Mavzu: kompaniya ahvolining tahlili


Agar firma zanjirning orqa yoki oldingi qismlarida raqobatbardoshlikni qo’ldan boy bersa, u raqobatbardoshlikni tiklash maqsadida o’z ichki xatti-harakatlarini o’zgartirishi mumkin


Download 386.34 Kb.
bet2/3
Sana26.01.2023
Hajmi386.34 Kb.
#1126569
1   2   3
Bog'liq
8-9-10mavzu

Agar firma zanjirning orqa yoki oldingi qismlarida raqobatbardoshlikni qo’ldan boy bersa, u raqobatbardoshlikni tiklash maqsadida o’z ichki xatti-harakatlarini o’zgartirishi mumkin.

Qiymat Bo’shliqlari asosan zanjirning orqa qismida yotsa, firma quyidagi olti xil strategik xatti-harakatlarni amalga oshirishi mumkin:


yetkazib beruvchilar bilan o’zi uchun qulay narxlar to’g’risida kelishib olishi
yetkazib beruvchilar bilan ularning xarajatlarini kamaytirish maqsadida ish olib borishi
moddiy xarajatlarni nazorat qilish uchun orqaga tomon integratsiyalanishi
arzonroq o’rinbosar tarkibiy qismlardan foydalanishga urinishi
taqsimotning narxlari maqbul bo`lgan yangi manbalarini topishi
zanjirning boshqa qismlarida tejamkorlik evaziga farqni kamaytirishga urinishi mumkin

Qiymat Bo’yicha raqobatbardoshlikning boy berilishiga sabab zanjirning ichki sohalarida bo’lsa, quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:


byudjetning ichki moddalarini taftish qilish
ishchilarning va qimmatbaho asbob-uskunalarning mehnat unumdorligini ko’tarishga urinish
ba’zi texnologik jarayonlarni firmaning o’zida emas, balki chetda bajarish foydaliroq bo’lish-bo’lmasligini o’rganib chiqish
resurslarni tejovchi texnologik yangiliklarni investitsiyalash
qiymatning xavf tug’dirayotgan tarkibiy qismlarini ishlab chiqarish va asbob-uskunalarga yangi investitsiyalar obyekti sifatida ko’rib chiqish
mahsulotning qiymatini kamaytirish maqsadida uni yangilash

Firmaning raqobat pozitsiyasi kuchini baholash

Firmaning raqobat prozitsiyalarini baholash uchun muvaffaqiyatning asosiy omillari bo’yicha balli baholar shkalasidan foydalaniladi. Bunda firma va uning raqiblari bo’yicha ana shunday omillar solishtirib ko’riladi.

Umumiy qoida: kompaniya o`zining raqobatdagi kuchli jihatlarini ko’paytirib borishi va o`zining raqobatchilikdagi zaif jihatlarini himoya qilishi kerak. U o’z strategiyasida o`zining kuchli jihatlariga tayanishi va zaif jihatlarini mustahkamlashga oid chora-tadbirlarni ko’rishi lozim.


Download 386.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling