Mavzu: Kompyuterning zamonaviy dasturiy ta’minoti, Dasturlar va apparat ta’minoti orasidagi bog‘liqlik, interfeys tushunchasi, uning turlari
Download 1.32 Mb.
|
Ámeliy shıniǵıwlar 1 (I Semest)
Katta kompyuterlarning tashqi kо‘rinishi.
Topshiriq1. Zamonaviy kompyuterlarning sinfining parametrlarini taqqoslang
Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari quyidagilardan iborat: tizimli blok, monitor, klaviatura va sichqoncha. Tizimli blok– kompyuter ishini boshqarishni ta’min-laydigan asosiy qism hisoblanadi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi: mikroprotsessor, operativ xotira, qattiq disk(vinchester). Tizimli blokda eng asosiysi Materinskaya plata(inglizcha «Motherboard» sо‘zidan olingan) hisoblanadi. Unga protsessor, xotira mikrosxemalari va kompyuterning boshqa qismlaridan kelgan shleyf-kabellar о‘rnatilgan. Kompyuterning eng asosiy elementlaridan biri, ya’ni “miya”si mikroprotsessor hisoblanadi. Mikroprotsessor hajm jihatidan uncha katta bо‘lmagan, ya’ni bir necha santimetrli elektron sxema bо‘lib, uning yordamida barcha hisoblashlar hamda ma’lumotlar almashinuvi bajariladi. Mikroprotsessor yuzlab har xil hisoblashlarni bajaradi, bajarish tezligi sekundiga yuz million operatsiyaga tо‘g‘ri keladi. IBM PC turidagi kompyuterda asosan Intel firmasi ishlab chiqargan mikroprotsessorlar о‘rnatilgan. Ba’zi kompyuterlarda AMD, Gyrx, IBM firmalarining mikroprotsessorlari ham ishlatilgan. Intel firmasida tayyorlangan mikroprotsessorlarning Intel – 8088, 80286, 80386 (SXbaDX modifikatsiyasi) 80486 (turli xil modifikatsiyalarda), Pentium va Pentium Pro kabi turlari mavjud. Ular bir-biridan operatsiyalarni bajarish tezligi bilan farq qiladi. Masalan, Pentium Pro mikroprotsessori dastlab ishlab chiqarilgan Intel 8088 mikroprotsessorga qaraganda, operatsiyalarni bir necha ming marta tez bajaradi. 1997 yildan boshlab oddiy Pentium protsessori о‘rniga Pentium MMX(Multimedia Extension) protsessori ishlab chiqarildi. Bu protsessor ovozli va video ma’lumotlarni qayta ishlash uchun qо‘shimcha buyruqlarga ega bо‘ldi. 1999 yilda Intel firmasi yana qо‘shimcha о‘nlab buyruqlarni bajaruvchi Pentium III protsessorini ishlab chiqdi. Bu protsessor Internetda ishlashni tezlashtirish, о‘yinlarda tasvirlar sifatini kuchaytirish imkoniyatlariga ega bо‘ldi. 2001 yildan boshlab Pentium IV mikroprotsessori ishlab chiqila boshlandi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling