Mavzu: Kompyuter viruslarininng xarakteristikalari, viruslarni aniqlash va ulardan himoya qilish dasturlari. Arxivlashtirish va Antivirus dasturlari bilan tanishish va unda ishlash


Download 9.46 Kb.
bet2/3
Sana12.11.2023
Hajmi9.46 Kb.
#1767972
1   2   3
Bog'liq
Reja Virus va uning turlari-www.hozir.org

Rezident viruslar faollashganlaridan so‘ng to‘laligicha yoki qisman yashash muhitidan (tarmoq, yuklama sektori, fayl) hisoblash mashinasining asosiy xotirasiga ko‘chadi. Bu viruslar, odatda, faqat operatsion sistemaga ruxsat etilgan imtiyozli rejimlardan foydalanib yashash muhitini zaharlaydi va ma’lum sharoitlarda zararkunandalik vazifasini bajaradi. Rezident bo’lmagan viruslar faqat faollashgan vaqtlarida hisoblash mashinasining asosiy xotirasiga tushib, zaharlash va zararkunandalik vazifalarini bajaradi. Keyin bu viruslar asosiy xotirani butunlay tark etib yashash muhitida qoladi. Agar virus yashash muhitini zaharlamaydigan dastumi asosiy xotiraga joylashtirsa, bunday virus rezident bo'lmagan virus hisoblanadi.
Virusning zararkunandalik imkoniyatlari ularni yaratuvchining maqsadi va malakasiga hamda kompyuter sistemalarining xususiyatlariga bog‘liq.
Kompyuter viruslarini foydalanuvchining axborot resurslari uchun xavflilik darajasi bo'yicha quyidagilarga ajratish mumkin:
beziyon viruslar;
• xavfli viruslar;
• juda xavfli viruslar.
Algoritmlarning murakkabligi, mukammallik darajasi va yashirinish
xususiyatlari bo‘yicha yashash makonini o'zgartiradigan viruslar:
• talaba viruslar;
• «stels» viruslar (ko'rinmaydigan viruslar);
• polimorf viruslarga bo‘linadi.

Talaba viruslar malakasi past yaratuvchilar tomonidan yaratiladi.
Bunday viruslar, odatda, rezident bo'lmagan viruslar qatoriga kiradi, ularda ko'pincha xatoliklar mavjud bo‘ladi, osongina taniladi va yo‘qotiladi.


«Stels» viruslar malakali mutaxassislar tomonidan yaratiladi. «Stels» viruslar operatsion sistemaning shikastlangan fayllarga murojaatlarini ushlab qolish yo‘li bilan o'zining yashash makonida ekanligini yashiradi va operatsion sistemani axborotning shikastlanmagan qismiga yo'naltiradi.Virus rezident hisoblanadi, operatsion sistema dasturlari ostiga yashirinadi, xotirada joyini o‘zgartirishi mumkin. «Stels» — viruslar rezident antivirus vositalariga qarshi ta’sir ko‘rsata ohsh qobiliyatiga ega.

Polimorf viruslar ham malakali mutaxassislar tomonidan yaratiladi va doimiy tanituvchi guruhlar — signaturalarga ega bo‘lmaydi. Oddiy viruslar yashash makonining zaharlanganligini aniqlash uchun zaharlangan obyektga maxsus tanituvchi ikkili ketma-ketlikni yoki simvollar ketma-ketligini (signaturani) joylashtiradi. Bu ketma-ketlik fayl yoki sektorning zaharlanganligini aniqlaydi. Polimorf viruslar virus tanasini shifrlashdan va shifrlash dasturini turlantirishdan foydalanadi. Bunday o'zgartirish evaziga polimorf viruslarda kodlarning muvofiqligi bo’lmaydi.


Download 9.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling