Mavzu: Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari Reja
Download 1.82 Mb.
|
Tursuniva Malikabonu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Optik sichqonchalar qanday ishlaydi
- Mexanik vs optik sichqonchalar
Optik sichqonchalar
Mexanik sichqonchalar bozorga chiqqanidan o‘n yilcha o‘tib, optik sichqonchalar paydo bo‘la boshladi. Sharik va aylanuvchi rolik o‘rniga optik sichqonchalar kursorni harakatlantirish uchun nurdan foydalanadi. 1982-yilda Mouse Systems Corporation nomli kompaniya o‘zining ilk optik sichqonchasini taqdim etgan. Bu toifadagi sichqonchalar 80-yillarda paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, ulardan faqatgina 2000-yillarga kelib keng foydalana boshlandi. Optik sichqonchalar qanday ishlaydi? Mexanik sichqonchalardan farqli o‘laroq, optik sichqonchalarda harakatlanuvchi qismlar mavjud emas. Asosiy qismlar va ularning vazifasi quyidagilardan iborat: • LED prizmaga nur taratadi. • Prizma LED'ning yonginasida joylashgan bo‘ladi. • Yorug‘lik datchigi yuzadan qaytgan nurni tutadi. • DSP (Raqamli signal protsessori) yorug‘lik datchigidan kelgan elekton signallarga ishlov beradi. LED to‘g‘ridan-to‘g‘ri prizmaga yorqin nur (asosan, qizil) taratadi. Nur prizma chetida sinib, to‘ppa-to‘g‘ri yuzaga tushadi. Yuzaga tushgan nur qaytadi va yorug‘lik datchigiga uriladi. Yorug‘lik datchigi aksariyat raqamli kameralardagi kabi texnologiyadan foydalanadi. Datchik, odatda, Qo‘shimcha metall oksidli yarimo‘tkazgich (CMOS) toifasidagi yorug‘lik datchigi bo‘ladi. U fotosaytlar deb nomlangan cheksiz kichik qismlarga bo‘lingan bo‘ladi. Yorug‘lik fotonlari fotosaytlarga urilganida kichik elektr toki hosil bo‘ladi. Bu tok keyin DSP'ga o‘tadi. DSP tokka ishlov berib, yuzaning kichik tasvirini hosil qiladi. Sichqoncha harakatlanganida ikkinchi bir tasvir hosil qilinadi va ikkala tasvir taqqoslanadi. Ushbu jarayon soniyasiga millionlab marta sodir bo‘ladi. Shu sababdan, kursor harakati ekranda silliq kechadi. Mexanik vs optik sichqonchalar Ikkala turdagi sichqonchaning vazifasi bir xil bo‘lsa-da, aksariyat foydalanuvchilar uchun ulardan biri boshqasidan ustun hisoblanadi. Optik sichqonchaning afzallik tomonlaridan biri unda harakatlanuvchi qismlarning yo‘qligidir, boisi mexanik sichqoncha sharigi vaqt o‘tishi bilan o‘ziga chang va boshqa mayda zarrachalarni yig‘ib boradi. Bu esa sichqonchaning aniq ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Changni doimiy tozalab turishga to‘g‘ri keladi. Optik sichqonchalar teksturasidan qat’i nazar ko‘plab yuzalarda ishlay oladi. Mexanik sichqoncha ishlashi uchun esa yuza tekis bo‘lishi kerak. Optik sichqonchalar nurdan foydalangani sababli yuza tekis yoki teskturali bo‘lishi ham mumkin. Optik sichqoncha yuza teksturasini tanlamasa, mexanik sichqonchalar istalgan rangdagi yuzada ishlay oladi. Chunki optik sichqonchalardagi yorug‘lik datchiklari faqat ma’lum ranglarnigina farqlay oladi. Optik sichqonchada muammo yuzaga kelsa, kursor ekranda notekis harakatlanadi. Mexanik sichqoncha foydalanuvchilari kursorning bir joydan ikkinchisiga «sakrashi» borasida xavotirlanmasa ham bo‘ladi. Ammo agar tekis yuzada ishlatimasa, sharik yaxshi aylanmaydi va kursor yaxshi ishlamaydi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling