Mavzu: Ko’lbuloq yodgorliklari. Reja


Obiraxmat g’orini yuqori qatlamlari. S


Download 43.29 Kb.
bet3/5
Sana09.02.2023
Hajmi43.29 Kb.
#1178812
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ko’lbuloq yodgorliklari.

Obiraxmat g’orini yuqori qatlamlari. So’ngi paleolitga oid tosh qurollar hamda uchirindilar va plastinalar nisbatini hisoblab chiqish oqibatida yuqorida tilga olingan obiraxmat madaniyati yodgorliklarida ularning foiz nisbati turlichaligi aniqlandi. Bu holat ularning davriy ketma-ketligini aniqlash imkonini berdi. Ulardan eng arxaigi Teshik-tosh, so’ngra Janubiy Farg’ona, Xo’jakent va eng taraqqiy etgan kompleks esa Obiraxmat g’ori industriyasmi ekanligi aniqlandi32.
1998 yilda O’zR FA akad. Ya.G’. G’ulomov nomidagi arxeologiya instituti bilan Rossiya FA SB tarix va etnografiya instituti o’rtasida paleolit davrini o’rganish bo’yicha xalqaro shartnoma imzolandi. Loyiha: "O’zbekistonning qadimgi tosh davri arxeologiyasi va paleoekologisi”, deb nomlandi. Akademiklar O’.I. Islomov hamda A.P. Derevyankolar boshchiligidagi xalqaro kompleks tadqiqotlar ekspedisiyasi tuzildi.
Xalqaro kompleks tadqiqotlar obyekti sifatida Markaziy Osiyo paleolitda muhim rol o’ynaydigan, Toshkent viloyatida joylashgan Obiraxmat g’or makoni tanlandi33.
Xalqaro ekspedisiyaning Obiraxmatda ish olib borishdan asosiy maqsadi yodgorlikning absolyut sanasini aniqlash, qadimgi atrof-muhitni rekonstruksiya qilish hamda ushbu hududda o’rta paleolitdan so’ngi paleolitga o’tish davridagi qadimgi aholining o’zgarishlarini aniqlashdan iborat bo’ldi (6-rasm)34.
Obiraxmat industriyasining barcha qatlamlarida kuzatiladigan asosiy xususiyati o’rta hamda so’ngi paleolit davriga xos texnologik va tipologik belgilarning birga kelishidadir. To’plamning yetakchi o’rin tutadigan nukleuslari orasida so’ngi paleolitga oidlari, avvalombor, ensiz o’zaklar (tosovыye nukleusы), nukleus-kesgichlar (nukleusы-rezsы), prizmasimonlar va uchirindilardan yoki yirik plastinalardan ishlangan turli xil mikronukleuslar egallaydi. Biroq, o’rta paleolitga xos yo’nilg’ilarni yuza bo’ylab (ploskostnoye rasщyepleniya) chaqmoqlash strategiyasi saqlanib qoladi (7-rasm).
Levallua tipidagi o’zaklar kam sonli bo’lib, aksariyat hollarda ular so’ngra plastinalar yoki plastinkalar olishga mo’ljallangan so’ngi paleolitga xos ensiz nukleuslarga aylantirib yuborilgan35. Obiraxmat industriyasi yo’nilg’ilari orasida plastinalar muhim o’rin tutadi va asosiy tosh qurollar ham ulardan ishlangan. Yodgorlikning ko’pgina qatlamlarida plastinalar nisbati 50 % dan oshiqni tashkil qiladi.
Obiraxmat industriyasi uchun o’rta paleolitning uzunchoq paykonlari (ostrokonechnik) bilan so’ngi paleolitning plastinalari o’rtasidagi oraliq shaklni tashkil qiladigan uchli plastinalarning mavjudligi xarakterlidir (8-rasm)36.
Yodgorlikning tosh qurollari deyarli bir xil shaklli. Eng ko’p sonni paykonsimon qurollar (retushlangan paykonlar, uchli plastinalar), retushlangan plastinalar, kesgichlar (ko’pincha yonlama tipdagi) tashkil etadi. Tosh qurollarning sezilarli qismini tashkil qiladigan qirg’ichchalar tipologik jihatdan unchalik yorqin emas. Levallua shakllar kam sonli va ular asosan, uzunchoq ko’rinishda. Qirg’ichlar yodgorlikning barcha qatlamlarida mavjud bo’lib, asosan plastinasimon yo’nilg’ilardan ishlangan, ko’pincha ularni retushlangan plastinalardan ajratish qiyin. Tuplamda tipologik jihatdan yorqin kichik hajmli muste tipidagi paykonlar katta o’rin egallaydi37.
Obiraxmatda olib borilgan tadqiqotlar natijasida ushbu hududlarga o’rta paleolit davri odamlarining migrasiyasi haqidagi g’oya ilgari surildi. Bu so’ngi paleolit davriga o’tish davrini o’zida aks ettirgan, umumiy asosga ega bo’lgan va konvergent rivojlangan Yaqin Sharq, O’rta Osiyo va Oltoy industriyalarining o’xshashliklariga asoslangan edi. Ta’kidlanishicha, madaniyatlar evolyusion o’zgarishlarining konverganetligi umumiy asoslaridan tashqari, o’xshash paleoekologik sharoitlar bilan ham xarakterlanadi. Shu ma’noda, levant, oltoy hamda o’rta osiyo qadimgi aholisi tog’larda va tog’oldi hududlarida yashagan bo’lishib, bu joylarda tabiat o’zining murakkab tuzulishi va katta mozaikligi bilan ajralib turadi. Birgina, vodiyda bir vaqtning o’zida igna va yapoloq bargli o’rmonlar, mayda bargli va tayga o’simliklari, quruq dasht va o’tloq dashtli assosiasiyalar hukm surgan. Bu holat ibtidoiy odamlarga o’zlari uchun qulay ekologik muhitni tanlash imkonini bergan.
Shunday qilib, migrasiya qilgan guruhlar aholisining madaniy evolyusiyasi o’xshash ekologik sharoitlarda sodir bo’lgan va bu (populyasiyalarning filogenetik va madaniy yaqinligidan tashqari) so’ngi paleolit davri madaniyatlarining shakllanishidagi umumiy adaptasion jarayondir38.

Download 43.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling