulyator yoki o`zgaruvchan tokni o`zgarmas tok manbaiga aylantirib beruvchi to`g`rilagich). Elektrodlar
o`zgarmas tok manbaiga ulangunga qadar eritmadagi mis va xlorid ionlari tartibsiz harakatda bo`ladi. Elektrodlar tok manbaiga ulangach, ionlarning tartibsiz harakati to`xtab, mis ionlari katod atrofiga, xlorid ionlari esa anod atrofiga to`planadi. Elektronini yo`qotgan mis ionlari elektronning kuchli oqimi ta`sirida katodda elektron qabul qilib qaytariladi:
katodda: Cu +2e-→ Cu (qaytarilish)
Agar eritmadan bitta mis ioni katoddan ikkita elektron qabul qilib qaytarilsa, eritmada ikkita xlorid ionlari zaryadi hisobiga ikkita elektron ortiqcha bo`lib qoladi va ikkita xlorid ioni ikkita elektronni anodga beradi va oksidlanadi:
anodda:
2Cl 2e Cl
(oksidlanish)
2
Shunday qilib, tok manbaidan chiqib kelgan elektrodlar yana tok manbaiga (akkumulyator yoki tok to`g`rilagichga) qaytib ketadi, buni uzatgichlarga qo`yilgan ampermetr ham ko`rsatib turadi. Agar elektrodlar tok manbaidan uzib qo`yilsa anodda gaz ajralishi to`xtaydi. Demak, katodda misning qaytarilishi, anodda esa xlorning oksidlanishi
sodir bo`lmaydi. Agar sistemaga yana tok manbaiga ulansa katadda qaytarilish, anoda esa oksidlanish davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |