Mavzu: Kirxgoff qoidalari. Kirchhoff qoidalari
Download 3.88 Kb.
|
Kirxgoff qoidalari
MAVZU: Kirxgoff qoidalari. Kirchhoff qoidalari — tarmoqlangan zanjirning istalgan qismidagi tok kuchini shu qismlardagi berilgan qarshiliklar va qoʻyilgan EYUKlar boʻyicha aniqlashga imkon beruvchi qoidalar. Oʻtkazgichlarning tarmoqlangan elektr zanjiridagi oʻzgarmas tok yoki kvazistatsionar tok (sekin oʻzgaradigan oʻzgaruvchi tok)lar va kuchlanishlar orasidagi munosabatlarni ifodalaydi. 1847-yilda Gustav Kirchhoff aniqlagan. Tarmoqlangan zanjirda kamida uhoʻtkazgich tutashadigan har qanday nuqta tugun deb ataladi. Kirchhoffning birinchi qoidasiga koʻra, oʻtkazgichlarning uchlari tutashgan nuqta (tugun) da uchrashuvchi tok kuchlari 1k ning algebraik yigʻindisi nolga teng: £ Ik = 0, bunda k — tugunga kelib qoʻshilayotgan oʻtkazgichlar soni. Tugunga kelayotgan toklar musbat, undan chiqayotganlari manfiy deb hisoblanadi. Bu qoida elektr zaryadining saqlanish qonunini aks ettiradi. Kirchhoff qonunlarida, birinchi qonun zaryadning saqlanish qonuniga asoslanadi, elektr tarmog'idagi elektr zaryadlarining algebraik yig'indisi o'zgarmaydi. Shunday qilib, tugunlarda aniq zaryad saqlanmaydi, shuning uchun tugunga kiradigan elektr tokining yig'indisi uni qoldiradigan oqimlarning yig'indisiga teng: Kirxgofning 2-qonuni zanjirdagi konturlarga tegishli boʻlib, unga koʻra, kontur boʻylab kuchlanish tushuvlari yigʻindisi nolga teng. Kirxgofning 2-qonunini quyidagicha yozish mumkin. Bu yerda vn – kontur boʻylab element kuchlanishi tushuvlari soni. Siz Kirxgofning 2-qonunini boshqacha talqin qilib shunday desangiz ham boʻladi: kontur boʻylab kuchlanish koʻtarilishlarining yig‘indisi kuchlanish tushishlarining yig‘indisiga teng. Kirxgofning 2-qonunidagi ba’zi oʻziga xos ajoyib xususiyatlar: 1. Siz kontur boʻylab sayohatingizni istalgan tugundan boshlashingiz mumkin. Qaysi tugundan boshlashingizdan qatʼi nazar, boshlagan tugunga qaytib kelsangiz, kontur boʻylab kuchlanishlar yig‘indisi nolga teng boʻladi. 2. Siz kontur boʻylab qanday yoʻnalishda (soat mili yoki unga qarama-qarshi) yurishingizdan qatʼi nazar, Kirxgofning 2-qonuni oʻrinli boʻladi. 3. Agar zanjir bir nechta konturdan iborat boʻlsa, Kirxgofning 2-qonuni har bir kontur uchun oʻrinli boʻladi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT Download 3.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling