Mavzu: Klassifikatsiya tushunchasi. Mashinani o'rganishning asosiy yondashuvlaridan biri sifatida tasniflash. Treningga oid savollar. Mnist o'quv rejasining tuzilishi
Download 83.55 Kb.
|
640-20..Umaraliyev Elmurod.mashinali.refarat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu:Klassifikatsiya tushunchasi. Mashinani organishning asosiy yondashuvlaridan biri sifatida tasniflash. Treningga oid savollar. MNIST oquv rejasining tuzilishi.
- Klassifikatsiya
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Farg’ona Filiali "Kompyuter injineringi" fakulteti "Axborot xavfsizligi" yo'nalishi 640-20 guruh talabasi Xusanov Yo‘ldoshning ‘’Mashinali o’qitishga kirish’’ fanidan tayyorlagan REFERATI
REJA: 1. Klassifikatsiya umumiy tushunchasi. 2. Mashinada o’qitish. 3. MNIST haqida tushuncha. 4. Xulosa. Klassifikatsiya – sotsial hayotimizda va fanda keng tarqalgan tushunchadir. Klassifikatsiya deganda lotincha “classis” - sinf, guruh, tur va “facere” - qilmoq so‘zlariga to‘g‘ri keladi. Klassifikatsiya — ilm yoki inson faoliyatining biror sohasiga oid oʻzaro bir xil tushunchalar sistemasi. Tasnif har bir fanga xos muhim mantiqiy amal boʻlib, uning vositasida shu fan doirasida toʻplangan bilimlar qatʼiy tartibga solinadi. Fanni oʻrganishda bunday Tasnif qulaylik tugʻdiradi. Tasnifda boʻlinuvchi va boʻluvchi tushunchalar oʻzining qatʼiy oʻrniga ega boʻladi. Tasnif natijasida fanda muxim ahamiyat kasb etuvchi jadvallar, chizmalar, grafiklar, kodekslar vujudga keladi. Tabiiy va sunʼiy Tasniflar birbiridan farq qiladi. Tabiiy Tasnif obyektlarning muhim belgilariga asoslanadi (mas., kimyoviy elementlarning davriy sistemasi). U i. t. ning natijasi va muhim vositasi boʻlib, bilish jarayonida katta ahamiyatga ega. Sunʼiy Tasnif asosida obyekt larning nomuhim belgilari yotadi va turli-tuman predmetlarni tartibga solish uchun xizmat qiladi (mas., kutubxonada kitoblarni alfavit boʻyicha joylashtirish). Tasnifda mantiqdagi boʻlish qoidalariga qatʼiy rioya qilish lozim. Tasniflash davr oʻtishi bilan oʻrganilayotgan obyekt haqidagi bilimlarimizning rivojlanishiga mos ravishda takomillashtirib, tuzatilib, rivojlantirilib boriladi. Tasniflash har bir tushunchaning tafakkur tizimidagi oʻrnini aniqlab beradi. Tasniflash natijasida hosil boʻlgan bilim predmetning asosiy xususiyatlari hamda ular oʻrtasidagi munosabatlarni aniqlashga imkon yaratadi va bu bilimlar tartibga solingan bilim hisoblanadi. Klassifikatsiya atrof-muhitni, dunyoni, modda va hodisalarni o‘rganish jarayonidir. Har bir hodisa va moddalar bir qancha belgilarga ega bo‘ladi, bu belgilarga asoslangan holda hodisa va moddalar sinflarga, guruhlarga bo‘linadi, ya’ni klassifikatsiya qilinadi. Masalan, D.I. Mendeleevning elementlarni ortib boruvchi atom og‘irligiga ko‘ra joylashtirilgan. Har bir elementlar va jismlarning birikmalaridagi barcha xossalari davriy suratda takrorlanib turadi, atom og‘irligiga qonuniy ravishda bog‘liq bo‘ladi deb isbotlandi. D.I. Mendeleevning elementlar davriy sistemasiga (klassifikatsiyasi) moddalarnig atom og‘irligi asos qilib olingan. Bu asos ximiya fani tarixida yangi davrning vujudga kelishiga imkon berdi, moddalarning tuzilishi to‘g‘risidagi ta’limotning taraqqiy etishiga sabab bo‘ldi. Ayrim hollarda sun’iy klassifikatsiyalar ham qo‘llaniladi. Masalan, o‘simliklarning barglarini va gullarining rangi, shakliga qarab klassifikatsiyalashdan dekorativ o‘simlikshunoslikda amaliy jihatdan foydalaniladi. Demak, amaliyotda klassifikatsiyalash asosiy va sun’iyga ajratiladi. Kutubxona bibliografiya ishida bu jarayon qanday kechadi. Kutubxonashunoslik ishining an’anaviy ish faoliyati hujjatlarni klassifikatsiyalashda asos - hujjatlarning mazmuni qilib olinadi. Bu usul hujjatlar klassifikatsiyasiga tabiiy klassifikatsiya deb qarash imkonini beradi. Hujjatlarni formatiga, tiliga, chiqarilgan joyiga, betlar soniga qarab tanlab olish sun’iy klassifikatsiyaga misoldir. Kutubxona fondlari goho maxsus maqsadlarni ko‘zlab, ana shunday ajratiladi, biroq odatda hujjatlarni klassifikatsiyalash deganda ularni mazmuniga muvofiq tarzda guruhlarga ajratish nazarda tutiladi. Faqat bilim sohalariga ko‘ra guruhlarga ajratishga matbuot asarlarini klassifikatsiyalash deb aytiladi. Kitobxonlarni turli ehtiyojlarini qondirishda shu tarzda hujjatlarni mazmuniga ko‘ra klassifikatsiyalash maqsadga muvofiqdir. Shunday qilib, hujjatlarni bilimning muayyan sohasiga munosabati belgisiga qarab klassifikatsiyalash kitobxonlarni o‘zlariga aynan kerakli adabiyotni tanlab olishlariga imkon beradi. Download 83.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling