Mavzu: Kompleks-iqtisodiy tahlilning sistemasini yaratishning zaruriy shart-sharoiti


Iqtisodiy tahlil qilish- dialektikaning muhim xususiyatidir


Download 152.95 Kb.
bet3/9
Sana09.01.2022
Hajmi152.95 Kb.
#256344
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
iqtisodiy tahlil MI

Iqtisodiy tahlil qilish- dialektikaning muhim xususiyatidir.

Iqtisodiy tahlil o`z faoliyatida dialektikaning asosiy tamoyillariga asoslanadi. Ular quyidagilardan iborat:

-doimo harakat;

-o`zaro aloqa va o`zaro boh`liqlik;

-sabab-oqibat;

-koordinatsiya va subkoordinatsiya;

-qarama-qarshilik;

-miqdor o`zgarishidan sifat o`zgarishi;

-inkorni- inkor va shu kabilardir.

Iqtisodi yahlilning qiladigan ishlari


  • korxona iqtisodiga tashqi va ichki muhitni ko`rsatadigan ta’siri tahlili;

  • bozor holati tahlili (keng ko`lamda, tovar guruhlari va alohida tovarlar bo`yicha);

  • iste’molchilar va sotib oluvchilar tahlili;

  • raqobat holati tahlili;

  • bozordagi baho hamda o`z bahosini belgilash taktikasi tahlili;

  • moliyaviy natijalar tahlili;

O`rganilgan tashqi va ichki muhit hamda holat imkoniyatlaridan kelib chiqib korxona ishlab chiqarish faoliyatini joriy biznes rejasi to`ziladi.

Biznes rejada har bir element puxta tahlil qilish asosida belgilanadi. Chunki, ular real istiqbolli hamda eng asosiysi samarali bo`lishi shart.

Korxonada biznes reja quyidagi bo`limlardan iborat bo`ladi:


  1. Kirish—rezyum .

  1. Ishlab chiqarish maqsadi—ishlab chiqariladigan mahsulotlar ro`yhati (ularning afzalligi yoki farqi boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan taqqoslanadi).

Mahsulot sotiladigan bozor holatini belgilash (zaruriy ma’lumotlar to`plash va ularni tahlil qilish).

  1. Asosiy ko`rsatkichlar bo`yicha raqobatbardoshlikni aniqlash (ishlab chiqarish hajmi, sotish hajmi, mahsulot sifati, baho darajasi, o`rtacha foyda).

  1. Marketing strategiyasi.

  1. Ishlab chiqarish rejasi (ishlab chiqarish quvvati, hom-ashyo resurslari, mutaxassislar).

  1. Tashqiliy tamoyillar (ishlab chiqarish xizmati, ularni muvofiqlashtirish, o`zaro harakati va bir-birini nazorat etish tartibi).

  1. Tijorat tavakkali va chorasi.

  1. Moliyaviy reja.

  1. Moliyalashtirish strategiyasi.

  1. Tovar-material ta’minoti va shu kabilar.

Fikrimizni umumlashtirib, shu narsalarni aytish mumkinki iqtisodiy tahlil korxonani boshqarishni muhim funktsiyalaridan biridir.

Uning yordamida:

a) boshqaruv qarorlarini ilmiy asoslanishi ta’minlanadi;

b) mulk va mablag`lardan foydalanishning muqobillik shartlarini belgilaydi va boshqaruvchi ular qatoridan o`zi uchun maqbul bo`lgan optimal variantlarni tanlaydi;

v) istiqbolli boshqarish uchun zamin tayyorlaydi.
Bozor iqtisodiyoti–bozorning o`ziga hos qonunlari va funktsiyalarini bajarishga asoslangan iqtisodiy munosabatlar yig`indisining to`la ma’noda yuzaga chiqish shaklidir. Bu jarayonda bozor munosabatlarining barcha jihatlari, hususiyatlari amal qiladi.

Bozor sub’ektlari ya’ni ishlab chiqaruvchilar yoki haridorlar mavjud tarkib topgan tizilmadagi talab va taklif, pul muomalasi, raqobat va shu kabi tomonlarga moslashib o`z faoliyatini amalga oshirishi shart. Bu esa ularning yashab qolish yoki rivojlanishini ta’minlaydi. Aks holda, ular o`zlari oldiga qo`yilgan maqsadga erisha olmay bozor munosabatlarida o`rinlarini yo`qotadilar.




Download 152.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling