Mavzu: Kirish


VII. O’tilgan mavzuni takrorlash


Download 3.96 Mb.
Pdf просмотр
bet8/23
Sana15.12.2019
Hajmi3.96 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23

VII. O’tilgan mavzuni takrorlash 
1. Mustaqillik yillarida mashinasozlikning qaysi tarmoqlari tez rivojlandi? 
2. Transport mashinasozligi tarkibida qanday o‗zgarishlar ro‗y berdi? 
3.  Ishlab  chiqarishning  ixtisoslashuvi  va  kooperatsiyalashuvi  nima  uchun  aynan  mashinasozlikda  muhim  va  dolzarb 
hisoblanadi? 
4. O‗zbekistonda dafatan qishloq xo‗jalik mashinasozligi vujudga kelganini qanday izohlasa bo‗ladi? 
5. Irrigatsiya mashinasozligining markazi qayerda? 
VIII. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:  
Avtomobilsozlik  O‗zbekistonda  mustaqillikdan  so‗ng  shakllandi.  1992-  yilda  O‗zbekiston  Respublikasi  Janubiy 
Koreyaning  «DAEWOO»  kompaniyasi  bilan  hamkorlikda  Andijon  viloyatining  Asaka  shahrida  paxta  tashiydigan 
tirkamalar  zavodi  negizida  yengil  avtomobillar  ishlab  chiqaradigan  «Uz-Daewoo  Avto»  (bugungi  kunda  «GM 
Uzbekistan»)  avtomobil  zavodi  qurila  boshlandi.  1996-yilda  dastlabki  «Damas»,  «Tico»,  «Nexia»  rusumli  yengil 
avtomobillar  zavod  konveyeridan  chiqa  boshladi.  Bu  yosh  va  istiqbolli  soha  neft-kimyo,  elektronika  kabi  boshqa  milliy 
iqtisodiyotning yuqori texnologik sohalarining o‗ziga xos lokomotivi bo‗ldi. 
Koreyalik,  italiyalik, gollandiyalik  va amerikalik  hamkorlar  bilan  faoliyat  yuritib, kompaniya doim  respublikada 
ishlab  chiqariladigan  jamlovchi  qismlar  ulushini  oshirib  kelmoqda.  Dastlabki  yili  avtomobil  qismlarining  20  foizi 
O‗zbekistonda tayyorlangan bo‗lsa, 5 yil o‗tgach bu ko‗rsatkich 60  foizga yaqinlashdi. Endilikda bu ko‗rsatkich 85 foizni 
tashkil  etib,  avtomobilsozlik  korxonalarining  mamlakat  doirasidagi  kooperatsiyasi  yuksak  darajaga  ko‗tarildi.  Bugungi 
kunda  respublikaning  250  dan  ortiq  korxonalari  o‗z  mahsulotlarini  Asaka  shahridagi  avtozavod  konveyeriga  yetkazib 
bermoqda. 
Mahalliylashtirish  loyihalarini  amalga  oshirish  tadbirkorlik  ruhini  rivojlantirishga  yordam  berib,  qo‗shimcha  ish 
joylari yaratildi. 
 
O‘zbekiston jahonda avtomobil ishlab chiqaruvchi 28-davlatdir. 
«GM  Uzbekistan»  zavodi  «Damas»,  «Nexia»,  «Lacetti»,  «Chevrolet  Captiva»,  «Spark»,  «Malibu»  kabi 
avtomobillarini ishlab chiqarmoqda. 
 
O‗zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarning eksport hajmi ortib, geografiyasi kengayib bormoqda. Birgina 
Rossiya Federatsiyasida 750 mingdan ortiq bizda ishlab chiqarilgan avtomobillar harakatlanmoqda. O‗zbekiston Rossiyaga 
avtomobil sotish bo‗yicha Chexiya, AQSH, Ukraina hatto Fransiyadan ham oldinda turadi. 
Yengil avtomobillardan tashqari O‗zbekistonda Yaponiyaning ISUZU va Germaniyaning MAN korxonalari bilan 
birgalikda  tashkil  qilingan  qo‗shma  korxonalarda  avtobuslar,  yuk  mashinalari,  turli  maxsus  texnikalar  ishlab  chiqarish 
yo‗lga qo‗yildi. Ayni paytda mazkur korxonalar avtotransport vositalarining 30 dan ortiq turini ishlab chiqaradi. Loyihani 

 
 
ishlab  chiqish  davrida  «SamAvto»  qo‗shma  korxonasining  ta'minotchisi  bo‗lishi  mumkin  bo‗lgan  korxonalar  aniqlandi. 
Ular  orasida:  lok-bo‗yoq,  o‗rindiq  va  detallar  hamda  ko‗plab  boshqa  buyumlar  ishlab  chiqarish  bo‗yicha  O‗zbekiston-
Janubiy  Koreya  qo‗shma  korxonalari  bor.  Istiqbolda  mahalliy  ishlab  chiqarish  ulushi  avtobuslarning  56  va  yuk 
mashinalarning 44  foizini tashkil etishi  kerak. Bu  mamlakatimiz  mashinasozligi  o‗zining  mustahkam zaminiga  va porloq 
istiqboliga ega ekanligidan dalolat beradi. 
Xorazm  viloyati  filiali  mamlakatimiz  avtomobilsozlik  sanoati  tarkibida  iqtisodiyotimiz  rivojiga  salmoqli  hissa 
qo‗shayotgan korxonalardandir. Filial yiliga 40 ming avtomobil  ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‗lib, «Damas», «Labo», 
«Orlando» rusumli avtomobillar ishlab chiqariladi. 
 
 
Mamlakatimizda  avtomobil  sanoatini  rivojlantirish  borasida  2017-yil  yana  bir  qadam  qo‗yildi.  «O‗zavtosanoat» 
АК  va  Fransiyaning  «Pejo  Citroen»  gu-  ruhi  o‗rtasida  O‗zbekistonda  yengil  tijorat  avtomobillarini  ishlab  chiqaruvchi 
qo‗shma korxona  barpo etish  bo‗yicha kelishuv  imzolandi. Unga ko‗ra, yangi korxona  «Jizzax» erkin  iqtisodiy  zonasida 
quriladi.  Zavod  «Peugeot»  va  «Citroen»  brendlari  ostida  yo‗lovchi  va  yuk  tashishga  mo‗ljallangan  yengil  tijorat 
avtomobillarini  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashtiriladi.  Qo‗shma  korxona  har  ikki  tomonning  teng  ulushi  asosida  faoliyat 
yuritadi. 
Qurilishi  rejalashtirilayotgan  qo‗shma  korxonada  yiliga  16000  ta  avtomobil  ishlab  chiqariladi.  Ularni 
O‗zbekistonda, shuningdek, uzoq va yaqin xorij davlatlaridagi eksport bozorlarida sotish rejalashtirilmoqda. 
IX.Yangi mavzuni mustahkamlash: 
1. Asakada ishlab chiqarilayotgan avtomobil qismlarini butkul mamlakatimizda ishlab chiqarish bilan qanday muammolar 
yechimiga yo‗l ochiladi? 
2.  Avtomobil  uchun  qismlarning  mamlakat  hududi  bo‗ylab  kichik  korxonalarda  tayyorlangani  ma'qulmi  yoki  barcha 
qismlarni Asaka shahrida ishlab chiqarish ma'qulmi? Javobingizni asoslang. 
X.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish mavzu yuzasidan berilgan savol va topshiriqlarni bajarish.  
XI.Foydalanilgan adabiyotlar:    Geografiya  8-sinf darsligi, qo`shmcha adabiyotlar. 
 
O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: __________  ___________________________ 
Sana _____ ______ _________-yil Geografiya fani Sinf: 8____________ 
 
23Mavzu: Nazorat ishi 3. 
 
I. Darsning maqsadi: 
a) Ta’limiy: O`quvchilarga O‘zbekiston iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasi fanning maqsad va vazifalari
nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish. 
b)  Tarbiyaviy:  O`quvchilarga  mustaqil  fikr  yuritishni,  olgan  bilimlarini  hayot  bilan  bog`lay  olishni, 
ilmiy  dunyoqarashlarini  shakllantirish,  estetik  did  axloqiy  sifatlarini  kasb-hunarga  bo`lgan 
qiziqishlarini tashkil toptirish 
v)  Rivojlantiruvchi:  Mustaqil ishlash  va  fikrlash  orqali  bilim  olishga,  xotirani mustahkamlashga,  tez 
fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish. 
 
Qo’llanilgan  kompetensiya:  Globus,  geografik  atlas  va  xaritalardan  amaliyotda  foydalana  olish 
kompetensiyasi: 
 
II. Darsning turi:     Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy. 

 
 
III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash. 
IV. Darsning jihozi: Darslik, ko‘rgazmali qurollar, globus, xarita. 
V. Dars uchun talab etiladigan vaqt:   45 daqiqa:  
 
Darsning  texnik chizmasi: 
 
VI. Darsning borishi (reja): 
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni  aniqlash c) darsga tayyorgarlik 
ko`rish va dars rejasi.  
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish 
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy. 
 
VII. O’tilgan mavzuni takrorlash 
1. Asakada ishlab chiqarilayotgan avtomobil qismlarini butkul mamlakatimizda ishlab chiqarish bilan 
qanday muammolar yechimiga yo‗l ochiladi? 
2.  Avtomobil  uchun  qismlarning  mamlakat  hududi  bo‗ylab  kichik  korxonalarda  tayyorlangani 
ma'qulmi yoki barcha qismlarni Asaka shahrida ishlab chiqarish ma'qulmi? Javobingizni asoslang. 
 
VIII. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:  
I-TEST YECHISH 
1. Asakadagi avtomobil zavodiga akummilatorlar qaysi  shahardan keltiriladi? 
a.Farg‘ona        b.Tashkent           s.Jizzax         d.Namangan    
2. Sharg‘un ko‘mir koni qachondan ishga tushirilgan ? 
a.1998yil          b. 1953yil        s.1988yil        d.1950yil   
3. Xorazm viloyatidagi avtomobilsazlik zavod filialida  qanday rusumli avtomobillar ishlab chiarilmoqda? 
a.Tico, Damas, Lasetti.          b.Neksia, Kobolt                   s.Damas, Orlando, Labo        d.a,b javob to‘g‘ri 
4. Oltin konlari    qaysi qatorda    keltirilgan ? 
a.Qizilolma, Zarmitan, Muruntov.           b.Ko‘kdumaloq, Sho‘rsuv, Chala. 
s.Ko‘kaydi, Sho‘rtan, Muruntov                  d.barchasi to‘g‘ri. 
5. Talimarjon IESi qaysi viloyatda joylashgan ? 
a.Buxoro              b. Qashqadaryo                      s.Sirdaryo            d.Surxondaryo.        
6. Mamlakatimizdagi IES  va GES  lar soni qancha? 
a.33 ta.                    b.43 ta                     s.37 ta.               d.52ta     
7. Yurtimizda kimyo sanoatining shakllanishi qachondan boshlangan? 
a.Chirchiq, 1936yil      b.Sho‘rsuv, 1932yil.   s.Qo‘qon, 1926yil        d.Toshkent, 1976yil 
8.    Toshkent metallurgiya zavodida qaysi davlatlardan keltirilgan uskunalar o‘rnatiladi? 
a.Italiya, Germaniya, Avstraliya.          b. Ispaniya, Germaniya, Avstraliya.     
s. Italiya, Yaponiya, Avstraliya.              d. Turkiya, Germaniya, Avstraliya. 
9.Qiyin eruvchi metallarni aniqlang? 
a.oltin, kremniy.       b.qalay, rux.           s.titan, nikel      d.volfram, molibden. 
10. Asakadagi avtomobil zavodiga  avtomobil bamperlarini  qaysi  qo‘shma korxona tomonidan  tayyorlanadi? 
a.‖Uz-Koram‖q/k         b.‖Uz-Dong Von‖   s.‖Uz-Dong Yang‖       d.‖Uz-Tong Xong KO‖ 
11. 1961yilda ishga tushirilgan ―Yerostigaz ―stansiyasi  qaysi shaharda qurilgan. 
a.Angren                 b.Xojaobod           s.Buxoro             d.Muborak 
12 .Qoradaryoga qaysi GES qurilgan ? 
a. Norin          b.Andijon       s.Shirmonbuloq.         d.Buloqboshi 
13. Mamlakatimizda AES qurilishi qachondan boshlandi? 
a.2018yil        b.2019yil                s.2010yil     d.2016yil 
14.Xo‘jaikon, Borsakelmas, Boybichakon, Oqqala qanday konlar? 
a.kumush           b.oltingurgut           s.tuz                d.mis 
15. Yurtimizdagi biokimyo zavodi qaysi shaharda mavjud. 
Dars bosqichlari 
Vaqt 
Tashkiliy qism.  
3 daqiqa 
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik 
12  daqiqa 
Yangi mavzuni yoritish 
14  daqiqa 
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish 
12  daqiqa 
Darsni yakunlash 
2  daqiqa 
Uyga beriladigan topshiriqlar  
2 daqiqa 

 
 
 a.Muborak           b.Yangiyo‘l        s.Norin          d.Qo‘ng‘irot 
16.  Turli  xildagi  elektr  stansiyalarning  yuqori  voltli  elektr    uzatish  liniyalari  bilan  birlashtirib,  bir  markazdan  boshqarib 
turish  nima deyiladi? 
 a.elektr markazi             b.energetika tizimi           s.kombinatlash        d.energiya blok 
17. 1994yilda ishga tushirilgan paxta terish mashinalari zavodi qaysi davlat bilan xamkorlikda qurilgan?              
 a.Rossiya      b.Turkiya        s.AQSH     d.Isroil 
18. O‘zbekiston avtomobillarini ng asosiy eksport bozorlar qaysi davlatlarga to‘g‘ri keladi?                         
a.Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Qozog‘iston   
b.Turkiya, Ukraina, Belorussiya, Qozog‘iston   
s.Madgaskar, Ukraina, Russiya, Qozog‘iston   
d. Germaniya, Ukraina, Gretsiya, Qozog‘iston 
19.  Irrigatsiya mashinasozligining yirik markazi bu-?                      
a.Andijon      b.Farg‘ona       s.Samarqand       d.Nukus. 
20. Mamlakatimizda qurilayorgan AES qachondan  ishga tushirilishi rejalashtirilgan ? 
a.2020yildan           b.2025yildan        s. 2029yildan           d.2028yildan 
Savol  1  2  3  4  5  6  7  8  9  10  11  12  13  14  15  16  17  18  19  20 
Javob  s  d  s  a  b  s  b  a  d  a 










ball 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
21. 
Chirchiq 
shahridagi 
―O‘zbekimyomash‖zavodida 
nimalar 
ishlab 
chiqariladi?                                           
________________________________________________________________________ 
________________________________________________________________________                                   
 
22. 
Jizzaxdagi 
avtomobil 
korxonasi 
qanday 
brend 
ostida 
ishlaydi?                                                    
________________________________________________________________________ 
 
23. Akkumlyator va elektr kobellar ishlab chiqarishda ishlatiladigan  metal bu- 
 
 
24. 
Andijon 
viloyatidagi 
―Uz-Dong 
Yang‖ 
qo‘shma 
korxonasi 
nimalar 
ishlab 
chiqaradi?                                
___________________________________________________________________________________________________
_____________________________________________  
 
25. Rekultivatsiya bu ______________________________________________________ 
________________________________________________________________________ 
            
IX.  Uyga  vazifa:  Mavzuni  o`qib  o`rganib  kelish  mavzu  yuzasidan  berilgan  savol  va  topshiriqlarni 
bajarish.  
X. Foydalanilgan adabiyotlar:    Geografiya  8-sinf darsligi, qo`shmcha adabiyotlar. 
 
 
 
O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: __________  ___________________________ 
 
Sana _____ ______ _________-yil Geografiya fani Sinf: 8____________ 
 
24Mavzu: Yog‗ochni qayta ishlash sanoati. 
 
I. Darsning maqsadi: 
a) Ta’limiy: O`quvchilarga O‘zbekiston iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasi fanning maqsad va vazifalari, 
nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish. 
b)  Tarbiyaviy:  O`quvchilarga  mustaqil  fikr  yuritishni,  olgan  bilimlarini  hayot  bilan  bog`lay  olishni, 
ilmiy  dunyoqarashlarini  shakllantirish,  estetik  did  axloqiy  sifatlarini  kasb-hunarga  bo`lgan 
qiziqishlarini tashkil toptirish 
v)  Rivojlantiruvchi:  Mustaqil ishlash  va  fikrlash  orqali  bilim  olishga,  xotirani mustahkamlashga,  tez 
fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish. 

 
 
 
Qo’llanilgan kompetensiya: Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi: 
 
II. Darsning turi:     Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy. 
III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash. 
IV. Darsning jihozi: Darslik, ko‘rgazmali qurollar, globus, xarita. 
V. Dars uchun talab etiladigan vaqt:   45 daqiqa:  
 
Darsning  texnik chizmasi: 
 
VI. Darsning borishi (reja): 
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni  aniqlash c) darsga tayyorgarlik 
ko`rish va dars rejasi.  
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish 
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy. 
 
VII. O’tilgan mavzuni takrorlash 
1. Asakada ishlab chiqarilayotgan avtomobil qismlarini butkul mamlakatimizda ishlab chiqarish bilan 
qanday muammolar yechimiga yo‗l ochiladi? 
2.  Avtomobil  uchun  qismlarning  mamlakat  hududi  bo‗ylab  kichik  korxonalarda  tayyorlangani 
ma'qulmi yoki barcha qismlarni Asaka shahrida ishlab chiqarish ma'qulmi? Javobingizni asoslang. 
 
VIII. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:  
O‗rmon  sanoati  yog‗och  tayyorlash  va  yog‗ochni  qayta  ishlash  tarmoqlariga  bo‗linadi. 
Yog‗ochni  qayta  ishlash  hunarmandchilik  turi  sifatida  qadimdan  ma'lum.  Hunarmandlar  yog‗ochga 
ishlov  berib,  undan  arava,  egar,  panjara,  sandiq,  eshik,  beshik,  rom  kabilarni  yasashgan,  uylar 
qurishgan.  Yog‗ochsozlik  yillar  davomida  takomillasha  borib,  undan  yangi-yangi  sanoat  tarmoqlari 
vujudga  keldi.  Ayniqsa,  yog‗ochni  kimyoviy  qayta  ishlash  tufayli  yog‗ochsozlikda  tub  (inqilobiy) 
o‗zgarish yasaldi. 
Mamlakatning  yog‗och-taxta  xomashyosiga  bo‗lgan  yillik  ehtiyoji  10  mln  kub  metrdan 
ortmoqda. Ammo  yog‗och xomashyosi bo‗ladigan tabiiy o‗rmonlar bizda nihoyatda cheklangan. Shu 
bois,  har  yili  millionlab  nihol  ekiladi,  «ko‗kalamzorlashtirish  oyligi»  o‗tkaziladi.  O‗rmonlar  barpo 
etish  va  yog‗och  boyliklaridan  oqilona  foydalanish  bilan  maxsus  o‗rmon  xo‗jaliklari  shug‗ullanadi. 
Respublikamizda 100 ga yaqin o‗rmon xo‗jaligi korxonalari, qo‗riqxonalar va milliy bog‗lar bor. 
O‗rmon  sanoati  mahsulotlaridan  mashinasozlik,  kimyo  sanoati,  yengil  sanoat,  transport  va 
qurilishda  foydalaniladi.  O‗z  navbatida  o‗rmon  sanoati  ham  boshqa  tarmoqlardan  loklar,  bo‗yoqlar 
(mebel  ishlab  chiqarish  uchun),  soda,  natriy,  oqartiruvchi  ximikatlar  (qog‗oz  tayyorlash  uchun), 
avtomashinalar,  traktorlar,  stanoklar  (yog‗och  tayyorlash  va  ishlov  berish  uchun)  oladi.  Boshqacha 
qilib aytganda, o‗rmon sanoati bilan boshqa tarmoqlar orasida keng tarmoqlararo aloqalar mavjuddir. 
Mustaqillik yillarida Toshkent va Asakada duradgorlik buyumlari zavodlari, Toshkentdagi quyoshdan 
himoya uskunalari zavodida esa plastmassadan deraza romlari ishlab chiqaradigan sex ishga tushirildi. 
Toshkentda  O‗zbekiston  -  Gretsiya  qo‗shma  korxonasi  «O‗z  Ellas»  gugurt  zavodi  mahsulot  bera 
boshladi. 
Yog‗och  xomashyosi  tanqisligi  sanoatga  jiddiy  qiyinchilik  tug‗dirmoqda.  Yog‗ochlardan 
tejamkorlik bilan foydalanish maqsadida selluloza sanoati ham rivojlanmoqda. 
Dars bosqichlari 
Vaqt 
Tashkiliy qism.  
3 daqiqa 
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik 
12  daqiqa 
Yangi mavzuni yoritish 
14  daqiqa 
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish 
12  daqiqa 
Darsni yakunlash 
2  daqiqa 
Uyga beriladigan topshiriqlar  
2 daqiqa 

 
 
Selluloza  -  maydalangan  va  kimyoviy  yo‗l  bilan  ishlangan  yog‗och  massasi,  u  sun'iy  tola  va 
qog‗oz ishlash uchun xomashyo bo‗ladi. 
 
 
 
Mamlakatimizning  turli  burchaklarida  selluloza  va  qog‗oz  ishlab  chiqaradigan  kichik 
korxonalar  ishga  tushmoqda.  Jumladan,  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  Kegayli  tumanida  mahalliy 
xomashyo  qamish,  bug‗doy,  sholi  somoni,  paxta  g‗o‗zapoyasidan  selluloza  va  qog‗oz  mahsulotlari 
ishlab chiqarishga ixtisoslashgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxona tashkil etiladi. 
Vazirlar  Mahkamasining  1994-yil  8-fevraldagi  «Sanoat  terakchiligini  rivojlantirish  va  boshqa 
tez o‗suvchi yog‗ochbop daraxtzorlarni barpo etishga oid chora-tadbirlar to‗g‗risida»gi maxsus Qarori 
o‗rmon  sano-  atida  keskin  o‗zgarish  yasadi.  Qarorga  muvofiq  terakzorlar  maydoni  har  yili  10  ming 
gektarga  kengaymoqda.  Yaqin  kelajakda  har  yili  5  mln  metr  kub  sanoatbop  yog‗och  tayyorlanadi. 
Yog‗och  tayyorlash  korxonalari  taxta  tilish  zavodlariga  g‗o‗la  yog‗och  yetkazib  beradi.  Tilingan 
yog‗och,  ya'ni  taxta  mebel  sanoati  uchun  xomashyodir.  Yog‗och  tayyorlash  va  yog‗ochsozlik 
chiqindilari  (shox-shabba,  qipiq,  payraha,  po‗stloq)dan  o‗rmon-kimyo  sanoatida  spirt,  moylar, 
bo‗yoqlar ishlab chiqariladi. Shu sababli o‗rmon-kimyo kombinatlari qurish o‗ta samaralidir. Yog‗och 
xomashyosi  taqchil  O‗zbekistonda  chiqindilarni  to‗la  qayta  ishlaydigan  yog‗ochsozlik  kombinatlari, 
ayniqsa, o‗ta muhim hisoblanadi. 
 
IX. Yangi mavzuni mustahkamlash: 
1.  Atlasning  «transport»  xaritasidan  viloyatingizga  yog‗och  qayerdan  va  qaysi  transport  turida 
keltirilishini aniqlang. 
2. Yog‗och tanqisligini bartaraf qilish maqsadida tumaningizda qanday tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
3.  Terak  yog‗ochining  sifati  hamda  ekologik  ahamiyatiga  ko‗ra  qanday  afzalliklarga  ega  ekanini 
botanika darslaridan eslang. 
 
X.  Uyga  vazifa:  Mavzuni  o`qib  o`rganib  kelish  mavzu  yuzasidan  berilgan  savol  va  topshiriqlarni 
bajarish.  
XI. Foydalanilgan adabiyotlar:    Geografiya  8-sinf darsligi, qo`shmcha adabiyotlar. 
 
 
 
O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: __________  ___________________________ 
 
Sana _____ ______ _________-yil Geografiya fani Sinf: 8____________ 
 
25Mavzu: Qurilish materiallari sanoati.  
 
I. Darsning maqsadi: 

 
 
a) Ta’limiy: O`quvchilarga O‘zbekiston iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasi fanning maqsad va vazifalari, 
nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish. 
b)  Tarbiyaviy:  O`quvchilarga  mustaqil  fikr  yuritishni,  olgan  bilimlarini  hayot  bilan  bog`lay  olishni, 
ilmiy  dunyoqarashlarini  shakllantirish,  estetik  did  axloqiy  sifatlarini  kasb-hunarga  bo`lgan 
qiziqishlarini tashkil toptirish 
v)  Rivojlantiruvchi:  Mustaqil ishlash  va  fikrlash  orqali  bilim  olishga,  xotirani mustahkamlashga,  tez 
fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish. 
 
Qo’llanilgan kompetensiya: Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi: 
 
II. Darsning turi:     Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy. 
III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash. 
IV. Darsning jihozi: Darslik, ko‘rgazmali qurollar, globus, xarita. 
V. Dars uchun talab etiladigan vaqt:   45 daqiqa:  
 
Darsning  texnik chizmasi: 
 
VI. Darsning borishi (reja): 
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni  aniqlash c) darsga tayyorgarlik 
ko`rish va dars rejasi.  
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish 
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy. 
 
VII. O’tilgan mavzuni takrorlash 
1.  Atlasning  «transport»  xaritasidan  viloyatingizga  yog‗och  qayerdan  va  qaysi  transport  turida 
keltirilishini aniqlang. 
2. Yog‗och tanqisligini bartaraf qilish maqsadida tumaningizda qanday tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
3.  Terak  yog‗ochining  sifati  hamda  ekologik  ahamiyatiga  ko‗ra  qanday  afzalliklarga  ega  ekanini 
botanika darslaridan eslang. 
Каталог: sites -> default -> files
files -> O 'zsan oatq u rilish b an k
files -> Aqshning Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha komissiyasi (uscirf) Davlat Departamentidan alohida va
files -> Created by global oneness project
files -> МҲобт коди Маъмурий-ҳудудий объектнинг номи Маркази Маъмурий-ҳудудий объектнинг
files -> Last Name First Name Middle Initial Permit Number Year a-card First Issued
files -> Last Name First Name License Number
files -> Ausgabe 214 Freitag, 11. Mai 2012 37 Seiten Die Rennsaison 2012 ist wieder in vollem Gan
files -> Uchun ona tili, chet tili, tarix, jismoniy tarbiya fanlaridan yakuniy nazorat imtihon materiallari va metodik
files -> O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti
files -> Sequenced by Last Name


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling