Mavzu: kompleks birikmalar. Vernerning koordinatsion nazariyasi. Koordinatsion nazariyaning holatlari
Download 19.54 Kb.
|
BIRIKMALAR va ularni hisoblash
2. gidratlar va akvakomplekslar. Anoganik moddalarda suv molekulasi bilan birikib turg‘unligi turli bо‘lgan birikmalar hosil qilish hodisasi keng tarqalgan. Ichki va sirtqi qavatida suv molekulalari tutgan koordinatsion birikmalar g i d r a t l a r deb nomlangan. Agar suv molekulasi koordinatsion birikmalarda ligandlik vazifasini bajarsa, bunday birikmalarni a k v a – k o m p l ye k s l a r deb ataladi. Tuzlar gidratlarining kristall panjarasida suv molekulalari joylashib qoladi ; buning ikkita sababi bor : birinchisi – ion dipol tortilishi bо‘lib, ikkinchisi – mustahkam vodorod bog‘lanishning mavjudligidir. Suv molekulalari ba’zi kristallgidratlarda kristall panjara bо‘shlig‘ini tо‘latib, modda tuzilishini mustahkamlaydi ; aks holda, panjarada katta kation yoki anion borligi sababli kristall oson yemirilib ketadi. Masalan, FeSiF6 · 6H2O va Na2XeO6 · 8H2O barqaror kristallgidratlar jumlasiga kiradi, lekin FeSiF6 va Na4XeO4 suvsiz holda mavjud emas. Bunga sabab katta zaryadli anion (masalan, SiF62- ) bilan xuddi о‘zidek ikkinchi anion (masalan: yana SiF62- ) orasidan itarilish kuchi yuzaga keladi; shuning uchun kristall panjara suv molekulalari bо‘lmagan sharoitda barqaror kristall panjara hosil bо‘lmaydi. Kristallgidrat tarkibidagi suv molekulalarining hammasi metall ionni qurshab olmagan hollarda ham, bu molekulalar vodorod bog‘lanish hosil bо‘lishida ishtirok etadi.
Download 19.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling