Mavzu: Kirish. Tibbiyot texnikasi va yangi tibbiyot texnologiyalari fani. Zamonaviy fan- texnika yutuqlari va kompyuter dasturlari taxliliining tibbiyotda yangi tibbiy texnologiyalarini rivojlanishidagi axamiyati
AEROIONLAR VA ULARNING DAVOLASH-PROFILAKTIK TA’SIRI
Download 0.92 Mb.
|
6-Maruza taqdimoti (1)
AEROIONLAR VA ULARNING DAVOLASH-PROFILAKTIK TA’SIRI
Tabiiy sharoitda havoda ionlanish yuqori bo‘lgan (tog‘lar, sharshara va hokazo) joylarda bemorlaming turishi bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy aeroionoterapiyani maxsus qurilmalar aeroionizatorlar yordamida o‘tkaziladigan sun’iy aeroionoterapiya bilan almashtirish mumkin. Biroq sun’iy aeroionoterapiya davolash maqsadida ishlatilganda organizmga zarar keltirmaydigan bo‘lishi kerak.
Uning turlaridan biri elektrostatik dush (franklinizatsiya)dir. Franklinizatsiya vaqtida yuqori kuchlanishli (50 kV gacha) doimiy elektr maydon ishlatiladi. Bu vaqtda hosil bo'ladigan aeroionlar va ozgina azon davolash ta’sirini ko'rsatadi. Franklinizatsiya umumiy va mahalliy davolash tadbirlari shaklida o‘tkaziladi. Umumiy franklinizatsiya vaqtida bemor izolyatsiyalangan metall plastinkali yog‘och kursida o'tiradi, metall plastinka apparatning musbat qutbiga ulanadi. Bemor boshining tepasiga 10-15 sm masofada ,,o‘rgimchak“ shaklidagi elektrod joylanadi, bu elektrod apparatning manfiy qutbiga ulanadi.
Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling