Mavzu: Koketkali sport kurtkasi
Download 1.2 Mb.
|
Document
Mavzu:Koketkali sport kurtkasi Koketkali sport kurtkasi uchun zich to'qilgan gazlama tavsiya etiladi. Bunday kostyumning kurtkasi ba’zan suv o’tkazmaydigan gazlamadan kostyumni baxyalar yoki to'qiladigan yoqa, manjet va belbog’ bilan bezashga mumkin. O’lchovlar Bo’yin yarim aylanasi-18sm Ko’krak yarim aylanasi-46sm Ko’krak ostining yarim aylanasi-41sm Bel yarim aylanasi-36sm Orqaning belgacha uzunligi-38sm Kurtka uzunligi-48sm Yelka kengligi-13sm Andaza chizmasini chizish. To’g’ri burchak chizib, burchak uchiga A harfi qo’yiladi. Kurtka uzunligi.A nuqtadan pastga 48 sm o’lchab H nuqta qo’yiladi va o’ngga ixtiyoriy uzunlikda gorizontal chiziq tortiladi. Bel chizig’i.A nuqtadan pastga 38 sm o’lchab T nuqta qo’yiladi.T nuqtadan o’ngga ixtiyoriy uzunlikda chiziq tortiladi. O'miz uzunligi.A nuqtadan pastga 20,3 sm uzunlikda (Sk2:3+5=20,5sm 1/3 barcha razmerlar uchun)chiziq tushirib G nuqta qo’yiladi G nuqtadan o’ngga ixtiyoriy uzunlikda chiziq tortiladi. Orqaning kengligi.G nuqtadan o’ngga 19,3 sm o’lchab (Sk2:3+4=19,3 barcha razmerlar uchun 1/3sm).G1 nuqta qo’yiladi. G1 nuqtadan yuqoriga tik chiziq chiqariladi,tik chiziqning yuqori gorizantal chiziq bilan kesishgan joyi P harfi bilan belgilanadi. Yeng o’mizi kengligi.G1 nuqtadan o’ngga 12,5 sm o’lchab (Sk2:4+1=12,5 barcha razmerlar uchun 1 sm qo’shiladi). G2 nuqta qo’yiladi. G2 nuqtadan yuqoriga ixtiyoriy uzunlikda tik ravishda chiziq tortiladi. Kurtkaning ko’krak chizig’I bo’yicha kengligi.G nuqtadan o’ngga 53 sm o’lchab (Sk2+7=53 barcha razmerlar uchun7 sm qo’shiladi ). G3 nuqta qo’yiladi. G3 nuqta orqali vertikal chiziq tortiladi. Bel chizig’I bilan kesishgan nuqtasiga T1 harfi qo’yiladi. Lif balandligi. G3 nuqtadan yuqoriga 24 sm o’lchab (Sk2:2+1=24 sm Lif balandligi. G3 nuqtadan yuqoriga 24 sm o’lchab (Sk2:2+1=24 sm Lif balandligi. G3 nuqtadan yuqoriga 24 sm o’lchab (Sk2:2+1=24 sm barcha razmerlar uchun 1 qo’shiladi) Sh nuqta qo’yiladi. Sh nuqtadan chapga ixtiyoriy uzunlikda gorizontal chiziq chiziladi. Barcha razmerlar uchun 1 qo’shiladi) Sh nuqta qo’yiladi. Sh nuqtadan chapga ixtiyoriy uzunlikda gorizontal chiziq chiziladi. L if balandligi. G3 nuqtadan yuqoriga 24 sm o’lchab (Sk2:2+1=24 sm barcha razmerlar uchun 1 sm qo’shiladi) Sh nuqtadan chapga ixtiyoriy uzunlikda chiziq chiziladi. O’miz qiyaligi. G1 va G2 nuqtalaridan chiqqan vertikal chiziqlar pastga 1 sm dan uzaytirilib G4 va G5 nuqtalar qo’yiladi, bu nuqtalar chiziq yordamida tutashtiriladi. Yon chiziq. O’mizning G4 va G5 nuqtalar oralig’idagi qiyalik chizig’I teng ikki qismga bo’linadi, bo’lish nuqtasi pastga vertikal chiziq tutashtiriladi, uning pastki kesishgan joyiga H1 nuqta qo’yiladi. Yelka va omiz chiziqlardan yordamchi nuqtalar yordamchi nuqtalar. PG1 chizig’I teng to’rt qismga bo’linadi. O’miz qiyaligi. G1 nuqta va G2 nuqta chiqqan vertikal chiziqlar pastga 1 sm fan uzaytirili Kurtkaning orqasini chizish. Yoqa o’mizi. A nuqtadan o’ngga 6,5 sm o’lchab (Ssh:3+0,5=6,5 barcha razmerlar uchun 0,5 qo’shiladi).Sh1 nuqta qo’yiladi. SH 1 nuqtadan yuqoriga 2 sm o’lchab Sh2 nuqta qo’yiladi. A va Sh2 nuqtalar botiq egri chiziq yordamida tutashtiriladi bu yoqa o’mizi bo’ladi. Yelka qiyaligi.Yoqa o’mizidagi 2 nuqtasidan o’ngga yelkaning qiyalik chiziqdagi 2 nuqtasi orqali 14,5 sm uzunlikda (yelka kengligi barcha razmerlar uchun 1,5 sm qo’shiladi, ya’ni 13+1,5=14,5) chiziq tortilib uchiga P1 harfi qo’yiladi. Yelka chizig’i teng ikki qismga bo’linadi, bo’lish nuqtasi Sh2 nuqtaga tutashtiriladi. P1 nuqtadan pastga 1 sm o’lchab 1 raqami qoyiladi, o’ngga 4 sm o’lchab 4 raqami qoyiladi.4 nuqtasidan o’ngga 1,5 sm ,pastga esa 6 sm o’lchab hosil bo’lgan nuqtalar 1,5 va 6 raqamlari bilan belgilanadi. 6 nuqtasidan yuqoriga 1,5 nuqtasi orqali 6 sm uzunlikdagi chiziq chiqarilib , uchiga 6 raqami qoyiladi.Shu nuqta 1 nuqtasiga tutashtiriladi. Vitachkaning ikkala chizig’I o’zaro teng bo’ladi. Yeng o’mizi. G4 nuqtadan burchakni qoq o’rtasidan bo’ladigan qilib 3 sm uzunlikda chiziq tortiladi va 3 raqami qoyiladi. 1 nuqtadan G6 nuqta tomon PG1 chizig’iga urinib 3 nuqtasi o’tadigan qilib egri chiziq tortiladi. Yon chiziq. H1 nuqtadan chapga 1 sm o’lchab, 1 raqami qoyiladi. 1 nuqtasi G6 nuqtaga tutashtiriladi. Belbog’I vitachka. GG1 chiziq teng ikki qismga bo’linadi. Bo’lish nuqtasidan pastga chiziq tushiriladi, bu chiziqning etak chizig’I bilan kelishgan joyiga H2 nuqta qo’yiladi Koketkani hosil qilishda a) A nuqtadan pastga 11 sm o’lchab 11 raqami qoyiladi. 11 nuqtasidan o’ngga o’miz chizig’iga yetkazib gorizontal chiziq tortiladi, bu koketka chizig’I bo’ladi.So’ngra koketka chizig’idan pastga bòrtma chiziq tortiladi.Bel chizig’idagi vitachka kesiladi. Kurtkaning oldi.B) Yelka vitachka bekitiladi.B nuqtadan pastga bòrtma chiziq tushiriladi. Bel chizig’idagi Sh⁴ nuqtadan pastga 7 sm o’lchab, 7 raqami qoyiladi. 7 nuqtasidan chapga o’miz chizig’iga yetkazib gorizontal chiziq tortiladi, bu esa koketka bo’ladi. Tugma qadaladigan qopqoq haqi. SH ⁴ nuqtadan o’ngga 3 sm o’lchab 2 raqami qoyiladi, Sh⁴,2 va 2 nuqtalar o’zaro tutashtiriladi. Belbog’.Belbog’ni bichganda uzunligini 51 sm kengligini esa 8 sm qilib oldik bu fasonga qarab tanlanadi. Belbog’ni bichganda chetlarida 1 sm dan chok haqi tashab ketiladi. Yeng. Yenglari asosan bir chokli yeng qildik.Yeng uzunligi 55 sm bo’lib Yeng kengligi 39,3 sm bo’ldi. O’rtasi nuqtasini yuqori qismi O nuqta bilan belgilanadi va 55 sm uzunlikda H nuqta bilan belgilanadi. H nuqta orqali har ikkala tomonga ixtiyoriy uzunlikda gorizontal chiziq chiziladi bu chiziq vertikal chiziqlar kesishgan nuqtalar H1,H2,H3,H44 bilan belgilanadi. Eng boshi.A va O nuqtalar orqali punktir chiziq yordamida yordamchi chiziq bilan kesishgan kesishgan nuqtasi O1 bilan belgilanadi.O va P nuqtalar punktir chiziq yordamida o’zaro yordamchi chiziqlar kesishgan nuqtasi O2 bilan belgilanadi. Punktir chiziqlarning vertikal chiziqlar oralig’idagi qismlari teng ikki qismga bo’linadi va bo’lish nuqtasi 03,O4,O5,O6 harflari bilan belgilanadi. O3 nuqtadan pastga 1 sm o’lchab, 1 raqami qoyiladi. O4 nuqtadan yuqoriga punktir chiziqqa nisbatan to’g’ri burchak hosil qilib 2,5 sm o’lchab, 2,5 raqami qoyiladi. O5 nuqtadan yuqoriga punktir chiziqqa nisbatan to’g’ri burchak hosil qilib 2 sm o’lchab, 2 raqami qoyiladi. O6 nuqtadan pastga 1,5 sm o’lchab 1,5 raqami qoyiladi. So’ngra A nuqtadan chapga P nuqtadan esa o’ngga 4 sm dan o’lchab 4 raqami qoyiladi. Hosil bo‘lgan nuqtalaridan 1 sm o’lchab P4 va P5 nuqtalar qoyiladi. P4,A,1,O1,2,5;O,2,O2,1,5;P,P5 nuqtalar chiziq yordamida bir biriga tutashtiriladi, hosil bo’lgan chiziq yeng boshi bo’ladi. Yon chiziqlar.H1 nuqtadan o’ngga 2 sm o’lchab,2 nuqta qo’yiladi, 2 nuqtasidan yuqoriga 1 sm o’lchab H5 nuqta qo’yiladi. H4 nuqtadan chapga 2 sm o’lchab 2 nuqta qo’yiladi. 2 nuqtadan yuqoriga 1 sm o’lchab, H6 nuqta qo’yiladi. P4 nuqta H5 nuqta bilan, P5 nuqta esa H6 nuqta bilan chiziq yordamida tutashtiriladi. Yeng uchi.H nuqtadan yuqoriga yordamchi chiziq bo’yicha 1 sm o’lchab, 1 raqami qoyiladi, H3 nuqtadan yuqoriga 2 sm o’lchab 2 raqami qoyiladi, H5,H2,1,2,H6 nuqtalar orqali chiziq tortiladi, bu yeng uchini tasvirlovchi chiziq bo’ladi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling