Mavzu: Konserva sanoatining vazifalari va xalq xo’jaligida tutgan o’rni. Konservalangan mahsulot xillari. Konservalash jarayonining xilma-xilligi. Konservalash jarayonlarini xom ashyoga qarab tanlash. Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar


Download 25.95 Kb.
bet2/2
Sana06.04.2023
Hajmi25.95 Kb.
#1335479
1   2
Bog'liq
1-maruza

Konservalash bu oziq-ovqat mahsulotlarini buzilishdan saqlash va
yaroqlilik muddatini uzaytirish maqsadida ishlov berish usulidir.
Qishloq xo'jalik mahsulotlarini yig'ish, tashish, saqlash va
konservalash ilmiy tashkil qilinsa, bu borada fan-texnika yutuqlari hamda
ilg'or tajribaga tayanib ish ko'rilsa, mahsulotning isrof bo'lishi ancha
kamayadi. Shu hisobdan aholi 20 % va undan ham ko'proq qO'shimcha
qishloq xo'jalik mahsulotlari bilan ta'minlanishi mumkin.
Xomashyoni saralash, yuvish va tozalash. Yuqori sifatli konservalar
tayyorlashda xomashyoning o'lchamlari, rangi, yetilish darajasi muhim ahamiyatga ega. Xomashyoga texnologik ishlov berish rejimini tanlash va tayyor mahsulotning sifatini ta'minlash shu bosqichlar bilan bog'liq.
Chirigan, pachoqlangan, noto'g'ri shaklga ega mevalarni va
begona aralashmalarni ajratib olish jarayoni inspeksiya deb ataladi.
Inspeksiya mevalarning rangi va pishib yetilganligi darajasi bO'yicha
saralash bilan birgalikda olib boriladi. Inspeksiya muhim texnologik jarayon hisoblanadi, chunki tez buziladigan va tayyor mahsulot sifatini yomonlashtiradigan xomashyoni olib tashlash imkonini beradi. Inspeksiya tezligi rostlanadigan (0,05-0,1 m/sekund) lentali transportyorlarda amalga oshiriladi.
Xomashyoni o'lchamlari bo'yicha saralash kalibrlash deb ataladi. Bu
jarayon po'stloqdan tozalash, qirqish, sabzavotlar qiymasini tayyorlash
jarayonlarini mexanizatsiyalash, sterilizatsiya rejimlarini rostlash, tozalash
va qirqishda xomashyo sarfini kamaytirish imkonini beradi.
Mevalar barabanli, valokli, diskli, shnekli, diafragmali va boshqa
jihozlarni qo'llagan holda o'lchami yoki massasi bo'yicha kalibrlanadi.
Yuvish xomashyo yuzasidan tuproq qoldiqlari, zaharli ximikatlarning
izini olib tashlash imkonini beradi, mikroorganizmlar bilan ifloslanganlik
darajasini pasaytiradi. Xomashyoning turiga ko'ra har xii yuvish
mashinalaridan foydalaniladi. Masalan, pomidor, baqlajon, qalampir,
kabachkilar elevatorli va ventilatorli yuvish mashinalarida yuviladi va
transportyorda inspeksiyalanadi.
Download 25.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling