Koddaning 3-qoidasi. Null-qiymat qoidasi. - “Null-qiymat (qayd etish kerakki, u bo’sh qatorni ifodalaydi) relyatsion MBBT da mavjud bo’lmagan axborotni butunlayin sistematik ravishda va ma’lumotning toifasiga bog’liq bo’lmagan holda ifodalashni qo’llab quvvatlaydi”
Koddaning 4-qoidasi. Relyatsion model asosidagi dinamik operativ katalog qoidasi. - Har qanday ma’lumotlar bazasining lug’ati mavjud (endilikda u katalog deyiladi).
- “Ma’lumotlar bazasining qiyofasi mantiqiy darajada oddiy ma’lumotlar ko’rinishida ifodalanadi. Foydalanuvchi ushbu ifodaga to’liq murojaat etishi uchun va oddiy ma’lumotlar ustida ishlash uchun relyatsion tildan foydalanadi”.
Koddaning 5-qoidasi. Ma’lumotlarni qayta ishlash tili xaqidagi qoida. - “Relyatsion tizim bir qancha tillarni va terminallar bilan ishlashning bir necha rejimini qo’llab quvvatlashi lozim (masalan, blankalarni to’ldirish rejimi). Har qanday til operatorlari ishni to’liq ifodalaydi, simvollar qatori ko’rinishida berilgan o’zining aniq sintaksisiga ega bo’ladi. Undan tashqari u quyidagi ammallarni beradi:
- Ma’lumotlarning bayonini
- Ifodani bayonini
- Ma’lumotlarni manipulyatsiyalashni
- Maqsadni chegaralanganligini
- Tranzaksiya chegarasini”.
Koddaning 6-qoidasi. Ifodani yangilash qoidasi. - “Barcha ifodalar yangilanishi mumkin, xatto sistemalar ham”.
- Koddaning 7-qoidasi. Ma’lumotlarni yuqori darajada kiritish, o’chirish va yangilash.
- “Ma’lumotlar bazasi bilan ishlashda bitta operand nafaqat hisoblashi, balki kiritish, o’chirsh va yangilash imkoniga ega bo’lishi kerak”.
- Koddaning 8-qoidasi. Ma’lumotlarni fizik mustaqilligi haqidagi qoida.
- “Amaliy dastur va terminal amallarga axborotlarning istalgan to’plami yoki kirish usuli o’zgartirilganda mantiqiy jihatdan putur yetmasligi kerak”.
Koddaning 9-qoidasi. Ma’lumotlarni fizik mustaqilligi haqidagi qoida. - Amaliy dastur va terminal amallarga asosiy jadvalga o’zgartirish kiritilganda ham mantiqiy jihatdan putur yetmasligi kerak”.
- Koddaning 10-qoidasi. Butunlikning mustaqilligi haqidagi qoida.
- “Butunlikni konkret relyatsion MB uchun chegaralash imkoniyati ma’lumotlar bazasining tili orqali amalga oshiriladi, amaliy dastur orqali emas”.
Do'stlaringiz bilan baham: |