Mavzu: kompyuter buyruqlarining asosiy tizmi, buyruqlar turlari, ularning xususiyatlari
Download 301.22 Kb.
|
komp mustaqil ish 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyruqlar formatlarining to‘rtta xili.
- MOVE R1, 4
- Buyruqlar tizimi
To‘rtinchi va beshinchi sathlar – dasturchilar uchun ishlab chiqilgan quyi va yuqori sath tillaridan iboratdir. To‘rtinchi sath - turli xil protsessorlar uchun ishlab chiqilgan turli xil assembler tillaridan iborat bo‘ladi. Beshinchi sath esa amaliy dasturchilar uchun mo‘ljallangan yuqori sath tillari - C, C++, Java kabi tillardan tashkil topgan bo‘ladi.
Buyruq – amal kodi, ushbu amalda qatnashayotgan operanda yoki operandalar qayerdan olinishi va natija qayerga yozilishi kerakligi haqidagi axborotlardan iborat bo‘ladi. Buyruqlar formatlarining to‘rtta xili. a) adressiz buyruq; b) bir adresli buyruq; c) ikki adresli buyruq; d) uch adresli buyruq. Buyruqlarda amal kodi - har doim bo‘ladi, ammo adreslar esa buyruqlarda bo‘lmasligi ham mumkin. Bunday buyruqlar adressiz buyruqlar deb ataladi. Qolgan xil buyruqlarda esa bitta, ikkita yoki uchtagacha adreslar ishtirok etishi mumkin. MOVE R1, 4 – bir adresli buyruq; ADD R1, R2 – ikki adresli buyruq. Buyruqlarning xillari: 1. Ma’lumotlarni ko‘chirib yozish buyruqlari – LOAD, STORE, MOVE (1.3-jadval). 2. Ikkita operandalar ustida amallar bajarish buyruqlari - ADD, SUB, AND, OR (1.4-jadval). 3. Bitta operanda ustida amallar bajarish buyruqlari - INC, DEC, NOT, RL. 4. Taqqoslash va shartli o‘tish buyruqlari - CMP. 5. Dastur osti dasturlarini (rus tilida – подпрограмма) chaqirish buyruqlari - CALL (1.5-jadval). 6. Sikllarni boshqarish buyruqlari. 7. Ma’lumotlarni kiritish-chiqarish buyruqlari – IN, OUT. Buyruqlar tizimi Mikroprotsessorlarning buyruqlar tizimi 98 ta buyruqlardan tashkil topgan: 19 ta ma’lumotlarni uzatish komandalari, 38 ta ma’lumotlarni qayta ishlash komandalari, 24 shartli va shartsiz o‘tishmalar va 24 CPU komandalari. Jami buyruqlar uchun taxminan 4000 variant mavjud. Umuman Intel 8086 mikroprotsessor buyruqlari 6 guruhga bo‘linadi: 1. Aloqa buyruqlari: MOV, XCHG, PUSH, POP, PUSHF, POPF, LEA, LDS, LAHF, SAHF, XLAT, IN. 2. Aritmetik buyruqlar: ADD, ADC, INC, AAA, DAA, SUB, SBB, Dec, NEG, CMP, AAS, DAS, MUL, IMUL, DIV, IDIV, AAM, AAD. 3. Mantiqiy buyruqlar: QAYD, SHL / SAL, SHR, SAR, ROL, ROR, RCL, RCR, AND, TEST, OR, XOR. 4. Zanjirdagi manipulyatsiya buyruqlari: CMPS, LODS, MOVS, REP, SCAS, STOS. 5. Bog‘lanish buyruqlari: JMP, CALL, RET, LOOP / LOOPE, LOOPZ, LOOPNE / LOOPNZ, JCXZ, JE / JZ, JNE / JNZ, JL / JNGE, JLE / JNG, 141 JB / JNAE, JBE / JNA, JP / JPE , JNP / JPO, JO, JNO, JS, JNS, JG / JNLE, JGE / JNL, JA / JNBE, JAE / JNB. 6. CPU nazorat buyruqlari: CLC, CMC, STC, CDL, STD, CLI, HLT WAIT, ESC, LOCK. Download 301.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling