Mavzu: Kon mashina va mexanizmlari elektr yurimalarning rivojlanisah istiqbollari Reja


Download 0.56 Mb.
bet2/3
Sana22.12.2022
Hajmi0.56 Mb.
#1043810
1   2   3
Bog'liq
Yuk tawiw koncilik

TASMALI (lentochne)KONVEYERLAR
Tasmali konveyerlar ko‘chma va ko‘chmas (statsionar), tasmalari esa rezinalashtirilgan material va po‘lat tasmadan iborat bo‘ladi .




GOST 10624-63 talabiga ko‘ra tasmali konveyerlar tasma eni (kengligi) 400÷2000 mm qilib chiqariladi.
Tasmaning tezligi 0,8 dan 2m/sek, konveyerning ish unumi esa 3 40dan 2360 m /soat oralig‘ida bo‘ladi .

Tasmali konveyerlarning asosiy uzel va detallari




Konveyer tasmalari bir vaqtning o‘zida yuk tutib turuvchi va uni tashuvchi element bo‘lib hisoblanadi. SHuning uchun ular o‘ta pishiq, elastik, ishqalanishga chidamli hamda tarang turuvchi va yuritma barabaniga nisbatan yuqori yopishish (sseplenie) ega bo‘lishi lozim. Shart va talablarga GOST 20-62 bo‘yicha chiqariladigan to‘qimachilik sanoatining rezinalashtirilgan tasmalari javob beradi. Ular o‘z nomidan ko‘rinib turibdiki, bir necha qavat ipgazlamali matoni OZOKERIT moddasi bilan shimdirilgan va o‘zaro rezina bilan vulkanlangan bo‘ladi . Bundan tashqari ular gazmolni nam ta’siridan ximoya etish uchun ostki va ustki tomonidan yana rezina qatlami bilan qoplanadi. Yuqori uzunlik va ish unumiga ega bo‘lgan konveyerlar uchun po‘lat simlar, neylon, kapron, anid tolalari (yo‘g‘on ip shaklida) bilan ta’mirlangan tasmalar chiqarilgan. Bunday tasmalarning pishiqligi oddiy rezinali tasmalarga qaraganda 20-40 marta yuqoridir.
Nam, xo‘l yuklarni tashish uchun tasmalar to‘r sim ko‘rinishida qilinadi; buning uchun qog‘oz va karton oladigan mashinalarni eslash kifoya. Bunday tasmalarda faqat yukni tashish uchun emas, balki ulardan nam (suyuqlik) ni yo‘qotish uchun ham foydalaniladi.
Tasmalar uchun tayanch qurilmalar. Yuklarni tashuvchi tasmalarning ishchi bo‘g‘inlarni ko‘tarib turish uchun ularning tayanch nuqtalari rolikli bo‘ladi . Roliklar, odatda yog‘ochdan yoki po‘latdan ishlanadi. Ular yassi yoki tarnov (jelob) shaklida o‘rnatiladi . Yon roliklarni gorizontga nisbatan qiyaligi 20-30ºni tashkil etadi.
Tarnovsimon rolikni tayanchlar tasmaga tog‘ora (korыto) shaklini berib, harakatdagi sochiluvchan yukning ko‘ndalang kesim yuzasini oshiradi, konveyerning ish unumi ortadi. Tasmaning salt yuradigan (orqaga qaytish) bo‘g‘inlari uchun tayanch roliklari xar doim yassi shaklda bo‘ladi . Rolikli tayanchlarda roliklar devori qalinligi 3-4 mm bo‘lgan po‘lat trubalardan yasaladi va podshipniklar orqali montaj qilinadi.



Yuritmali barabanning diametri rezinalashtirilgan tasmadagi prokladkalar soni i ga bog‘liq bo‘lib , u quyidagi formula orqali aniqlanadi:
D = (120÷150) · i, mm
Po‘lat tasmali konveyerlarda esa yuritma barabanining diametri
qo‘yidagicha topiladi:
D= (1200÷1250) ·δ, mm
Bu erda δ - po‘lat tasmaning qalinligi, mm
G OST 10624-63ga ko‘ra baraban 500,630,800,1000 va 1250 mm bo‘ladi . Barabanlar cho‘yandan yoki po‘latdan tayyorlanadi. Taranglatuvchi qurilmalar vintli yoki yukli bo‘ladi . Odatda vintli taranglash qurilmalari konveyer uzunligi 50 m gacha bo‘lganda , yukli taranglash qurilmalari esa 50 m dan uzun bo‘lgan turg‘un (statsionar) konveyerlarda qo‘llaniladi.
Tozalash qurilmalari. Tasmaning ishchi qismini unga yopishib
Qolgan material zarrachalaridan tozalash uchun yuklar quruq bo‘lganda qirg‘ichlardan , xo‘l va yopishuvchan bo‘lganda aylanib turadigan cho‘tka yoki shneklardan foydalaniladi. Ular baraban ostiga o‘rnatilgan bo‘ladi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling