Ikkinchi misol tariqasida ichki koordinatsion birikmalarni kо‘rsatish mumkin. Agar polidentat ligandning bir atomi markaziy atom bilan kovalent (ba’zan ionli) tarzda birikib, ligandning ikkinchi atomi donor – akseptor mexanizm bо‘yicha markaziy atom bilan birikkan bо‘lsa, hosil bо‘lgan holatni ― i ch k i k o o r d i n a s i o n b i r i k m a deb ataladi. Masalan, glitsin nomli aminokislota mis sulfat bilan reaksiyaga kirishganida misning ichki kompleks birikmasi hosil bо‘ladi : - Ikkinchi misol tariqasida ichki koordinatsion birikmalarni kо‘rsatish mumkin. Agar polidentat ligandning bir atomi markaziy atom bilan kovalent (ba’zan ionli) tarzda birikib, ligandning ikkinchi atomi donor – akseptor mexanizm bо‘yicha markaziy atom bilan birikkan bо‘lsa, hosil bо‘lgan holatni ― i ch k i k o o r d i n a s i o n b i r i k m a deb ataladi. Masalan, glitsin nomli aminokislota mis sulfat bilan reaksiyaga kirishganida misning ichki kompleks birikmasi hosil bо‘ladi :
- 2NH2 CH2 COOH + CuSO4 → H2SO4 + [Cu (NH2CH2 COO)2 ]
-
- bis (glitsinato) mis (II)
- Kompleksonlar, sendvich va π – komplekslar ham shu sinfga kiradi.
- Etilendiamintetraatsetat kislotaning ioni polidentat ligandlar jumlasiga kiradi.
D. Sendvich birikmalar. 1951 yilda ferrotsen [Fe (C5H5)2] sintez qilindi. Keyinchalik uning sendvich (buterbrod) tuzilishga ega ekanligi isbotlandi. Uning tarkibida temir ioni ikkita siklopentadiyenil ioni C5H5 bilan birikkan. Uning tuzini aniqlagan E. Fisher va J. Uilkonson nobel mukofotini olishga sazovor bо‘ldilar. Ferrotsenning tuzilishi quyidagicha. Unda temirning koordinatsion soni 6 ga teng. - D. Sendvich birikmalar. 1951 yilda ferrotsen [Fe (C5H5)2] sintez qilindi. Keyinchalik uning sendvich (buterbrod) tuzilishga ega ekanligi isbotlandi. Uning tarkibida temir ioni ikkita siklopentadiyenil ioni C5H5 bilan birikkan. Uning tuzini aniqlagan E. Fisher va J. Uilkonson nobel mukofotini olishga sazovor bо‘ldilar. Ferrotsenning tuzilishi quyidagicha. Unda temirning koordinatsion soni 6 ga teng.
- Ferrotsendagi temir о‘rnini boshqa metall, masalan, nikel egallashi mumkin, u holda nikelotsen [Ni (C5H5)2] hosil bо‘ladi. Bundan tashqari ferrotsenning siklopentadiyenil halqalari ham almashinish reaksiyalariga kirishadi. Bu sinfga yana dibenzolxrom [Cr (C6H6)2] ni ham kiritish mumkin.
- Oraliq d – metallar bilan hosil qilingan karbotsiklik birikmalar qatorida dibenzolxrom muhim о‘rin tutadi. U 1919 yilda sintez qilingan bо‘lsa – da, uning tuzilishi faqat 1954 yilda aniqlandi. Xayn xrom (III) xlorid bilan C6H5 Mg Br orasidagi reaksiyani amalga oshirib, xromning bir qancha birikmalarini olishga muvaffaq bо‘ldi. Bu birikmalar tarkibida xrom bilan sendvich tarzida birikkan benzol C6H6 yoki denifil C6H5 ― C6H5 molekuklalari borligi aniqlandi. Keyinchalik dibenzolxrom metall galogenidiga aromatik uglevodorodlarni Al kukuni va AlCl3 ishtirokida bevosita ta’sir ettirish orqali hosil qilinadigan bо‘ldi.
- E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |