Mavzu: Komunikativ qobilyat va pedagogik tasir ko'rsatish kоmmunikаtiv qоbiliyat turlаri
Download 211.55 Kb.
|
1 2
Bog'liqB.YO\'LDOSH
MAVZU:Komunikativ qobilyat va pedagogik tasir ko'rsatish KОMMUNIKАTIV QОBILIYAT TURLАRI Insоnning insоnni tushunа оlishi (insоnni shахs sifаtidа, uning аlоhidа jihаtlаrini, mоtiv vа ehtiyojlаrini bаhоlаsh, tаshqi хulq-аtvоrini ichki оlаmi bilаn bоg’liqlikdа ko’rib chiqish, yuz, qo’l, gаvdа hаrаkаtlаrini “o’qish” ko’nikmаsi) Insоnni o’z-o’zini аnglаy оlishi (o’z bilimi, qоbiliyati, o’z хаrаktеri vа bоshqа qirrаlаrini bаhоlаsh, insоn bоshqаlаr tоmоnidаn qаy tаrzdа qаbul qilinishi vа аtrоfdаgilаr ko’zi bilаn bаhоlаsh); mulоqоt vаziyatini to’g’ri bаhоlаy оlish ko’nikmаsi (mаvjud hоlаtni kuzаtish, uning nаmоyon bo’lish bеlgilаri hаqidа ko’prоq ахbоrоtlаrni аjаrаtа оlish, ulаrgа e’tibоrni qаrаtish, yuzаgа kеlаyotgаn vаziyatning ijtimоiy vа psiхоlоgik mоhiyatini to’g’ri idrоk etish vа bаhоlаsh). Pedagog tarbiyachi sifatida tarbiyalanuvchi o‘quvchilarni o‘zi uchun hamisha tarbiya obyekti deb hisoblashi kerak. Biroq tarbiyalanuvchi o‘qituvchi-tarbiyachi bilan erkin va ongli munosabatda bo‘lishga erishsagina, tarbiyaviy munosabatlar samarali xarakter kasb etadi. Tarbiyaviy faoliyatning kommunikativ munosabatlar jarayonida o‘ziga xos qator qoidalari ham mavjud bo‘lib, o‘qituvchi o‘quvchilarga pedagogik ta’sir ko‘rsatishda ushbu qoidalarni mukammal bilishi lozim. PEDAGOGNING KOMMUNIKATIV QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI Pedagogik munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish uchun o‘qituvchi: o‘quvchilar bilan bo‘lajak munosabatni modellashtira olishi; munosabatda bo‘ladigan sinf jamoasi xususiyatlarini oldindan bilishi; bevosita samimiy va hamjihatlikka asoslangan munosabat o‘rnatish; munosabatda ustunlikka ega bo‘lib, uni demokratik talablar asosida oqilona boshqarish; munosabatning ijobiy va salbiy jihatlarini uzluksiz tahlil etib borishi lozim. Mavzu:Korreksion pedagogika asoslari Korrektsion pedagogikaning predmeti, vazifalari va mohiyati. Rivojlanishida turli nuqson (kamchilik)lar bo’lgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish va tarbiyalash bilan korrektsion pedagogika (defektologiya) shug’ullanadi. Korrektsion (maxsud) pedagogika (defektologiya — yunoncha defectus — nuqson, kamchilik, logos — fan. ta’limot) — rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega. Maxsus individual tarbiyalash va o’qitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari chcklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o’rganuvchi fan sanaladi. Ilmiy tushuncha sifatida korrektsion pedagogika zamonaviy pedagogika fanida rasman e’tirof etilganiga u qadar ko’p vaqt bo’lmadi. Uzoq vaqt davomida pedagogikada «defektologiya» tushunchasi qo’llanib kelingan. Pedagogik lug’atda «korrektsiya» tushunchasi (yunoncha «korrectio» tuzatish) pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to’liq) sifatida tushunilishi ta’kidlab o’tiladi. Ana shu lug’atda «korrektsion pedagogika»ning jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o’qitish metodlariga muhtoj bo’lgan, sog’lig’i imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi va shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o’rganuvchi fan ekanligi qayd etiladi. Korrektsion pedaaoaikaning asosiy maqsadi - belgilangan (normal) va (mavjud kamchilik) faoliyat o’rtasidagi nomuvofiqlikni yo’qotish yoki kamaytirishdan iborat. Korreksion-pedaaogik faoliyat yaxlit ta’lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora- tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim. Diagnostika korrektsion, korrektsion-rivojlantiruvchi, korrektsion- profilaktik faoliyatlar bilan birqatorda tarbiyaviy va korrektsion-o’qitish, psixokorrektsion faoliyatni ham amalga oshirilishini ta’minlaydi. Korrektsion-pedagogik faoliyat maxsus ta’lim dasturiga muvofiq mutaxassislar yordamida anomal o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga yo’naltirilgan yaxlit jarayon. Korrektsion pedagogikaning asosiy vazifalari. Turli kategoriyali anomal bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalashning umumiy qonuniyatlari mavjud. Korrektsion pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik va psixologik o’rganish tashkil etib, uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi: rivojlanishida turli kamchiliklar bo’lgan bolaning nuqsonlarini tuzatish va korrektsion-kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash; differensatsiyali o’qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal bolalarning muammolarini hal etish; anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish; Mavzu:Qobilyat va pedagogik qobilyat haqida tushuncha Download 211.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling