Mavzu: Kirish


Download 3.96 Mb.
Pdf просмотр
bet5/23
Sana15.12.2019
Hajmi3.96 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23

a) Ta’limiy: O`quvchilarga O‘zbekiston iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasi fanning maqsad va vazifalari
nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish. 
b)  Tarbiyaviy:  O`quvchilarga  mustaqil  fikr  yuritishni,  olgan  bilimlarini  hayot  bilan  bog`lay  olishni, 
ilmiy  dunyoqarashlarini  shakllantirish,  estetik  did  axloqiy  sifatlarini  kasb-hunarga  bo`lgan 
qiziqishlarini tashkil toptirish 

 
 
v)  Rivojlantiruvchi:  Mustaqil ishlash  va  fikrlash  orqali  bilim  olishga,  xotirani mustahkamlashga,  tez 
fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish. 
 
Qo’llanilgan kompetensiya: Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi: 
 
II. Darsning turi:     Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy. 
III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash. 
IV. Darsning jihozi: Darslik, ko‘rgazmali qurollar, globus, xarita. 
V. Dars uchun talab etiladigan vaqt:   45 daqiqa:  
 
Darsning  texnik chizmasi: 
 
VI. Darsning borishi (reja): 
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni  aniqlash c) darsga tayyorgarlik 
ko`rish va dars rejasi.  
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish 
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy. 
 
VII. O’tilgan mavzuni takrorlash 
1. Energetika boyliklarining asosiy turlarini aytib bering. 
2. Yoqilg‗i-energetika balansi deganda nimani tushunasiz? 
3. O‗zbekiston yoqilg‗i-energetika balansida qanday o‗zgarishlar bo‗lmoqda va bunga sabab nima? 
VIII. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:  
Gaz  sanoati.  Yoqilg‗i  sanoatining  eng  yosh  tarmog‗i  bo‗lgan  gaz  sanoati  keyingi  yillarda  jadal  rivojlanmoqda. 
Gaz - yoqilg‗ining juda arzon turi. Gazdan sanoatda ham, maishiy hayotda ham foydalaniladi. Gaz qimmatbaho kimyoviy 
xomashyo hamdir. Yoqilg‗ining boshqa turlariga qaraganda gaz havoni eng kam ifloslantiradi. 
Mamlakatimizda  ko‗mir  va  neftga  nisbatan  tabiiy  gaz  ancha  ko‗p.  Gaz  konlari  neft  konlari  bilan  yonma-yon 
joylashgan.  Gazning  ozroq  qismi  (yo‗ldosh  gaz)  neft  bilan  birga  qazib  chiqariladi,  lekin  gazning  asosiy  qismi  sof  gaz 
konlaridan  olinadi.  Respublikamizda  o‗tgan  asrning  o‗rtalarida  dastlab  Farg‗ona  vodiysidagi  neft  konlarida  uchraydigan 
yo‗ldosh  gazdan  sanoatda  va  aholining  maishiy  ehtiyojida  foydalanila  boshlandi.  O‗sha  paytda  O‗zbekistonda  yiliga 
o‗rtacha 9  mln kub  metr tabiiy gaz qazib chiqarilgan  bo‗lsa, endilikda  yiliga qazib olinayotgan gaz 60  mlrd kub  metrga 
yaqin bo‗lmoqda. Tabiiy gazdan foydalanish tufayli mamlakat yoqilg‗i balansida jiddiy o‗zgarish yuz berdi. 
Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti - OPEKning rasmiy ma'lumotlariga ko‗ra O‗zbekiston tabiiy gaz qazib oluvchi 
mamlakatlar reytingida 14-o‗rinni egallaydi. 
Farg‗ona  vodiysidan  tashqari  Buxoro,  Surxondaryo  va  Qashqadaryo  viloyatlari  hamda  Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi hududidan boy tabiiy gaz konlari topilishi natijasida O‗zbekiston gazni eksport qila boshladi. 
Gaz quvurlar orqali yuborilishi sababli transport xarajati har qanday yoqilg‗ini tashishdan arzon tushadi. 
Gaz quvurlarining uzunligi tez oshib  bormoqda. Dastlabki tabiiy gaz quvurlari  Farg‗ona  vodiysida qurilgan edi. 
O‗zbekistonda issiq kunlar ko‗pligidan faqat qish kunlari gaz ko‗p talab qilinadi. Gazni ko‗p iste'mol qiladigan Toshkent, 
Farg‗ona, Andijon kabi shaharlarda yozda tejalgan gazni yerosti omborlariga yig‗ib qo‗yib, qishda foydalaniladi. Gaz sifatli 
yoqilg‗igina  emas,  balki  kimyo  sanoatining  qimmatli  xomashyosi  hamdir.  Gazga  bo‗lgan  talab  kimyo,  issiqlik  elektr 
stansiyalari va maishiy xo‗jalikda tobora ortib bormoqda. Shunga ko‗ra qo‗shimcha gaz chiqarish yo‘llari izlanmoqda, gaz 
quvurlarining gaz o‗tkazish imkoniyati oshirilmoqda. 
Dars bosqichlari 
Vaqt 
Tashkiliy qism.  
3 daqiqa 
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik 
12  daqiqa 
Yangi mavzuni yoritish 
14  daqiqa 
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish 
12  daqiqa 
Darsni yakunlash 
2  daqiqa 
Uyga beriladigan topshiriqlar  
2 daqiqa 

 
 
 
Neft  sanoati.  Neftsiz  hozirgi  zamon  iqtisodiyotini  yuritish  mumkin  emas.  Neft  xom  holida  ishlatilmaydi.  Qayta 
ishlash  natijasida  undan  turli  xil  yoqilg‗i,  ya‘ni  kimyoviy  mahsulotlar  olinadi.  Neftni  qazib  chiqarish  xarajati  ko‗mirni 
qazib chiqarish xarajatidan o‗rta hisobda 4 barobar kam. Milliy iqtisodiyotda neftdan keng foydalanish juda ko‗p mablag‗ni 
tejashga imkon beradi. 
Mahsulot  birligini  olish  (aytaylik,  1  t  neft  qazib  chiqarish)  uchun  ketadigan  pulda  ifodalangan  hamma  xarajat  mahsulot 
tannarxi deyiladi.  
Neftning tannarxi u qanday  chuqurlikdan olinayotganligidan ko‗ra kon- ning neftga qanchalik boyligiga  bog‗liq. 
Neft  qazib  olishning  eng  arzon  usuli  fontan  usuli  bo‗lib,  bunda  neft  quduqlardan  kondagi  bosim  tufayli  otilib  chiqadi. 
Bosim  kamaygan  holda  uni  turli  usullar  bilan  ko‗tarib  turiladi.  Neftni  nasoslar  yordamida  chiqarib  olish  ham  keng 
tarqalgan.  Gaz  singari  neftni  ham  quvurlar  orqali  yuborish  uni  tashishning  eng  arzon  va  xavfsiz  usulidir  (temiryo‗lda 
tashishga  nisbatan  4  barobar  arzonga  tushadi).  Quvur  transporti  neftni  iste‘molchilarga  bir  maromda  yetkazib  berishni 
ta‘minlaydi. Turli transport vositalariga ortish-tushirishdagi muqarrar isrofgarchilikka barham beriladi. 
qayerda ko‗p iste'mol qilinsa, neft o‗sha yerga yetkazilib, qayta ishlanadi. Bunday qilinmasa, neft mahsulotlarining har bir 
turini yuborish uchun alohida quvurlar kerak bo‗lib, transport xarajatlari qimmatlashib ketadi. 
Mamlakatimizda olib borilgan geologiya qidiruv ishlari natijasida ko‗plab gaz-neft konlari topilmoqda. Jumladan, 
1992-yilda Namangan viloyatida Mingbuloq neft koni ochildi. 
Neftga  bo‗lgan  ehtiyojning  uzluksiz  ortayotganligini  hisobga  olib,  Buxoro  viloyatida  yiliga  5  mln  tonna  neftni 
qayta  ishlay  oladigan  zavod  qurildi.  Bu  korxona  1997-yildan  mahsulot  bera  boshladi.  Hozir  50  turdan  ortiq  neft 
mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. 
 
O‗zbekistonda  iste‘molga  yetishmayotgan  neft  xorijdan  import  qilinmoqda.  Hozirda  neftni  qayta  ishlash 
korxonalari bir yilda 11 mln tonna neftni qayta ishlash quvvatiga ega. 
Rivojlangan  mamlakatlarga  qiyoslaganda  bizda  energiya  iste'moli  tarkibida  neft  mahsulotlarining  ulushi  ancha  yuqori. 
Yoqilg‗i-energetika  balansida  neft  mahsulotlari  ulushi  kelgusida  kamayishi  zarur.  Buning  uchun  mavjud  avtomobil  va 
traktorlarni yangi tejamkor texnologiya bilan jihozlash kerak bo‗ladi. Bu ko‗p mablag‗ talab etadigan va ancha murakkab 
vazifa. Binobarin, yaqin o‗n yilliklarda ham yoqilg‗i-energetika balansida neftning ulushi barqaror saqlanib turadi. 
 
IX.Yangi mavzuni mustahkamlash: 
1. Dastlabki ishga tushirilgan gaz konlarini geografiya daftaringizga yozing. 
2. Gaz quvurlari qaysi shaharlarga qaysi kondan kelishini xaritadan aniqlang. 
3. Neft olinadigan konlarni xaritadan aniqlang. 
4. Gaz va neftni qayta ishlash korxonalarini joylashtirish qanday umumiylikka ega? 
 
X.Uyga  vazifa:  Mavzuni  o`qib  o`rganib  kelish  mavzu  yuzasidan  berilgan  savol  va  topshiriqlarni 
bajarish.  
XI.Foydalanilgan adabiyotlar:    Geografiya  8-sinf darsligi, qo`shmcha adabiyotlar. 
 
 
 

 
 
O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: __________  ___________________________ 
Sana _____ ______ _________-yil Geografiya fani Sinf: 8____________ 
 
15Mavzu: Nazorat ishi-2. 
 
I. Darsning maqsadi: 
a) Ta’limiy: O`quvchilarga O‘zbekiston iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasi fanning maqsad va vazifalari, 
nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish. 
b)  Tarbiyaviy:  O`quvchilarga  mustaqil  fikr  yuritishni,  olgan  bilimlarini  hayot  bilan  bog`lay  olishni, 
ilmiy  dunyoqarashlarini  shakllantirish,  estetik  did  axloqiy  sifatlarini  kasb-hunarga  bo`lgan 
qiziqishlarini tashkil toptirish 
v)  Rivojlantiruvchi:  Mustaqil ishlash  va  fikrlash  orqali  bilim  olishga,  xotirani mustahkamlashga,  tez 
fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish. 
 
Qo’llanilgan  kompetensiya:  Globus,  geografik  atlas  va  xaritalardan  amaliyotda  foydalana  olish 
kompetensiyasi: 
 
II. Darsning turi:     Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy. 
III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash. 
IV. Darsning jihozi: Darslik, ko‘rgazmali qurollar, globus, xarita. 
V. Dars uchun talab etiladigan vaqt:   45 daqiqa:  
 
Darsning  texnik chizmasi: 
 
VI. Darsning borishi (reja): 
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni  aniqlash c) darsga tayyorgarlik 
ko`rish va dars rejasi.  
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish 
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy. 
 
VII. O’tilgan mavzuni takrorlash 
1. Dastlabki ishga tushirilgan gaz konlarini geografiya daftaringizga yozing. 
2. Gaz quvurlari qaysi shaharlarga qaysi kondan kelishini xaritadan aniqlang. 
3. Neft olinadigan konlarni xaritadan aniqlang. 
4. Gaz va neftni qayta ishlash korxonalarini joylashtirish qanday umumiylikka ega? 
 
VIII. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:  
1.Test savollarini yeching. 
1. Qaysi qatorda qadimgi shaharlar keltirilgan? 
a.Qo‘qon, Xiva, Samarqand, Toshkent.              b. Buxoro, Andijon, Xiva, Keles. 
s.Samarqand, Xiva, Uchquduq, Nukus .              d.a,b to‘g‘ri 
2. XXasr boshida mamlakatimiz hududida shaharlar soni qancha bo‘lgan ? 
a. 20ga yaqin      b.21ta    s.35dan ortiq    50ga yain 
3. 2019 yilda shahar aholisining salmog‘i qancha  %ni tashkil etgan? 
a.50%     b.50,5%       s.56%    d.53,1% 
4. Namangandagi neft koni qachon ochilgan? 
a.1996yil           b.1992yil            s.1991yil       d.1995yil 
Dars bosqichlari 
Vaqt 
Tashkiliy qism.  
3 daqiqa 
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik 
12  daqiqa 
Yangi mavzuni yoritish 
14  daqiqa 
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish 
12  daqiqa 
Darsni yakunlash 
2  daqiqa 
Uyga beriladigan topshiriqlar  
2 daqiqa 

 
 
5. Sanat tarmoqlarining mahsulot ishlab chiqarish tarkibida  16,3% qaysi sanoat hissasiga to‘g‘ri keladi? 
a.ko‘mir   sanoati        b.kimyo  sanoati       s.yengil sanoati          d.metallurgiya  
6. Qaysi shaharlarda gaz saqlash omborlari  bor? 
a.Toshkent, Farg‘ona, Andijon.       B.Samarqand, Buxoro, Namangan s.Xiva, Chust, Kitob      d.Qarshi, Xiva, Farg‘ona  
7. Mamlakatimizdagi eng yirik sanoat shahrini aniqlang. 
a.Andijon           b.Farg‘ona              s.Navoiy                d.Toshkent. 
8. Yirik shaharlarning aholisi qanchagacha  bo‘ladi ? 
a.250 mingdan ortiq         b.100  mingdan ortiq     s.50 mingdan ortiq   d.500 mingdan ortiq 
9. O‘zbeklarning salmog‘i yurtimizda qancha ? 
a.   45 ,8% 
b.84%         s.71,6%       d. 67 ,9% 
10. O‘zbekiston  tabiiy gaz qazib  qiluvchi mamlakatlar reytingida nechanchi orinni egallaydi? 
a. 14-o‘rinda       b.18-o‘rinda                s.31-o‘rinda               d.22-o‘rinda 
11. Yoqilg‘i sarfi dinamikasida qaysi yoqilg‘ining hissasi yuqori. 
a.neft                 b. tabiiy gaz             s.ko‘mir     d.o‘tin  
12. Yurtimizda yiliga qancha gaz  qazib chiqarilmoqda? 
a.10mln kub metr    b.  68 mln kub metr      s.60 mln kub metr      d.60 mlrd kub metr. 
13. Eng yuqori issiqlik koefisentiga ega bo‘lgan  yoqilg‘ini toping. 
a.torf               b.toshko‘mir            s. neft               d.qo‘ng‘ir ko‘mir 
14. Bugungi kunda (2018yil) yalpi ichki mahsulot tarkibida  sanoatning ulushi necha % ga teng? 
a. 30,6%           b.21,9%              s.14.2%         d.28.6%  
15. Ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to‘planishi nima deyiladi? 
a.ixtisoslashuv          b.kombinatlashuv        s.majmua       d.Ishlab chiqarishning markazlashuvi. 
 
Savol 









10 
11 
12 
13 
14 
15 
Javob 















ball 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
16.  Turli  xil  yoqilg‘ilarning qazib olish,  bergan  energiyasi  va ulardan  iqtisodiyotdagi  foydalanish   nisbati  nima  deyiladi?  
___________________________________________ 
________________________________________________________________________ 
 
17. Harakatlar strategiyasining 3-ustivor yo‘nalishi bu-―___________________________ 
________________________________________________________________________‖ 
 
18. Mehnatda  band aholining ________________________% sanoatda band hisoblanadi. 
 
19. 
Kishilarning 
mehnat 
faoliyati 
 
-__________________________________________ 
va 
_________________________________________________________sohalarga bo‘linadi. 
 
20. 
Milliy 
iqtisodiyotdagi 
moddiy 
ne‘matlar 
ishlab 
chiqaruvchi 
muhim 
tarmoq 
bu-
_____________________________________________________________________dir. 
 
II. Ozbekiston shaharlari jadvalni to’ldiring. (13-rasmdan foydalanib) 
T/r 
Millioner shaharlar 
Juda yirik shaharlar 
Yirik shaharlar 
Katta shaharlar 

Toshkent 
Samarqand 
Nukus 
Urganch 

 
Namangan 
Buxoro 
Navoiy 

 
 
Farg‘ona 
Qarshi 

 
 
Andijon 
Shaxrisabz 

 
 
 
Termiz 

 
 
 
Jizzax 

 
 
 
Chirchiq 

 
 
 
Angren 

 
 
 
Qo‘qon 
 
 

 
 
IX.Uyga  vazifa:  Mavzuni  o`qib  o`rganib  kelish  mavzu  yuzasidan  berilgan  savol  va  topshiriqlarni 
bajarish.  
X. Foydalanilgan adabiyotlar:    Geografiya  8-sinf darsligi, qo`shmcha adabiyotlar. 
 
 
 
O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: __________  ___________________________ 
 
 
Sana _____ ______ _________-yil Geografiya fani Sinf: 8____________ 
 
16Mavzu: O‗zbekiston ko‗mir sanoati.. 
 
I. Darsning maqsadi: 
a) Ta’limiy: O`quvchilarga O‘zbekiston iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasi fanning maqsad va vazifalari, 
nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish. 
b)  Tarbiyaviy:  O`quvchilarga  mustaqil  fikr  yuritishni,  olgan  bilimlarini  hayot  bilan  bog`lay  olishni, 
ilmiy  dunyoqarashlarini  shakllantirish,  estetik  did  axloqiy  sifatlarini  kasb-hunarga  bo`lgan 
qiziqishlarini tashkil toptirish 
v)  Rivojlantiruvchi:  Mustaqil ishlash  va  fikrlash  orqali  bilim  olishga,  xotirani mustahkamlashga,  tez 
fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish. 
 
Qo’llanilgan kompetensiya: Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi: 
 
II. Darsning turi:     Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy. 
III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash. 
IV. Darsning jihozi: Darslik, ko‘rgazmali qurollar, globus, xarita. 
V. Dars uchun talab etiladigan vaqt:   45 daqiqa:  
 
Darsning  texnik chizmasi: 
 
VI. Darsning borishi (reja): 
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni  aniqlash c) darsga tayyorgarlik 
ko`rish va dars rejasi.  
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish 
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy. 
 
VII. O’tilgan mavzuni takrorlash 
1. Dastlabki ishga tushirilgan gaz konlarini geografiya daftaringizga yozing. 
2. Gaz quvurlari qaysi shaharlarga qaysi kondan kelishini xaritadan aniqlang. 
3. Neft olinadigan konlarni xaritadan aniqlang. 
4. Gaz va neftni qayta ishlash korxonalarini joylashtirish qanday umumiylikka ega? 
 
VIII. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:  
Bu  sanoat  tarkibida  bir  nechta  ko‗mir  koni  mavjud.  Ulardagi  ko‗mir  zaxirasi  2  mlrd  tonnani 
tashkil  etadi.  Dastlabki  ko‗mir  Angren  konidan  1950-yillarda  qazib  olingan.  Ko‗mir  koni  yer  sirtiga 
yaqin joylashgan. Unda ko‗mirning 9/10 qismini ochiq usulda qazib olinmoqda. 
Dars bosqichlari 
Vaqt 
Tashkiliy qism.  
3 daqiqa 
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik 
12  daqiqa 
Yangi mavzuni yoritish 
14  daqiqa 
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish 
12  daqiqa 
Darsni yakunlash 
2  daqiqa 
Uyga beriladigan topshiriqlar  
2 daqiqa 

 
 
Ochiq usulda har bir shaxtyorning qazib oladigan ko‗miri shaxta usulida qazib olinadigandan 6 
barobar  unumli  bo‗ladi.  Shu  bilan  birga,  karyer  (havza)  qancha  katta  bo‗lsa,  xarajat  shuncha  kam 
bo‗ladi.  Angren  ko‗miri  sifati  past  -  qo‗ng‗ir  ko‗mirdir.  Shunday  bo‗lsa-da,  O‗zbekistondagi  boshqa 
ko‗mir  konlaridagiga  nisbatan  ko‗mir  zaxirasi  katta  hamda  iste‘molchiga  yaqin  va  yuza 
joylashganligidan ko‗mir qazib chiqarish jadal o‗sdi. Ko‗mirning asosiy qismi kon  yaqinidagi IESda 
ishlatiladi.  Bir  qismi  esa  yer  ostida  gazga  aylantiriladi.  Ko‗mir  tarkibida  nodir  va  tarqoq  elementlar 
hamda ko‗plab gilmoya uchraydi, bir yo‗la ulardan foydalanish esa konning samaradorligini yana ham 
oshiradi.  Biroq  ko‗mir  ochiq  usulda  qazib  olinishi  oqibatida  katta-katta  yer  maydonlarini  kon 
chiqindilari band qilib, tutun va qurumdan qishloq xo‗jaligi jiddiy zarar ko‗rmoqda. 
 
 
Bunday  noxush  holatning  chorasi  sifatida  ko‗mir  sanoatidan  zavol  ko‗rgan  maydonlar 
rekultivatsiya  qilinmoqda,  ya‘ni  qayta  tiklanmoqda,  shaxtalar  chiqindisidan  vujudga  kelgan 
tepaliklarni o‗simliklar bilan qoplash, ko‗mirni quvurlar orqali tashish choralari ko‗rilmoqda. 
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida 1950-yili Sharg‗un ko‗mir koni ishga tushirilgan. 
Kondagi  ko‗mir  yuqori  sifatli  toshko‗mir  bo‗lib,  shaxta  usulida  qazib  olinadi.  Ko‗mirning  maydasi 
qazib olingan joyda briket qilinadi. 
Briket  -  ko‗mir  kukunini  bosim  ostida  yoki  yopishqoq  moddaga  aralashtirib  zoldir  shakliga 
keltirilgan mahsulot. 
Ko‗mir  tog‗lar  osha  uzunligi  17  km  dan  ortiq  osma  sim  yo‗l  vositasida  temiryo‗lga  yetkazib 
beriladi. Angren, Sharg‗un va Boysun konlaridan yiliga 4 mln tonnaga yaqin ko‗mir qazib olinmoqda. 
Lekin  bu  miqdor  O‗zbekistonning  ko‗mirga  bo‗lgan  ehtiyojini  qondira  olmaydi.  Zero,  metallurgiya, 
kimyo kabi sanoat tarmoqlarining rivojlanishi ko‗mirga bo‗lgan ehtiyojni oshirib yubormoqda. 
Shunday  qilib,  O‗zbekistonda  ko‗mirning  asosiy  zaxiralari  Angren,  Sharg‗un  va  Boysun  konlarida 
joylashganligini bilib oldik. 
Ko‗mir  sanoatiga  tegishli  yana  bir  ma'lumotni  bilib  qo‗ying.  Mamlakatimizda  qazib 
olinayotgan  ko‗mirning  deyarli  hammasi  (97,4  foizi)  qo‗ng‗ir  ko‗mir,  qolgan  qismi  toshko‗mirdir. 
Mamlakatimizda  ko‗mir  qazib  olishning  o‗ziga  xos  yana  bir  xususiyati  shundaki,  uning  90-95  foizi 
ochiq usulda qazib olinadi. 
Tabiiy  gaz  sanoati  endigina  shakllanayotgan  yillarda  (1961-yilda)  Angren  ko‗mir  konida 
yerosti  gazogeneratorlarida  ko‗mirni  yuqori  bosimdagi  havo  oqimi  yordamida  gazga  aylantiradigan 
«Yerostigaz» stansiyasi ishga tushirilgan edi. Hozirda undan unumli foydalanib, qo‗ng‗ir ko‗mirning 
bir qismi yer ostida gazga aylantirilmoqda. Shu tariqa ochiq usulda qazib olinadigan ko‗mirning ham 
ahamiyati ortib bormoqda. 
 
IX.Yangi mavzuni mustahkamlash: 
1. Mamlakatimizning ko‗mir, neft, gaz konlari qayerlarda joylashgan? 

 
 
2. Yoqilg‗i sanoati tarkibi kelajakda qanday o‗zgaradi? 
3. Sharg‗un ko‗mir koni bilan Angren ko‗mir konining o‗ziga xosliklari nimada? 
 
X.Uyga  vazifa:  Mavzuni  o`qib  o`rganib  kelish  mavzu  yuzasidan  berilgan  savol  va  topshiriqlarni 
bajarish.  
XI.Foydalanilgan adabiyotlar:    Geografiya  8-sinf darsligi, qo`shmcha adabiyotlar. 
 
 
 
 
O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: __________  ___________________________ 
 
 
Sana _____ ______ _________-yil Geografiya fani Sinf: 8____________ 
 
17Mavzu: Elektroenergetika. 
 
I. Darsning maqsadi: 
a) Ta’limiy: O`quvchilarga O‘zbekiston iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasi fanning maqsad va vazifalari, 
nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish. 
b)  Tarbiyaviy:  O`quvchilarga  mustaqil  fikr  yuritishni,  olgan  bilimlarini  hayot  bilan  bog`lay  olishni, 
ilmiy  dunyoqarashlarini  shakllantirish,  estetik  did  axloqiy  sifatlarini  kasb-hunarga  bo`lgan 
qiziqishlarini tashkil toptirish 
v)  Rivojlantiruvchi:  Mustaqil ishlash  va  fikrlash  orqali  bilim  olishga,  xotirani mustahkamlashga,  tez 
fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish. 
Каталог: sites -> default -> files
files -> O 'zsan oatq u rilish b an k
files -> Aqshning Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha komissiyasi (uscirf) Davlat Departamentidan alohida va
files -> Created by global oneness project
files -> МҲобт коди Маъмурий-ҳудудий объектнинг номи Маркази Маъмурий-ҳудудий объектнинг
files -> Last Name First Name Middle Initial Permit Number Year a-card First Issued
files -> Last Name First Name License Number
files -> Ausgabe 214 Freitag, 11. Mai 2012 37 Seiten Die Rennsaison 2012 ist wieder in vollem Gan
files -> Uchun ona tili, chet tili, tarix, jismoniy tarbiya fanlaridan yakuniy nazorat imtihon materiallari va metodik
files -> O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti
files -> Sequenced by Last Name


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling