3. Atsidokomplekslar. Ligandlari kislota qoldiqlaridan iborat koordinatsion birikmalar atsidokomplekslar deb ataladi. - 3. Atsidokomplekslar. Ligandlari kislota qoldiqlaridan iborat koordinatsion birikmalar atsidokomplekslar deb ataladi.
- Masalan, K4[Fe(CN)6]: atsidokomplekslarda bir nechta xil kislota qoldig‘i ham bо‘lishi mumkin. Masalan, K2[Pt(NO2)4 Br2].
- Qо‘shaloq tuzlar ham atsidokomplekslar jumlasiga kiradi. Qо‘shaloq tuzlar bilan haqiqiy koordinatsion birikmalar orasidagi ayirma shundaki, qо‘shaloq tuz suvda eritilganda о‘z tarkibidagi ionlari parchalanib ketadi. Masalan, karnallit KCl · MgCl2 · 6H2O ni K[MgCl3] tarkibli koordinatsion birikma deb qarash mumkin. Agar bu modda barqaror koordinatsion birikma bо‘lganida edi, eritmada K+ va MgCl3- ionlariga parchalanardi, vaholanki, karnallit suvda eritilganda K+, Mg+2 va Cl – ionlarini hosil qiladi.
Koordinatsion birikmalar sinflari. - Xozirda koordinatsion birikmalar tо‘rt sinfga bо‘linadi.
- A.Molekulyar monodentat ligandli koordinatsion birikmalar. Bular jumlasiga ammiakatlar, gidratlar hamda metall karbonillar kiradi. Masalan, [Cu (NH3)4] SO4, [Al (H2O)6] Cl3, [Ni (CO)4], [Co2 (CO)8].
- B. Ion ligandli koordinatsion birikmalar. Bularga ligandlari kislota qoldig‘idan iborat atsidokomplekslar kiradi. Masalan : Na3 [AlF 6], Na2 [HgI4], Na2 [PdBr4], K4 [Fe (CN) 6], K2 [BeF4] va hokazolar. Okso – va gidroksokoordinatsion birikmalar ham shu sinfga kiradi.
- S. Siklik koordinatsion birikmalar tarkibida bidentat va polidentat ligandlar bо‘lishi mumkin. Masalan : [Co[NH2 (CH2)2 NH2]3] Cl3, [Co (asas)3] va hokazo. Agar [Co (NH3)6] Cl3 tarkibidagi 6 ta NH3 ni uchta etilendiamin molekulasiga aralashtirilsa [CoEn3] Cl3 hosil bо‘ladi. Bunda har qaysi etilendiamin molekulasi metall bilan ikkita σ – bog‘ orqali birikadi. Natijada uchta besh a’zoli halqaga ega bо‘lgan kompleks hosil bо‘ladi. (asas – atsetilatseton – O = C (CH3) – CH = C (CH3) – O – anioni ham 5 a’zoli halqa hosil qiladi, unda fragmentidan
- uchtasi markaziy atom atrofida koordinatsiya holatida bо‘ladi. Bunday birikmalar x ye l a t k o o r d i n a s i o n b i r i k m a l a r deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |