Mavzu: Kompyuter kesh-xotirasi xususiyatlari, bir va koʼp bosqichli kesh xotira


Download 410.4 Kb.
Sana08.10.2020
Hajmi410.4 Kb.
#132865
Bog'liq
Мавзу 5

Mavzu: Kompyuter kesh-xotirasi xususiyatlari, bir va koʼp bosqichli kesh xotira


Fan nomi: “Kompyuter arxitekturasi”

O`qituvchi: Norov Elnur Islomovich


Mavzu bo`yicha adabiyotlar

  • Баденко В.Л. Высокопроизводительные вычисления. Учебное пособие. СПб. Изд. Политехнического университета. 2010. -180 с.
  • Таненбаум Э., Остин Т. Архитектура компьютера // 6-е издание. СПб.: Питер, 2013. — 811 с
  • Мусаев М.М. ―Процессоры современных компьютеров. Тошкент.: ―Aloqachi нашриёти, 2020 йил. 12 боб. 512 бет. – Олий ўқув юртлари учун қўлланма
  • Юнусов Ж.Ю.,Абасхонова Х.Ю., Рақамли қурилмалар ва микропроцессор тизимлари.Касб –хунар коллежлари учун ўқув қўлланма. Т.-Молия иқтисод, 2010й-256 в.

Reja:

  • Xotirada texlik muammosi
  • To`xtalishlarni oldini olish usullari
  • To`xtalishlarni oldini olish yechimlari
  • Kesh-xotira
  • Xotira manzillariga murojaat
  • Lokallik prinsipi
  • Xotiraga kirishning o`rtacha vaqti
  • Kesh-xotirada xaritalash usullari
  • To`g`ridan-to`g`ri xaritalash
  • Assotsiativ xaritalash
  • Set-Assotsiativ xaritalash

Xotirada texlik muammosi

  • Protsessorlar xotira qurilmalariga nisbatan ancha tez ishlaydi. Lekin protsessorlar va xotira qurilmalari parallel ravishda takomillashayotganiga qaramasdan bu tafovvut saqlanib qolmoqda.
  • Protsessorlarni ishlab chiqaruvchilar protsessor tezligini yanada oshirish uchun konveyer va superskalyar arxitekturalarni ham qo`llamoqdalar.
  • Biroq xotira ishlab chiqaruvchilari odatda xotira hajmini oshirish imkoniyatlarini ko`proq qidirishmoqda, shuning uchun xotira qurilmalarining ishlash tezligini oshirish hali ham dolzarbligicha qolmoqda.
  • Bu tafovvut protsessor ish jarayonida xotiradan ixtiyoriy so`z (word)ni olishi uchun bir qancha siklni amalga oshirishi kerak bo`ladi.
  • Xotira qancha sekin ishlasa axborot olish uchun protsessor shuncha ko`p vaqt kutishi va nisbatan ko`p sikllarni amalga oshirishi kerak bo`ladi.

To`xtalishlarni oldini olish usullari


Ushbu masalani hal qilishning 2 xil usuli mavjud:
  • 1-usul. Ma`lumotlarni xotiradan o`qish davomida u bilan bog`liq buyruqlarni bajarib borish. Agar qaysidir buyruq ixtiyoriy so`z (word)ni xotiradan o`qilguniga qadar ushbu so`zdan foydalanishni talab qilsa, u xolda protsessor ushbu buyruqni to`xtatadi. Xotira qanchalik sekin ishlasa, buyruqlarni to`xtatish shunchalik ko`p uchraydi.
  • 2-usul. Bu usulda shunday kompyuterni ishlab chiqish talab etiladi-ki, unda kompilyator-dasturlar so`z (word) xotiradan o`qilmasidan avval uni ishlatmaydi va to`xtalishlarni oldi olinadi. Lekin bu oson ish emas. Odatda bu usulda to`xtalishlar apparat sathida emas balki dastur sathida amalga oshadi.

To`xtalishlarni oldini olish yechimlari

  • Bu muammoning yechimi texnik jihatdan emas balki iqtisodiy jihatdan qaraladi.
  • Texnik nuqtai-nazardan protsessor kabi tez ishlovchi xotira qurilmasini tashkil etish mumkin.
  • Lekin bunday xotira qurilmasini protsessorning mikrosxemalariga joylashtirish talab etiladi, sababi ma`lumotlarni shinalar orqali uzatish sekin amalga oshadigan jarayondir.
  • Mikrosxemalarga katta o`lchamdagi xotira qurilmasini joylashtirish protsessor o`lchamini oshiradi va tabiiyki uning narxi ham ortadi. Bu o`rinda protsessor o`lchamlarini haddan tashqari oshirib yubormaslik muhim hisoblanadi.
  • Ishlab chiqaruvchi va foydalanuvchilardan kichik jahmdagi tezkor va katta hajmdagi nisbatan sekin ishlovchi xotiradan birini tanlash talab etiladi.

Kesh-xotira

  • Kichik hajmdagi tezkor va katta hajmdagi sekin ishlovchi xotirani birlashtirish imkonini beruvchi texnologiya yordamida arzon, tezkor va katta hajmdagi xotiradan foydalanish imkoniyati yaratildi.
  • Kichik hajmdagi katta tezlikda ishlovchi xotira Kesh-xotira deb ataladi.
  • Fransuz tilidan “cacher” – “berkitish”, “yashirish” ma`nolarini anglatadi.

Kesh-xotira

Kesh-xotiraning Markaziy protsessorda joylashishi

  • Kesh-xotira tashkil etish g`oyasi juda soda bo`lib, u o`zida tez-tez takrorlanuvchi so`zlarni (word) saqlab turadi.
  • Agar protsessorga biror bir so`z kerak bo`lsa u albatta dastlab kesh-xotiraga murojaat qiladi.
  • Agar zarur so`z kesh-xotirada mavjud bo`lmasa, u xolda asosiy xotiraga murojaat amalga oshiriladi.
  • So`zning kesh-xotirada mavjudligi uni o`qish uchun vaqt sarfini keskin qisqartiradi

Xotira manzillariga murojaat

  • Dasturlar xotiraga taxminan kirishni amalga oshirmaydi. Agar dasturga A manzilga kirish kerak bo`lsa, undan so`ng dastur A manzilga yaqin joylashgan manzilga kirishiga to`g`ri keladi.
  • Amaliy jihatdan dasturning oddiy buyruqlari ketma-ket joylashgan xotira maydonlaridan chaqiriladi.
  • Bundan tashqari dasturlarning katta vaqt ulushi sikllarni bajarish uchun, ya`ni bir nechta buyruqlar to`plamini qayta-qayta bajarishga sarflanadi.

Lokallik prinsipi

  • Ma`lum vaqt oralig`ida xotiraga takroriy kirishlar davomida xotiraning faqat ma`lum bir qismidangina foydalanish - Lokallik prinsipi deb ataladi.
  • Ushbu prinsip barcha kesh-xotiraning asosini tashkil etadi.
  • Lokallik prinsipining go`yasi qachon ixtiyoriy so`zni xotiradan chaqirilganida, bu so`z qoshni so`z bilan birga kesh xotiraga o`tkaziladi va navbatdagi so`rovda keyingi so`zga tezkor murojaatni amalga oshiriladi.
  • Agar so`z k marta yoziladigan yoki o`qiladigan bo`lsa, kompyuter sekinroq ishlovchi asosiy xotiraga 1 marta va tez ishlovchi kesh-xotiraga k-1 marta murojaat qilishi talab etiladi. k qanchalik katta bo`lsa, samaradorlik shunchalik yuqori bo`ladi.

Xotiraga kirishning o`rtacha vaqti

  • Odatda xotira bilan bog`liq bo`lgan qat`iy hisoblashlarni amalga oshirishimiz mumkin.
  • c – kesh-xotiraga kirish vaqti;
  • masosiy xotiraga kirish vaqti
  • hkesh hitlari (hit ratio) koeffitsienti – kesh-xotiraga va xotiraga umumiy murojaatlarning ja`mi soni o`rtasidagi nisbatni ifodalaydi. h = (k-1)/k.
  • Ba`zi xollarda kesh miss ratio koeffitsienti qo`llaniladi, 1-h
  • Bu orqali kirishlar uchun sarflangan o`rtacha vaqtni hisoblash mumkin:

  • o`rtacha kirish vaqti = c + (1 — h) m

Kesh-xotirada xaritalash usullari

  • Mantiqiy jihatdan kesh-xotira protsessor va asosiy xotira o`rtasida joshlashadi.
  • Lekin amaliy jihatdan ularni 3 xil usulda xaritalash (mapping) orqali joylashtirish mumkin
  • Kesh-xotira uchun uch xil xaritalash turi qo'llaniladi: to'g'ridan-to'g'ri xaritalash, assotsiativ xaritalash va Set-Assotsiativ xaritalash.

To`g`ridan-to`g`ri xaritalash

  • To'g'ridan-to'g'ri xaritalash deb nomlanuvchi eng oddiy usul har bir asosiy xotiraning blokini faqat bitta mumkin bo'lgan kesh qatoriga joylashtiradi.
  • To'g'ridan-to'g'ri xaritalashda har bir xotira blokini keshdagi ma'lum bir qatorga tayinlanadi.
  • Agar yangi blokni joylash kerak bo'lsa, oldinroq xotiraga olingan blok o`chirib tashlanadi. Manzil maydoni ikki qism indeks maydoniga va yorliq maydoniga bo'lingan.
  • Kesh yorliq maydonlarini saqlash uchun ishlatiladi, qolganlari asosiy xotirada saqlanadi.
  • To'g'ridan-to'g'ri xaritalashning ishlashi hit ratio koefitsienti nisbati bilan mutanosib.

To`g`ridan-to`g`ri xaritalash

  • Keshga kirish uchun har bir asosiy xotira manzili uchta maydondan iborat deb qarash mumkin.
  • Eng kam ahamiyatli bitlar asosiy xotira blokidagi noyob so'z yoki baytni aniqlaydi.

Assotsiativ xaritalash


Ushbu turdagi xaritalashda assotsiativ xotira so'zining tarkibi va manzillarini saqlash uchun ishlatiladi.

Set-Assotsiativ xaritalash

  • Ushbu xaritalash shakli to'g'ridan-to'g'ri xaritaning kamchiliklari olib tashlanib rivojlantirilgan shakli hisoblanadi.
  • Assotsiativ xaritalashni o'rnatish to'g'ridan-to'g'ri xaritalash usulida mumkin bo'lgan kamchiliklarni hal qiladi.
  • Buni bloklar keshga joylashtiradigan bitta satrga ega bo'lish o'rniga, bir nechta satrlarni guruh qilib, to'plamni yaratish deb aytiladi.
  • Keyin xotira bloki ma'lum bir to'plamning istalgan satriga xaritani joylashtirishi mumkin.
  • Set-assosiativ xaritalash keshda mavjud bo'lgan har bir so'z asosiy indeks manzili uchun ikkita yoki undan ko'p so'zdan iborat bo'lishi mumkin.
  • Set-Assotsiativ kesh xaritalashda to'g'ridan-to'g'ri va assotsiativ kesh xaritalash usullarining eng yaxshi imkoniyatlari birlashtiriladi.

Set-Assotsiativ xaritalash

E`tiboringiz uchun rahmat

E`tiboringiz uchun rahmat


Download 410.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling