Mavzu: Kommutatorlar va konsentratorlar, ularning ishlash prinsiplari va qiyosiy tahlili Kommutatorlar va konsentratorlar
Download 32.02 Kb.
|
tarmoqlar mustaqil ish2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI "Kompyuter injiniring" fakulteti "Kompyuter tizimlari" kafedrasi "Kompyuter tarmoqlari” fanidan Mustaqil ish-№2 Bajardi: KI 20-02-guruh talabasi Qo’ziboyev Sherzod Qabul qildi:Sattorov.M SAMARQAND – 2022 Mavzu: Kommutatorlar va konsentratorlar, ularning ishlash prinsiplari va qiyosiy tahlili Kommutatorlar va konsentratorlar. Kommutator yoki svitch (switch) lokal tarmoqga ulanuvchi qurilmalar soni ikkitadan ortiq bo‘lganda ularni o‘zaro bog‘lanishlari uchun qo‘llaniladi. Demak lokal kompyuter tarmog‘ini tashkil etishdagi kommutator asosiy kommunikatsiya qurilmasidir. Shuningdek unutmaslik kerakki, kommutator o‘rnida tarmoq konsentratorini ham qo‘llash mumkin. Konsentrator va kommutator asosida lokal tarmoqlarni tashkil etishning farqli xususiyatlarini quyida ko‘ribchiqiladi. Konsentratorning kommutatorga nisbatan afzalligi faqat uning portlarini signalni kuchaytirish imkoniyatiga egaligi va narxining arzonligidadir. Ammo lokal tarmoq tarkibidagi ulanuvchi qurilmalar soni 8 tadan ortgandan so‘ng konsentrator tarmoqning ishlash tezligini pasayishiga sabab bo‘ladi. Kommutatorlar Kommutatorlar turli portlarga ega bo‘lishi mumkin, ya’ni 100 Mbit/s tezlikda ulanishni ta’minlovchi Fast Ethernet portlariga yoki 1 Gbit/s tezlikda ulanishni ta’minlovchi Gigabit Ethernet portlariga. Uy sharoitida qo‘llaniluvchi kommutatorlardagi portlar soni odatda 8 tadan oshmaydi. Kommutatorlarni ikki guruxga ajratish mumkin: boshqariluvchi va boshqarilmaydigan. Boshqariluvchi kommutatorlarni maxsus dasturiy vosita yordami kompyuter qurilmasi yordamida sozlash mumkin. Ya’ni bunday kommutatorlarni yoki konsol kabeli yordamida kompyuterga ulab, so‘ngra kompyuterga o‘rnatilgan dastur yordamida kommutatorning sozlash oynasiga kirib uni sozlashni amalga oshirish mumkin.Ammo bunday kommutatorlar lokal tarmoqlarni tashkil etishda deyarli qo‘llanilmaydi, ularning narxi qimmatligi va lokal tarmoq qurishda qo‘llash maqsadga muvofiq emasligi sababli. Lokal tarmoqlarni qurishda boshqarilmaydigan kommutatorlar qo‘llash eng samarali yechimdir. Download 32.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling