Mavzu: Kompyuterlarning texnik ta`minoti. Gadjetlar: Smartfonlar, planshetlar, noutbuklar


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/24
Sana08.01.2022
Hajmi0.58 Mb.
#238427
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
2-mavzu (3)

Noutbuklarning kamchiliklari: 

•  Narxining  qimmatligi.  Bu  noutbuklarning  eng  katta  kamchiligi.  Bir  xil 

qurilma  va  qo‘shimchalarga  egabo‘lgan  stol  kompyuteri  va  noutbuk  solishtirsa, 

noutbukning narxi o‘rtacha 150$ qimmatroq bo‘ladi. Bundan tashqari, noutbuklarga 

nisbatan oddiy kompyuterlardan foydalanish samaradorligi yuqori. 

•  Ish  unumdorligining  yuqori  emasligi.  Noutbuklarning  kichik  o‘lchamlari 

ishlash  davomida  uni  sovitib  turish  uchun  maxsustalablarni  keltirib  chiqaradi. 

Yuqori grafikali o‘yinlarni o‘ynashga mo‘ljallangan noutbuklar ham xuddi shunday 

talablarga mo‘ljallangan stol kompyuterlari bilan tenglasha olmaydi, xususan, uch 

o‘lchamli  modellashtirish  va  loyihalash,  muhandislik  hisob-kitoblari  va  shunga 

o‘xshashlar.  O‘lchamlarning  kichikligi  tufayli  noutbuklar  kam  quvvat  sarflashga 

mo‘ljallangan. Agar ularda yuqorida sanab o‘tilgan «og‘ir» ishlar bajarilsa, tezda 

qizib ketadi. Bu esa ba'zan noutbuklarning ish davomida o‘chib qolishiga olib kelishi 

mumkin. 


•  Modernizatsiyalashning  chegaralanganligi.  Noutbuk  tarkibiy  qismlari, 

masalan,  protsessor,  videokarta,  tezkor  xotira  (RAM),  doimiy  xotira  qurilmalari 

asosan  o‘sha  model  uchungina  mo‘ljallab  ishlab  chiqarilgan  bo‘ladi.  Agar 

noutbukning  qaysidir  qismi  buzilgan  bo‘lsa  yoki  yangirog‘iga  almashtirish  kerak 

bo‘lsa,  o‘sha  qismni  topish  qiyinbo‘ladi.  Stol  kompyuterlarida  esa  tezkor  xotira 

qurilmasi,  qattiq  disk  va  shu  kabilarni  mustaqil  ravishda  osongina  almashtirish 

mumkin. Noutbuklarda almashtirish mumkin bo‘lgan taqdirda ham yuqori malakali 

usta-mutaxassislarga murojaat qilish kerak bo‘ladi. 

•  Turli  xil  operatsion  tizimlar  bilan  moslasha  olmaslik.  Noutbuk  ishlab 

chiqaruvchilarning  ko‘pchiligi  uni  ma'lum  bir  operatsion  tizimda  ishlashga 

mo‘ljallaydilar. Chunki noutbuklarda oddiy kompyuterlarnikiga qaraganda maxsus 

dasturlar ko‘proq ishlatiladi va bu dasturlar faqat muayyan operatsion tizimlardagina 

ishlay oladi. 

Oddiy  stol  kompyuterlaridan  farqli  ravishda,  noutbuklarda  displey  va  kiritish 

qurilmalari  (klaviaturava  tachped)  «o‘ziniki»,  ya'ni  uning  ichiga  joylashtirilgan 

bo‘ladi.  Bu  bir  tomondan  ko‘chirib  yurish  uchun  qulay  bo‘lsa,  ulardan 

foydalanishning sifati va qulayligi yuqori emas. Ma'lumki, oddiy klaviaturada ikkita 

asosiy  blok  bor:  harflar  varaqamlar.  Hozirgi  noutbuklarning  ko‘pchiligining 

klaviaturasi  faqat  harf  blokidan  iborat,  ba'zi  modellardagina  raqamlar  bloki  ham 

joylashtiriladi Buning uchun Wi-Fi tarmog‘ini tashkil qilib beruvchi kirish nuqtalari 

bo‘lishi  lozim.  Bunday  ulanish  nuqtalari  ko‘pgina  kafe  va  restoranlarga,  ko‘ngil 

ochish  bog‘lari  va  parklarga,  aeroportlarga  va  mehmonxonalarga  o‘rnatiladi. 

Shuningdek,  bunday  ulanish  nuqtalari  shaharning  ma'lum  tumanlariga  ham 

joylashtiriladi.  Oddiy  stol  kompyuterlari  esa  bunday  ichki  qurilmaga  ega  emas. 

Buning uchun Wi-Fi tashqi qurilmasini sotib olish kerak bo‘ladi.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling