A. Smitning asosiy gʻoyalari "yoʻl bering, oʻtsinlar, yoʻl bering, bajarsinlar" (laissez faire, laissez passer) shiorida ifodalangan boʻlib, u "koʻrinmas qoʻl" nomini ham olgan. Smitning fikricha, tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritishiga qanchalik erkinlik berilsa, iqtisodiy rivojlanish shunchalik jadallashadi. Smit iqtisodiy faoliyatga toʻsiq boʻluvchi asosiy kuch bu — davlat, deb hisoblaydi. Smitning liberal qarashlari Yevropada, xususan, Angliyada keng ommalashgan va oʻsha davr hukumatlari tomonidan liberal qonunlar va qarorlar qabul qilinishiga ilmiy asos boʻlgan. - A. Smitning asosiy gʻoyalari "yoʻl bering, oʻtsinlar, yoʻl bering, bajarsinlar" (laissez faire, laissez passer) shiorida ifodalangan boʻlib, u "koʻrinmas qoʻl" nomini ham olgan. Smitning fikricha, tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritishiga qanchalik erkinlik berilsa, iqtisodiy rivojlanish shunchalik jadallashadi. Smit iqtisodiy faoliyatga toʻsiq boʻluvchi asosiy kuch bu — davlat, deb hisoblaydi. Smitning liberal qarashlari Yevropada, xususan, Angliyada keng ommalashgan va oʻsha davr hukumatlari tomonidan liberal qonunlar va qarorlar qabul qilinishiga ilmiy asos boʻlgan.
- D. Rikardo qiymatning mehnat nazariyasini rivojlantirib, tovarning qiymatini unga sarflangan mehnat harajatlari tashkil etadi, degan xulosani beradi. Rikardo kapitalistik ishlab chiqarishning asosida qiymat qonuni yotishini taʼkidlab, boshqa iqtisodiy kategoriyalarni ana shu qonunga bogʻlab oʻrganadi.
Fransuz iqtisodchisi J. B. Sey (1767—1832) gʻoyalarida iqtisodiyotdagi toʻla erkinlik sharoitidagina ishlab chiqarish omillari (mehnat, kapital va yer)dan eng samarali foydalanish mumkinligi va sinflar oʻrtasidagi munosabatlar uygʻunlashuvi ilgari suriladi. Seyning eng muhim kashfiyotlaridan biri "Sey qonuni" — "bozor qonuni" yoki "sotish nazariyasi" hisoblanadi. - Fransuz iqtisodchisi J. B. Sey (1767—1832) gʻoyalarida iqtisodiyotdagi toʻla erkinlik sharoitidagina ishlab chiqarish omillari (mehnat, kapital va yer)dan eng samarali foydalanish mumkinligi va sinflar oʻrtasidagi munosabatlar uygʻunlashuvi ilgari suriladi. Seyning eng muhim kashfiyotlaridan biri "Sey qonuni" — "bozor qonuni" yoki "sotish nazariyasi" hisoblanadi.
- Ingliz iqtisodchisi T. R. Maltus (1766—1834) iqtisodiy oʻsish va aholi koʻpayishi oʻrtasidagi aloqadorlik muammolarini xal etishga uringan. Iqtisodiy liberalizm konsepsiyasi tan olingan holda aholi oʻsishi va moddiy neʼmatlar (tirikchilik vositalari) yaratilishi oʻrtasida katta farq bor, aholi "geometrik", neʼmatlar "arifmetik" progressiyalarda oʻsadi, degan "nufus nazariyasi" ilgari suriladi. Klassik maktab gʻoyalarini boyitishga ingliz N. Senior (1790—1864), fransuz F. Bastia (1801 — 1850), amerikalik G. Keri (1793—1879) katta hissa qoʻshdilar.
- Ingliz iqtisodchisi J.S.Mill (1806—73) klassik maktabning soʻnggi namoyandalaridan biri sifatida D. Rikardo gʻoyalarini rivojlantirdi, 1-oʻringa "ishlab chiqarish qonunlari"ni qoʻydi, bu masalani "taqsimot qonunlari"ga qarama-qarshi deb bildi.
- 19-asr oxirlarida klassik siyosiy iqtisod maktablariga muqobil iqtisodiy gʻoyalar paydo boʻla boshladi, klassik maktabning bir qancha qonunqoidalari yangi sharoitlarga moslashtirilgan holda neoklassik qarashlarda oʻz aksini topdi (qarang Neoklassik iqtisodiy nazariya).
- Razzoqov A. va boshqa, Iqtisodiy taʼlimotlartarixi, T., 1997; Mayburd Ye. I., Vvedeniye v istoriyu ekonomicheskoy misli, M., 1996; Yadgarov Ya. S, Istoriya ekonomicheskix ucheniy, M., 1999.
- Abduxalil Razzoqov, Neʼmat Xolmatov.[1]
- Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Do'stlaringiz bilan baham: |