Mavzu: Kompyuterda masalalarni yechish bosqichlari


Download 15.61 Kb.
Sana14.04.2023
Hajmi15.61 Kb.
#1356660
Bog'liq
Mavzu kompyuterda masala yechish


Mavzu: Kompyuterda masalalarni yechish bosqichlari
Reja:
1. Matematik model tushunchasi;
2. Statsion va nostatsion modellar;
3. Parametrlari to’plangan va tarqoq modellar;
4. Masalani EHMda yechish bosqichlari;

Matematikmodel tushunchasi Qadim zamonlardan beri inson o’z imkoniyatlarini kengaytirishga harakat qilib, turli mehnat qurollarini yaratib kelgan. Masalan, uzoqni ko’rolmaslikni mikroskop, teleskop, radiolokator kabi buyumlarni yaratish bilan qoplagan bo’lsa, bir-biriga ma‘lumotlar uzatishdagi cheklangan imkoniyatlarini telefon, radio va televideniya hisobiga kengaytirmoqda. Elektron hisoblash mashinalarining yaratilishi va ularning keskin rivojlanib borishi inson ongining imkoniyatlarini to’ldiribgina qolmay, uning turli-tuman ma‘lumotlarni tahlil qilish va o’zining ish faoliyatida uchrovchi masalalar yechimini qabul qilish tezligini ham jadal sur‘atda o’stiradi. Shunday qilib, fan va texnikaning rivojlanishi va o’ta murakkab jarayonlarning hisob ishlarini sifatli va tez bajarilishini talab etayotgan bir paytda,- yuqori texnologiyali elektron hisoblash mashinalarining ishlab chiqilishi tabiiy bir holdir. XXI asr – kompyuterlashtirish asrida insoniyat faoliyatining barcha jabhalariga kompyuterlar jadal sur‘atda kirib bormoqda
Zamonaviy kompyuterlarning ko’payib borishi esa tabiiy ravishda undan foydalanuvchilarning safini ortib borishiga turtki bo’ladi. Odatda kompyuterdan foydalanuvchilar sinfi juda ham xilma-xildir. Lekin, umumiy qilib ularni kompyuterlardan o’z ishlarini bajarishda tayyor dastur mahsuloti sifatida foydalanuvchi-operatorlar sinfi va ular uchun zarur bo’lgan dastur ta‘minotlarini yaratuvchi-dasturchilar sinfiga ajratish mumkin. Dasturchilar sinfini esa o’z navbatida shartli ravishda tizimli va amaliy dasturchilar guruhlariga ajratamiz. Mazkur «Algritmik tillar va dasturlash» fanidan yozilgan ma‘ruzalar matni amaliy dasturchilar guruhiga tegishli mutaxassislarni, institutning «Informatika va axborotlar texnologiyasi» kafedrasida «Informatika va AT» yo’nalishi bo’yicha ta‘lim olayotgan texnik bakalavrlar va kasbiy ta‘lim bo’yicha muhandis-muallimlarni Turbo-Paskal algoritmik tiliga o’rgatish uchun mo’ljallangan. Elektron hisoblash mashinalari bilan bevosita ishlashdan oldin qanday ishlarni bajarish kerakligini ko’rib chiqaylik. Istalgan hayotiy, matematik yoki fizik va hokazo masala shartlarini ifoda qilish dastlabki ma‘lumotlar va fikrlarni tasvirlashdan boshlanadi va ular qat‘iy ta‘riflangan matematik yoki fizik va hokazo tushunchalar tilida bayon qilinadi. So’ngra masalani yechishning maqsadi, ya‘ni masalani yechish natijasida ayni nimani yoki nimalarni aniqlash zarurligi ko’rsatiladi. Masalani o’rganish uning matematik modelini tuzishdan boshlanadi, ya‘ni uning o’ziga xos asosiy xususiyatlari ajratiladi va ular o’rtasidagi matematik munosabat o’rnatiladi.Boshqacha qilib aytganda, dastlab o’rganilayotgan fizik hodisaning mohiyati, belgilari, ishlatiladigan ko’rsatkichlar so’zlar yordamida batafsil ifoda etiladi, so’ngra fizik qonunlar asosida kerakli matematik tenglamalar keltirilib chiqariladi.

Download 15.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling