Dasturiy moslik qoidasi birinchi marta IBM/360 tizimini ishlab chiqaruvchilar tomonidan keng miqyosda qo’llanilgan. Ushbu tizimning bir qancha modellarida loyihalashning asosiy vazifasi - narxi va unumdorligidan qat’iy nazar tizimning barcha modeli uchun foydalanuvchilar nuqtai nazarida bir xil bo’lgan arxitekturani yaratishdan iborat bo’lgan. Bunday yondashuvning katta afzalligi shundaki, mavjud dasturiy ta’minotda bajarilayotgan ishlar yangi (qoida bo’yicha bir muncha yuqori unumdorli) modelga o’tganda mavjud ish holatini saqlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |