Mavzu: Kompyuterlarning texnik ta`minoti. Gadjetlar: Smartfonlar, planshetlar, noutbuklar
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu (3)
Noutbuklarning kamchiliklari:
• Narxining qimmatligi. Bu noutbuklarning eng katta kamchiligi. Bir xil qurilma va qo‘shimchalarga egabo‘lgan stol kompyuteri va noutbuk solishtirsa, noutbukning narxi o‘rtacha 150$ qimmatroq bo‘ladi. Bundan tashqari, noutbuklarga nisbatan oddiy kompyuterlardan foydalanish samaradorligi yuqori. • Ish unumdorligining yuqori emasligi. Noutbuklarning kichik o‘lchamlari ishlash davomida uni sovitib turish uchun maxsustalablarni keltirib chiqaradi. Yuqori grafikali o‘yinlarni o‘ynashga mo‘ljallangan noutbuklar ham xuddi shunday talablarga mo‘ljallangan stol kompyuterlari bilan tenglasha olmaydi, xususan, uch o‘lchamli modellashtirish va loyihalash, muhandislik hisob-kitoblari va shunga o‘xshashlar. O‘lchamlarning kichikligi tufayli noutbuklar kam quvvat sarflashga mo‘ljallangan. Agar ularda yuqorida sanab o‘tilgan «og‘ir» ishlar bajarilsa, tezda qizib ketadi. Bu esa ba'zan noutbuklarning ish davomida o‘chib qolishiga olib kelishi mumkin.
• Modernizatsiyalashning chegaralanganligi. Noutbuk tarkibiy qismlari, masalan, protsessor, videokarta, tezkor xotira (RAM), doimiy xotira qurilmalari asosan o‘sha model uchungina mo‘ljallab ishlab chiqarilgan bo‘ladi. Agar noutbukning qaysidir qismi buzilgan bo‘lsa yoki yangirog‘iga almashtirish kerak bo‘lsa, o‘sha qismni topish qiyinbo‘ladi. Stol kompyuterlarida esa tezkor xotira qurilmasi, qattiq disk va shu kabilarni mustaqil ravishda osongina almashtirish mumkin. Noutbuklarda almashtirish mumkin bo‘lgan taqdirda ham yuqori malakali usta-mutaxassislarga murojaat qilish kerak bo‘ladi. • Turli xil operatsion tizimlar bilan moslasha olmaslik. Noutbuk ishlab chiqaruvchilarning ko‘pchiligi uni ma'lum bir operatsion tizimda ishlashga mo‘ljallaydilar. Chunki noutbuklarda oddiy kompyuterlarnikiga qaraganda maxsus dasturlar ko‘proq ishlatiladi va bu dasturlar faqat muayyan operatsion tizimlardagina ishlay oladi. Oddiy stol kompyuterlaridan farqli ravishda, noutbuklarda displey va kiritish qurilmalari (klaviaturava tachped) «o‘ziniki», ya'ni uning ichiga joylashtirilgan bo‘ladi. Bu bir tomondan ko‘chirib yurish uchun qulay bo‘lsa, ulardan foydalanishning sifati va qulayligi yuqori emas. Ma'lumki, oddiy klaviaturada ikkita asosiy blok bor: harflar varaqamlar. Hozirgi noutbuklarning ko‘pchiligining klaviaturasi faqat harf blokidan iborat, ba'zi modellardagina raqamlar bloki ham joylashtiriladi Buning uchun Wi-Fi tarmog‘ini tashkil qilib beruvchi kirish nuqtalari bo‘lishi lozim. Bunday ulanish nuqtalari ko‘pgina kafe va restoranlarga, ko‘ngil ochish bog‘lari va parklarga, aeroportlarga va mehmonxonalarga o‘rnatiladi. Shuningdek, bunday ulanish nuqtalari shaharning ma'lum tumanlariga ham joylashtiriladi. Oddiy stol kompyuterlari esa bunday ichki qurilmaga ega emas. Buning uchun Wi-Fi tashqi qurilmasini sotib olish kerak bo‘ladi.
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling